11.4.Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bolganda panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham yer osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari yer tolalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash uchun moljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni yer osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin.
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga yertolalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xojalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga kora, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Chunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi.
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq korinishda boladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qolda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish tolqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yoruglik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi.
Yopiq tirqish yoruglik nurlaridan tola, tolqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomgir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi togri chiziqli 15 metrdan ortiq bolmagan bir nechta qismlardan (bolak) iborat. Chuqirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi.
Tirqishlarining sigim miqdori 10-15 odamdan kopi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq yertoladay qaziladi, taxta, yogoch bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. Otirishga sori tayyorlanadi. Ustini yogoch bolaklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., ortasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomgir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. boladi.
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi.
Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizatsiya), yani havo otmaydigai qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv otkazadigan quvurlarda hosil bolgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan orab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yogoch yoki temir tirgaklar, balonlar ornatishni kuchaytirish kerak. Yerning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qoshimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, songra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qoyiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda gishtdan devor quriladi. Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni gisht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k.
Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni yer ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa korinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi.
Tog-kon sanoati va komir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar yer osti yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga kotarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayyer holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan taminlash, ichimlik suvi yetkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi.
Jihozlanishning asosiy shartlari:
-kimyoviy va germetik tosiqlarni ornatish;
-kirish yollarini odamlarni tez otkazish uchun taminlash;
-odam kotarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan taminlash;
-yashirinuvchilarni shaxta suvlaridan foydalangan holda suv
manbaalarini tashkil qilish;
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni taminlash;
-iloji boricha ikki qavatli sorilar va orindiqlarni ornatish;
-yonginga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda tamillash kerak.
Yer osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka korinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material ornatiladi.
Turli xil ratsiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun yer osti qurilmalariga quyidagi talablar qoyiladi:
-uch sutkadan kam bolmagan muddatda saqlash;
-suv bosmaydigan joylarga qurish;
-oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish;
-chiqish va kirish eshiklari bolishi.
Yer osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat boladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli sori mavjud bolishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmogi, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sigimi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud boladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |