Talabaning mashg‘ulot jarayonidagi faolligi, mavzu rejasidagi har bir punktda o‘z fikrini ayta olishi, o‘ziga va o‘zgalar fikriga tanqidiy yondasha olishi.
Laboratoriya ishlari oliy ta’limda “Umumiy pedagogika” fanidan laboratoriya mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotda laboratoriya ishi, o‘qitishning interfaol metodini ko‘rish orqali peagogik mashg‘ulotlar o‘tiladi, amaliy o‘yinlar o‘tkaziladi, masalalar yechiladi va h.k. masalan, “Ta’limni tashkil etish shakllari” mavzusi zamonaviy darslarni tashkil qilish, dars o‘quv-tarbiya ishlarini yaxlit tizimini ko‘rinishida pedagogik o‘yin darsi o‘tkazilishi mumkin. Bunda asosan talabalarda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilish uchun laboratoriya ishini tashkil qilish nazarda tutilgan. Odatda laboratoriya ishlari “Umumiy pedagogika” fanining nazariy asoslari bo‘yicha ma’lumotlarni amalda qo‘llab, o‘quv mashg‘uloti, tarbiya soatlarni o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumot berish, o‘qituvchilik- murabbiylik kasbini egallash yo‘llarini ko‘rsatish maqsadida tashkillashtiriladi.
Shu o‘rinda e’tibor etish joizki, laboratoriya mashg‘ulotlari izlanish xarakteri (tavsifi)ga ega bo‘lib, muayan pedagogik hodisani kuzatish, tajriba o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish ko‘rinishidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish uning xulosalarini umumiylashtirish, yakuniy mashg‘ulotlarni qo‘lga kiritish uchun ham qo‘llaniladi.
8.4.O‘quv konfrensiyasi va munozara mashg‘ulotlari.
Pedagogika fanlarini o‘qitishda o‘quv konferensiyalari mashg‘ulotlarini tashkillashtirish oliy ta’lim muassalarida qo‘llaniladigan ta’limning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Odatda o‘quv konfrensiyasi fanning muayyan bo‘limi yoki katta hajmdagi mavzularni o‘rganishda yoki o‘rgangandan so‘ng o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir. Shuning uchun konferinsiya mavzulari o‘quv mavzusini takrorlash, qo‘shimcha darsliklardagi qayd etilgan masalalarni takrorlamasliklari lozim. Masalan, “Pedagogika tarixi” o‘qitilgandan so‘ng “Sharq muttafakirlari ta’limotida ma’naviy -axloqiy tarbiya masalalari”, “Abdulla Avloniy jadid tarbiyashunosligining asoschisi”, “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda pedagogika faning taraqqiyoti” va h.k. Mavzularda o‘quv konfrensiyasining boshqa o‘quv fanlaridan farqi shundaki, u bir necha fakultet ta’lim muassasalari talabalarni qamrab oladi. Unga talaba pedagog rahbarligida jiddiy tayyorgarlik ko‘radi, konfrensiya mavzusi va o‘zi tanlagan mavzu mohiyatidan kelib chiqib bir necha ilmiy, siyosiy, pedagogik, adabiyotlar bilan tanishib, muammoli masalalarni hal qilishga majbur bo‘ladi.
O‘quv konfrensiyalari pedagogika fanlarining eng dolzarb, jamiyat talablariga javob bera oladigan masalalar bilan to‘ldirilsa ayni muddao bo‘ladi. U talaba yoshlarni ijodkorlikka, tashabbusga, ilmiy izlanishga qiziqish,manbalar bilan aniq ishlashga o‘z fikri, nuqtai nazarini asoslashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham uni oliy ta’lim maktablarida o‘qitish ishlarining tashkiliy shakli sifatida o‘tkazish muhim ilmiy pedagogik axamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim maktablarida pedagogik turkim fanlarining yana bir o‘qitish shakli bahs munozaramashg‘ulotlardir.odatda bahs- munozaralarni o‘qitishning noan’anaviy shakli deb hisoblaydilar. Zero, ular ta’lim jarayonining shunday bir shakliki,undatalabalarmuayan mavzular,masalalar, muammolar yuzasidan faol bahsga kirishadilar, muammolar yuzasidan faol bahsga kirishadilar. O‘z fikrlari, nuqtai nazarlarini dalillashni o‘rganadilar, ijodiy qobiliyat va mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Ko‘pincha pedagogika fanlarini o‘qitishda, talabalarning qiziqish va ijodiy qobilyatlarini yuzaga chiqarish kasbiy faoliyat mazmunini chuqurroq anglab olish, ichki imkoniyat, aqliy faollikni ta’minlash shaklida bahs- munozara mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Uning mavzusi va mavzu mazmuni yorituvchi, bahsni tashkillashtiruvchi savollar talabalarga taxminan o‘n kun e’lon qilinadi, unga puxta tayyorgarlik ko‘riladi.
Ta’lim muassasida o‘tkaziladigan bahs-munozara-talabalar bilish faoliyatlarini rivojlantirish, talabalar uchun keying faoliyatlarida bahs- munozarani o‘tkazishda namuna hamda bu mashg‘ulotga ma’suliyat hissi bilan qarash majburyatini bajarganligi uchunham qadrli va ahamiyatli. Masalan, “Ertangi kun tarbiyachisi qanday bo‘lishi kerak? Mavzuda o‘tkaziladigan munozaraga guruhning 4-5 talabasi belgilanib, ular mavzu bo‘yicha topshiriqlarni tuzadilar, ularni boshqa talabalarga e’lon qiladilar, boshqaruvchilarni belgilaydilar, kerakli manbalarni taklif qiladilar va h.k. Shu asosda tashkil qilinib, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan talabalar o‘zlari uchun ko‘pgina yangiliklarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shunday qilib, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogika fanlaridan tashkil qilinadigan o‘quv ishlarining shakllari bo‘lajak tarbiyachi -murabbiylarda pedagogika fanlariga qiziqishni, kelajak kasbga qiziqish va havasni uyg‘otishga katta amaliy yordam ko‘rsatadi.
Mustaqil ish talabaning faoliyatida takrorlanuvchi va ijodiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bunga qarab, talabalarning mustaqil faoliyatining uch darajasi mavjud: reproduktiv, rekonstruktiv va ijodiy (qidiruv).
Reproduktiv mustaqil ish -o'qituvchining algoritmi yoki ko'rsatmasi bo'yicha talabalarning harakatlarini o'z ichiga oladi. Algoritmlar tizimini o'zlashtirish muammoni hal qilish usulini mustaqil ravishda ishlab chiqish qobiliyatini shakllantirishga olib keladi.
Rekonstruktiv mustaqil ishlar - talabalarni o'qituvchi tomonidan bildirilgan umumiy muammolarni mustaqil hal etishga, mavjud bilimlarga, shakllangan ko'nikma va malakalariga tayanadilar.
Evristik ishlar-nostandart vaziyat va notipik vazifalarni nazarda tutadi. Ishning markazida - qidiruv: g'oyani va uni hal qilish yo'llarini mustaqil shakllantirish va asoslash. Bunday vazifalar kurs ishlari va seminar mashg'ulotlarini bajarishda amalga oshadi.
Ijodiy-tadqiqot ishlari. Ularni amalga oshirish jarayonida talabaning eng yuqori darajadagi mustaqilligi va bilim faoliyati namoyon bo'ladi. Ijodiy topshiriq orqali talaba o'rganilayotgan savolning mohiyatiga chuqur kirib, muammolarni hal qilishning yangi usullarini topadi. Odatda, bunday ish tezisni bajarishda, ilmiy hisobotni tayyorlashda, ijodiy topshiriqni bajarishda namoyon bo'ladi.
Mustaqil ish tashkil etish joyiga qarab auditoriya (o’qituvchi rahbarligida) va auditoriyadan tashqari (o'qituvchi rahbarligida va o'qituvchi bo'lmagan holda) shakllarga bo’linadi.
Auditoriya ishlari, odatda, ma'ruzalar, amaliy, laboratoriya, seminar mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Misol uchun: umumiy fikrlashlar, "munozarada ishtirok etish", mavzuli diktantlar, nazorat ishlari va boshqalar.
Auditoriyadan tashqari ishlar - ilmiy va maxsus adabiyotlarni o'rganish, darslarga tayyorgarlik ko'rish, tezislar, ma'ruzalar yozish, mustaqil o'qish uchun taqdim etilgan mavzular bo'yicha topshiriqlarni bajarish. Sinovlar, o'z-o'zini nazorat qilish masalalari, nazorat ishlari orqali nazorat qilinadi va baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |