11.1.Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.
11.2.Aholini kochirishni tashkil etish va otkazish.
11.3.Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish.
11.4.Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
11.1.Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.
Tinchlik va urush vaqtlarida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilish fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy yonalishlari quyidagicha:
1.Aholini favqulotdagi vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida xabardor qilish.
2.Aholini favqulotda vaziyat sodir bolgan joylardan boshqa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
3.Aholini fuqaro muhofazasini muhofaza qilish joylariga kochirish (berkitish).
Urush vaqtida aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1.Aholini fuqaro muhofazasining muhofaza qilish joylariga berkitish.
2.Aholini evakuatsiya qilish, ishchi va xizmatchilarni va ularning oilalarini birinchi kategoriya obektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz zonalarga va shahar tashqarisidagi hududlarga kochirish.
3.Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini himoya qilish uchun ishlatladigan anjomlardan, medik vositalardan foydalanish.
Radioaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora tadbirlar.
1. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
2.Fuqaro muhofazasining muhofaza qurilmalarida berkinish va eng oddiy joylarda berkinish.
3. Zaharlangan joylarda bolganda belgilangan rejimlarga rioya qilish.
4. Zaharlangan joylardan zaharlanmagan joylarga evakuatsiya qilish.
5. Tibbiyot vositalarni ishlatishni qollash.
6. Tola va qisman sanitar tadbirlarini olib borish.
Suv bosgan joylarda aholini muhofaza qilish.
1. Aholini asosan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;
2. Suv bosishi mumkin bolgan hududlarda yashovchi aholini oldindan ogohlantirish, sodir bolgan taqdirda qanday choralarni korishni oldindan tushintirish;
3.Tezkor evakuatsiya zarur bolmagan vaqtda balandroq joylarga
chiqib olish, keyinchalik esa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
Aholini muhofaza qilishda fuqaro muhofazasi muhandislik xizmati, ishchilar, korxona ishchilari quyidaga ishlarni otkazishlari kerak:
1.Fuqaro muhofazasi muhofaza qilish joylarini qurish, shuningdek yer osti qurilmalarini tamirlash (yer tolalarni, yer osti otish joylarini).
2.Qutqarish ishlarida ishtirok etish va boshqa ishlarni bajarish, imoratlarni tiklash, fuqaro muhofazasi qurilmalarini va muhandislik qurilmalarini tiklash.
Yonginlar bilan kurashish.
Yongin, bu- kuchli issiqlik natijasida moddiy va manaviy boyliklarni bir necha daqiqada yoq qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir. Yongin uy sharoitida nazorat qilinishi mumkin bolgan dastlabki daqiqadan uch daqiqagacha bolgan vaqt oraligida nazorat qilib bolmaydigan darajada kuchayadi.
Yonginlarga qarshi kurash asosan yonginga qarshi kurashadigan xizmatchilarga zimmasiga yuklatilgan, ular zamonaviy texnika bilan taminlangandirlar. Yonginlarga qarshi kurashishni takomillashtirish uchun yonginga qarshi muhofazani rejalashtirib borish va amaliy mashgulotlarni otkazib turish zarur. Fuqaro muhofazasida butun aholini yonginga qarshi kurashishgi orgatish kerak, kerakli moslamalarni saqlash lozim. Elektr asbob-uskunalar, apparatlar, isitgichlar va isitish anjomlarini yonginga qarshi moslanganligi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |