O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana14.04.2020
Hajmi1,54 Mb.
#44724
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri - 
XXI  asrning  boshlarida  dunyo  xalqlarining  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  hayotda,  shuningdek, 
tabiatda  yuz  berayotgan  global  o‘zgarishlar  bugungi  jamiyatni  "Axborotlashgan  jamiyat"  deb 
atashga  asos  bo‘lmokda.  Xo‘sh  axborotlashgan  jamiyat  nima?  Bu  savolga  o‘zbek  tilida  nashr 
etilgan  adabiyotlarda:  "Axborotlashgan  jamiyat  -  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish,  eng  avvalo, 
axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan 
bog‘liq  bo‘ladigan  jamiyat"
40
,  "axborotlashgan  jamiyat,  ijtimoiy-iqtisodiy  yo‘nalishda  mehnat 
qiluvchilarning,  fan  va  madaniyat  vakillarining  axborot,  ayniqsa,  uning  oliy  shakli  bo‘lmish, 
dunyoviy  bilimlar  majmuini  shakllantirish,  yaratish,  saklash,  qayta  ishlash  va  xalqaro  bozorda 
sotishni  amalga  oshirish  bilan  mashg‘ul  bo‘lgan  jamiyatdir",  "Axborotlashgan  jamiyat  - 
ko‘pchillik  ishlovchilarning  axborot,  ayniqsa,  uning  oliy  shakli  bo‘lmish  bilimlarni  ishlab 
chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir"
41

- degan ta’rif-lar berilgan. 
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, 
A.Toffler,  M.  Kastels,  U.Rostou,  P.Draker,  J.Gelbreyt,  F.Uebster,  I.Masuda  kabi  olimlarning 
asarlarida mufassal bayon kilingan. 
«Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf 
olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi 
siyosatiga  chizgilar",  1971  yili  "Axborotlashgan  jamiyat  rejasi"  kabi  tadqiqotlarni  takdim  etdi. 
1971  yildan  boshlab  mazkur  tushuncha  ilmiy  jamoatchilik  tomonidan  keng  ko‘llanila  boshladi. 
Demak,  axborotlashgan  jamiyat  tushunchasini  birinchi  bo‘lib  fanga  Tokio  texnologik 
universitetining  professori  Y.Xayashi  kiritgan.  Uning  fikricha,  moddiy  mahsulot  emas, 
axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. 
Jamiyatni  axborotlashtirish  jarayoni  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  uch  qismdan  tarkib 
topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini 
                                                 
39
 Nazarov Q. Falsafa asoslari. -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012. -B.676-677. 
40
 Falsafa: ensiklopedik lug‘at. -T.: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. B.32. 
41
 S.G‘ulomov, S.SHermuhammedov, B. Begalov. Axborotlashgan jamiyatning mujassamlanishi. "O‘zbekiston iqtisodiy 
axborotnomasi", 1999., yanvar-fevral. -B.7. 

takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini 
takomillashtirish  jarayoni;  intellektualizatsiya  -  axborot  yaratish  va  uni  idrok  etish  qobiliyatini 
rivojlantirish,  ya’ni  jamiyatning  intellektual  salohiyatini  oshirish,  shu  jumladan,  sun’iy 
intellektdan  foydalanish  jarayoni.  Umuman  olganda,  jamiyatni  axborotlashtirishni  zamonaviy 
axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin 
qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi 
kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini 
beradi
42

Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy 
omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, 
ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati 
band  bo‘ladi.  Axborotlashgan  jamiyatda  axborot  tayyorlash  moddiy  ishlab  chiqarishni  siqib 
chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi
43

2006  yilning  BMT  Bosh  Assambleyasi  Butun  jahon  axborot  jamiyati  yili  deb  e’lon 
qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligidan dalolat 
beradi.  Hozirgi  davrda  dunyodagi  barcha  davlatlarning  axborotlashgan  jamiyat  tomon  intilishi 
kuzatilmokda. 
Globallashuv  tufayli  odamlar  bir  lahzada  o‘zini  qiziktiradigan  axborotni  darhol  olish, 
unta egalik qilish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayon mazmuni to‘g‘risida I.A.Karimov: "Bugungi 
kunda  zamonaviy  axborot  maydonidagi  harakatlar  shu  qadar  tig‘iz,  shu  qadar  tezkorki,  endi 
ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo karab 
bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib 
ketishi hech gap emas"
44
, - degan edi. 
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, axborot arabcha "xabar" so‘zidan olingan bo‘lib, 
"darak", "ma’lumot", "ovoza", degan ma’nolarni anglatadi
45
. Shu tariqa bugungi kunda axborot 
deganda biror kimsa, narsa  yoki  hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish,  uni  muayyan 
vositalar orqali yetkazish yoki ovoza qilish tushuniladi. 
AKTni  rivojlantirish  va  uning  natijalaridan  mamlakat  hayotining  barcha  sohalarida 
unumli  foydalanish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  30  iyun  kuni 
«Respublikada  axborot  texnologiyalari  sohasini  rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan 
yaxshilash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»  Farmoni  e’lon  kilindi.  Bundan  ko‘zlangan  maqsad  - 
mamlakatimizda  AKT  uchun  xalqaro  standartlarga  muvofiq  dasturiy  mahsulotlar  ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chikaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy 
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, AKT mahsulotlapri 
eksportini kengaytirish, maxalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishni tashkil 
etishdan iboratdir. 
 
Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, 
axborot xurujlari
 Ommaviy  axborot  vositalari  eng  asosiy,  qudratli  va  ta’sirchan  mafkura  vositasidir. 
Chunki  ommaviy  axborot  vositalari  ommaning  o‘ziga  xos  tarbiyachisi,  muhim  tadbirlarning 
tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan 
ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya 
va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya 
va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy 
axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.  
Ommaviy  axborot  vositalari  orqali  milliy  istiqlol  g‘oyasini  singdirishning  yana  bir 
muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, 
                                                 
42
 Кастельс М. Информационная эпоха: Экономика, общества, культура. -М.: Изд-во «ВШЭ», 2000. -С.502. 
43
 Falsafa:  ensiklopedik  lug‘at.  -T.:   "O‘zbekiston   milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B.33-34. 
44
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. -B.112. 
45
 O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati.   4.J.   -T.:   "O‘zbekiston   milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.-B.370. 

ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston 
fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining 
ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch 
martadan  turt  yil  davomida  takrorlansa  -  "haqiqat"  tayyor  buladi,  odamlar  unga  chippachin 
ishonadilar".  
Oxirgi  paytlarda  informatsion  hurujlarning  tez-tez  uyushtirilayotgani  aslida  urushga 
munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - 
axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va 
qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning 
qo‘poruvchilik  kuchi,  keltiradigan  talofotlari  har  qanday  ommaviy  qirg‘in  qurolinikidan  kam 
emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga 
zid  harakat  qilishga  undaydi  va  demaq  insonni  boshqarish,  uning  ustidan  hukmronlik  qilish 
imkonini  beradi.  Aslida,  axborot  maqcadga  erishishning  eng  arzon  vositasi  ham  sanaladi. 
Haqiqatan  ham,  informatsion  hurujlar  uyushtirish  uchun  u  qadap  ko‘p  mehnat,  u  qadap  ko‘p 
harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar 
va  qon  tukishlarni  keltirib  chiqarmasa-da,  milliy  uzlikni  anglashni  zaiflashtirish  evaziga 
tanazzulga olib keladi.  
Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, 
insonlar,  ayniqsa,  yoshlarning  milliyligi,  tafakkuri  va  dunyoqarashini  o‘zgartirib  yubormoqda. 
Taraqkiy qilgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi 
va  turmush  tarzini  bir  qolipga  solish  hamda  unga  o‘zlari  shakllantirayotgan  «ommaviy 
madaniyat»ni  singdirishi  bosh  strategik  siyosatga  aylantirayotganligida  yaqqol  namoyon 
bo‘lmoqda
46

Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan 
nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, 
telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga 
aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi 
ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. 
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 
13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‘tdi
47
.  
Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta 
imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va 
ko‘lamining  keskin  darajada  o‘sishiga  olib  keldi.Internet  bugungi  axborot  makonining  muhim 
bo‘g‘iniga aylandi.  
Internet  kishilar  hayotining  ajralmas  qismiga  aylanib  borayotganini  quyidagi 
raqamlardan  bilib  olish  mumkin:  2000  yildan  2012  yil  oxiriga  qadar  dunyoda  internetdan 
foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni 
esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 
mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika 
qit’alariga  to‘g‘ri  keladi.  Jahon  veb-auditoriyasining  45  %ini  25  yoshgacha  bo‘lgan  shaxslar 
tashkil etadi. Mazkur o‘smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‘natadi, 51 % ijtimoiy 
tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga 
yaqin internet saytlar mavjud bo‘lib, har oyda o‘rtacha 201,4 trln. videorolik ko‘rib chiqiladi, har 
kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‘natiladi
48
.  
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  internetdan  foydalanuvchilar  soni  10  milliondan 
oshdi. 26 mingga yaqin “uz” domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-
sayt  ommaviy  axborot  vositasi  sifatida  ro‘yxatga  olingan.  Internetning  ta’sir  kuchi  beriladigan 
materiallarning tezkorligi, ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va 
mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‘p darajada bog‘liq.  
                                                 
46
 Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma’naviy xavfsizlik. T.,”O‘zbekiston”, 2015, 266 bet 
47
UmarovaN. Globallashuv sharoitida axborot hurujlariga qarshi kurash. - T.: Akademiya, 2005, 25-26 b. 
48
http://uz.infocom.uz 

Ana  shunday  vaziyatda  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  shuni  unutmaslik 
kerakki,  “bugungi  kunda inson ma’naviyatiga qarshi  yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas  bo‘lib 
tuyuladigan kichkina xabar ham  axborot olamidagi  globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga 
ko‘rinmaydigan,  lekin  zararini  hech  narsa  bilan  qoplab  bo‘lmaydigan  ulkan  ziyon  yetkazishi 
mumkin
49
”. 
Unda  o‘z-o‘zini  o‘ldirishning  oson  yo‘llarini  targ‘ib  qiluvchi  9  mingdan,  erotik 
mazmunga  ega  4  mingdan  ziyod  saytlarning  mavjudligi  ham  buning  isboti  bo‘la  oladi. 
Mutaxassislar  o‘tkazgan  maxsus  tadqiqotlar  mavjud  saytlarning  taxminan  12  foizi  pornografik 
xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi pornografiyaning 
faqat  90  foizinigina  filtrlaydi,  ya’ni  komyuterdan  foydalanuvchining  ixtiyoridan  tashqarida 
ekranda  paydo  bo‘lishi  yo‘liga  to‘siq  qo‘ya  oladi.  Demak,  qanchalik  harakat  qilinmasin 
pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, 
ularning  diqqatini  torta  oladi.  Jumladan,  tadqiqotlarda  42  foiz  bolalar  va  o‘smirlar  onlayn 
pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi. 
Shuningdek,  mutaxassislar  ma’lumotlariga  ko‘ra,  internet  orqali  tarqatiladigan 
komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz 
jangari  (turli  otishmalar  va  portlashlarga  asoslangan)  o‘yinlarda  esa  o‘yin  qahramoni  o‘z 
maqsadiga etishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu 
zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi
50

Internet  rivoji,  u  berayotgan  imkoniyatlar  o‘ziga  xos  qaramlikni  ham  keltirib 
chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 
10 foizi unga mustahkam bog‘lanib qolgan. 
BMT  Bosh  assambleyasi  2006  yil  8  sentabrda  qabul  qilingan  “BMTning  global 
aksilterror  strategiyasi”da  yangi  uslublar  qatorida  bioterrorizm  hamda  internetdan  terror 
maqsadida  foydalanishning  oldini  olish  choralarini  kuchaytirish  alohida  qayd  etilgan.  2007  yil 
noyabrda  AQSH  Davlat  departamenti  “Tashqi  raqamli  aloqalar  guruhi”  nomli  maxsus  axborot 
dasturini joriy qilgan.  Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat 
va  bloglarda  AQSH  siyosati  haqidagi  dezinformatsiya  (noto‘g‘ri  ma’lumotlar)ga  qarshi  kurash 
hisoblanadi.  Dasturga  ko‘ra,  zarur  hollarda,  departament  xodimlari  internet  orqali  rasman 
muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma’lumot keltirishi ko‘zda 
tutilgan.So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishga qaratilgan veb-
saytlarning  soni  bir  necha  barobarga  oshgan.  Xususan,  10  yil  avval  bunday  saytlar  soni  20  ta 
bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud 
bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan 
paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach  yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va 
domenini o‘zgartirib turadi.  

  Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:     

  Internetga kirishning osonligi;      

 
Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;  

  Aloqaning anonimligi; 

  Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani; 

  Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi; 

   Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi. 
Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar
  Targ‘ibot va tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish; 
  Yangi a’zolarni yollash (verbovka); 
  A’zolik va xayriya badallarini yig‘ish hamda ulardan foydalanish; 
  Tarmoq va shahobchalar tashkil etish; 
  Terroristlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish; 
                                                 
49
 
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”. 2008. 13 bet.
 
50
QahharovaI. Globallashuv global ma’naviyatning g‘oyaviy asosi.T.: Tafakkur, 2009, 26 b. 

  Razvedka va ma’lumot qidirish;  
Yangi 
terroristik 
harakatlarni 
rejalashtirish 
va 
boshqarish.  
Yirik  siyosatchilardan  biri  Buyuk  Britaniya  sobiq  Bosh  vaziri  Margaret  Tetcher  "Ommaviy 
axborot  vositalari  terrorchilar  uchun  kislorod  vazifasini  utaydi",  degan.  Bu  gapning  mag‘zini 
chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga 
keladi.  Bir  qarashda  bu  fikr  mantiqsizday  tuyuladi.  Chuqurroq  uylab  kursak-chi?  Aslida, 
terrorchilar  bir  qancha  insonlarni  shafqatsizlik  bilan  uldirish  orqali  millionlarda  qo‘pqyv  va 
daqshat uyg‘otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli 
ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning 
buzg‘unchiliq qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‘yadilar. Ularning terror 
oqibatlari  haqidagi  vaqimali  axborotlari  insonlardagi  qurquvni,  daqshatni,  himoyasizlik  hissini 
yanada  kuchaytirib  yuboradi.  Bu  kabi  axborotlarga  qarshi  aksiltarg‘ibotni  uyushtirish  zarurati 
tug‘iladi.  
 
Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”dan 
himoyalash masalalari. 
"Tahdid"  arabcha  "do‘q  qilish,  qo‘rqitish",  degan  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  kundalik 
hayotda  "birovni  qo‘rqitish,  unga  do‘q,  po‘pisa  qilish  hamda  biror  falokatning,  qo‘rqinchli 
voqeaning sodir bo‘lish xavfi"
51
, degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda 
"Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida 
aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan  mahalliy,  hududiy,  mintaqaviy  va  umumsayyoraviy  salbiy 
omillarning  tajovuzi  tufayli  aniq  makon  va  zamonda  vujudga  keladigan  havf-xatar  shakli, 
muayyan  barqaror  siyosiy-ijtimoiy  va  tarixiy  vaziyatni  ifodalovchi  tushuncha"
52
,  bo‘lsa, 
jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb, makon va zamonda mavjud 
bo‘lgan real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa, yemirishga qaratilgan 
shaxsiy,  mahalliy,  xududiy,  mintaqaviy  omillarning  qo‘rkitish,  do‘q,  po‘pisa  qilishdan  iborat 
bo‘lgan xatti-harakatlariga aytiladi. 
Tahdidlarning xususiyati va taraqqiyot  sohalariga o‘tkazadigan ta’sir darajasiga qarab, 
inson,  shaxs,  fuqaro,  millat,  davlat,  jamiyat,  mintaqa,  global,  ichki  va  tashqi,  katta  va  kichik, 
shuningdek, iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy, 
makon  nuqtai  nazaridan  esa  uzoq  va  yaqin  va  boshqa  shakllarga  ajratish  mumkin.  Ammo  ular 
qanday  shaklda  yuzaga  kelishidan  qat’i  nazar,  o‘zining  mohiyat-mazmuniga  ko‘ra  jamiyat 
taraqqiyotiga qarshi qaratilgan kuch hisoblanadi. 
I.A.Karimov o‘zining "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" nomli asarida ma’naviy-
mafkuraviy tahdid tushunchalariga to‘xtalar ekan: "Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, 
e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi 
qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy
g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”, deb o‘ylayman. 
Agarki,  masalaga  amaliy  ko‘z  bilan  qaraydigan  bo‘lsak,  ma’naviyatimizga  qarshi 
qaratilgan  har  qanday  xuruj  -  bu  millatimizni  millat  qiladigan,  asrlar,  ming  yillar  davomida 
ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlarga, milliy g‘urur, 
milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi 
barcha  asorat  va  illatlardan  xalos  bo‘lib,  ozod  va  farovon  hayot  barpo  etishdek  ezgu 
maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish xavf-xatarlarni anglatadi. 
"Ommaviy madaniyat" tushunchasi.  
   “Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz bir masalaga alohida e’tibor 
berishimiz  lozim.  YA’ni  kommunistik  mafkura  va  ahloq  normalaridan  voz  kechilgandan  so‘ng, 
jamiyatda  paydo  bo‘lgan  g‘oyaviy  bo‘shliqdan  foydalanib,  chetdan  biz  uchun  mutlaqo  yot 
bo‘lgan, ma’naviy va ahloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib 
kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo‘lishi kerak”. 
                                                 
51
 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. J.4. T-SH. -T.: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. -B.41. 
52
 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar va izohli lug‘at. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. -B.546-547. 

Islom Karimov 
Jamiyat hayotining barcha sohalari globallashib borar ekan, u albatta madaniyat sohasida 
birinchilar  qatorida  o‘zini  namoyon  qiladi.  Shunday  hodisalardan  biri  "ommaviy  madaniyat" 
hisoblanadi. 
Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr 
boshlariga  to‘g‘ri  keladi.  “Ommaviy  madaniyat”  an’anaviy  madaniyatning  ma’lum  yo‘nalishi 
sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy 
axborot  va  kommunikatsiya  (radio,  kino,  televideniye,  ko‘p  nusxali  gazetalar,  suratli  jurnallar, 
internet)  vositalarining  keskin  rivoji  va  tarqatilishi  bunga  sabab  bo‘ldi.  Ma’naviy  boyliklarni 
industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish,  aholi bilim darajasi 
o‘sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi. 
Tadqiqotchilar  ommaviy  madaniyatning  dastlabki  shakli  XIX  asrning  30-yillarida 
adabiyotda  paydo  bo‘lgan  va  ommalashib  ketgan  sarguzasht  janrini  ko‘rsatishadi.  Asr  oxirida 
haftalik  ommaviy  axborot  vositalari  ana  shunday  asarlarni  tinimsiz  chop  eta  boshladilar.  Vaqt 
o‘tishi  bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “Qalb industriyasi” deb nom berdilar. Asr 
oxirida  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  ommaviy  madaniyatning  komiks  shakli  paydo  bo‘la 
boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bora-bora kattalar hayotining 
ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‘i, “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning 
o‘rtalariga  to‘g‘ri  keladi.  Shu  vaqtdan  boshlab  u  keng  qamrov  va    xujumkorlik  bilan  tarqala 
boshladi. 
An’anaviy  madaniyatda  bo‘lganidek,  ommaviy  madaniyatning  ham  universal 
xarakteristikasi  hamon  mavjud  emas.  Buni  shunday  tushuntirish  mumkin.  Gap  shundaki, 
“Ommaviy  madaniyat”  ilmiy-falsafiy  kategoriya  sifatida  o‘ziga  yakdil  uchta  tushunchani 
qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” 
– mahsulotni tarqatish meyori. Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.  
"  Ommaviy  madaniyat"  nima?  Bu  savolga  har  bir  xalq  o‘zining  manfaatlari  va 
qadriyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  javob  beradilar.  Umuman  olganda  "ommaviy  madaniyat" 
bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi.  Bu xususda 
Prezidentimiz  SH.M.Mirziyoyev:  "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat 
raqobat, qarama-karshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, 
giyohvandlik,  odam  savdosi,  noqonuniy  migratsiya,  "ommaviy  madaniyat"  kabi  xavf-xatarlar 
kuchayib,  odamzot  asrlar  davomida  amal  qilib  kelgan  e’tiqodlar,  oilaviy  qadriyatlarga  putur 
yetkazmoqda.  Mana  shunday  va  boshka  ko‘plab  tahdidlar      insoniyat    hayotida    jiddiy   
muammolarni   keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi"
53
, - degan 
edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat - bu bir guruh boylikka o‘ch 
odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan 
holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni 
ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot 
maydonlariga  tashlab,  ko‘ngilocharlik  bahonasida  tijoratga  asoslangan  iste’molchilikni  yo‘lga 
qo‘yib  xalqlarni  o‘z  milliy  qadriyatlariga  asoslangan  madaniyatidan  judo  qilish  evaziga  katta 
daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir. 
 «Ommaviy   madaniyat»ning   belgilari:  axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, 
egotsentrizm va boshqalar kiradi. 
Axloqiy buzuqlik. Bu eng tuban insoniy faoliyat bo‘lib, u asta-sekin «erkin muxabbat»dan 
«bir  jinsli  insonlar  o‘rtasida  nikoh  tuzish»gacha  bo‘lgan  bosqichlarga  ko‘tariladi.  U  yoshlarni 
ma’naviy jihatdan aynitib, minglab yillardan buyon ardoqlanib kelayotgan muqaddas muhabbat 
an’anasi o‘rniga zinokorlikni taqdim qiladi. 
Zo‘ravonlik.  Bu  illat  mazmunini  insonning  inson,  millatning  millat,  davlatning  davlat 
ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazish tashkil qiladi. Zo‘ravonlik shaxs hukuqini paymol qilib, uning 
ongida hayvoniylik his-tuyg‘ularini va xususiyatlarini tarkib toptiradi. 
                                                 
53
 Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar-ezgu maqsadimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir // "Xalq 
so‘zi" gazetasi, 2017 yil/1 iyul. 

Individualizm. Bu g‘oyaga ko‘ra shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatlaridan ustun 
qo‘yadi.  Individualizm  jamoaviylikning  jiddiy  ko‘rinishi  bo‘lib,  u  shaxsni  jamiyatdan  ayro 
yashashga,  qo‘ni-ko‘shnichilik,  mahalla-ko‘ychilik  va  jamoaviylikka  qarshi  ruhda  voyaga 
yetkazadi. Bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi o‘z manfaatlarini o‘zgalarnikidan ustun qo‘yadi, faqat 
o‘zi uchun yashash odatini o‘zlashtiradi. 
Egotsentrizm.  Bu  g‘oya  inson  «men»ligini  ustuvor  qo‘yishdan  iboratdir.  Unga  ko‘ra, 
inson har bir narsaga o‘zining  «men»lik  nuqtai  nazaridan  qaraydi.  Buning  eng tashvishli  jihati 
shundaki,  unday  odam  o‘zini  doimo  haq  deb  biladi,  o‘zgalarga  nisbatan  bepisand  qarash, 
o‘z xatti-harakatlarini mutlaqo to‘g‘ri deb bilish egotsentrizmning eng asosiy belgisidir. 
Madomiki, ushbu madaniyat milliy qadriyatlarimiz ildiziga bolta urayotgan ekan, unga 
qarshi kurashishimiz zarurdir. Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni ko‘llashni taqozo etadi: 

 
Kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelayotgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar 
vositasida axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni mamlakat ichkarisiga kiritmaslik. 
Pinhona  ish  yuritayotgan  fohishaxonalarning  faoliyatiga  chek  ko‘yish  tadbirlarini 
kuchaytirish. 

 
Qudratli  davlatlarning qudratsiz davlatlar ustidan zo‘ravonligini madh qiluvchi  har qanday 
mahsulotlarni  (kiyim  kechaklar,  videofilmlar  va  shunga  o‘xshash  narsalar)ning  kirib 
kelishiga, ayniqsa ularni yoshlarning ma’naviy iste’mol qilishlariga yo‘l ko‘ymaslik ishlarini 
uzluksiz tarzda tashkil etish. 

 
Inson o‘zi uchun emas, o‘zini o‘zi ulug‘lab emas, balki jamiyat manfaati, yurt tinchligi, uning 
ozodligi  va  obodligi,  shu  yurtda  erkin  va  farovon  hayot  kechirish  uchun  yashashligini 
g‘oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  ta’minlashni  yo‘lga  qo‘yish  ishlarini  izchil  davom  ettirish 
kabilar tashkil etadi. 
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‘rolar mamlakatida boshlangan istiqlolga 
intilish harakatlari sho‘rolar davridagi mudroqlikka chek qo‘ydi.  Kommunistik senzura hamma 
vaqt  yoqtirmay  tanqid  qilib  kelgan  “ommaviy  madaniyat”  ommaviy  axborot  vositasida 
hayotimizga  faol  kirib  keldi  hamda  aholi  o‘rtasida  yashindek  yoyila  bordi.  Bunga  katta 
yoshdagilarning  ma’lum  darajada  qarshilik  ko‘rsatgani,  qabul  qilolmagani,  an’anaviy  madaniy 
qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o‘rnashgani ko‘zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning 
katta  qismi,  ayniqsa,  talaba  yoshlar  sho‘ro  davri  madaniy  qadriyatlariga  tanqidiy  ko‘z  bilan 
qaradilar. Yangi zamon  “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan xaridoriga aylandilar. 
Ular uchun bu mahsulotlarning o‘zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham ahamiyatli emas 
edi  va  hamon  shu  jarayon  davom  etmoqda.  “Jahon  to‘ri”  deb  nom  olgan  internet  tizimi  orqali 
“ommaviy  madaniyat”  mahsulotlari  hech  qanday  to‘siqsiz  mamlakatimizga  kirib  kelmoqda  va 
ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng tarqalmoqda. 
Ma’lumki, o‘smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand, 
modaparast,  xorij  standartlarini  oson  qabul  qilishga  ruju  qo‘ygan  bo‘ladi.  Ulardagi  ana  shu 
ijtimoiy-psixologik  holat  kirib  kelayotgan  shubhali  qadriyatlarga  tanqidiy  yondashuvni  cheklab 
qo‘ymoqda.  Maqbul  yoki  nomaqbulligi  haqida  muayyan  fikr-mulohazasi  bo‘lmagan  yoshlar 
hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali 
qabul  qilishga oshiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” tashqi ko‘rinishi,  oson o‘zlashtirilishi  bilan 
ularni  qiziqtirmoqda.  Turfa  g‘oya  va  ramzlar  zamonaviy  modalar  ommaviy  madaniyat 
mahsulotlari  yoshlardan  chuqur  fikr-mulohaza  yuritishni  talab  etmaydi,  har  xil  hayot 
tashvishlaridan,  turmush  muammolaridan    “xalos”  etadi,  jasadni  va  ruhni  dam  oldirish,  ularni 
o‘qishga, bilim olishga emas, balki o‘ynab-quvnab, “yashab olish”ga chaqiradi. Aslida “ommaviy 
madaniyat”ning,  uni  tarqatayotganlarning  ham  asl  maqsadlari  shundan  iborat.  Mamlakatimiz 
aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va “ommaviy madaniyat” mualliflari aynan 
ana shu auditoriyani  nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq  ayon 
bo‘ladi.  
Yoshlarning  badiiy  ehtiyojlarini  qondirish,  ular  o‘rtasida  “ommaviy  madaniyat” 
mahsulotlarining  tarqalmasligi  uchun  muayyan  ishlar  amalga  oshirilayotir,  albatta  ularning 

san’atga, adabiyotga va boshqa ma’naviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib borish hozir 
izchil olib borilmoqda.  
 “Ommaviy  madaniyat”ning  hayotimizga  bostirib  kelishida  dastlab  ommaviy  axborot 
vositalari asosiy rolni o‘ynadi. Bugunga  kelib esa, reklama uning ajralmas yo‘ldoshiga aylanib 
qoldi. Bozor qonuniyatlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini keng  tarqatishdan manfaatdor 
bo‘lib  maydonga  chiqmoqda.  Zamonaviy  audio-videotexnikalar,  ovoz  yozish  va  kuchaytirgich 
asboblarining  yuzlab  turlari  “ommaviy  madaniyat”  mahsulotlari  reklamasi  bilan  kun 
ko‘rmoqdalar.  U  sanoat  asosiga  ko‘chirilgach,  o‘rtacha,  bo‘sh  “ommaviy  madaniyat” 
mahsulotlarini  ko‘paytirish  va  sotish  bo‘yicha  qudratli  tizim  yaratildi.  Istagan  do‘kondan 
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‘shiq, klip  audiovideotasmasini topish 
mumkin.  San’atga,  “ommaviy  madaniyat”ga  mas’uliyatsizlik  bilan  munosabatda  bo‘ladigan, 
yengil-yelpi  ijod  bilan  elga  tanilgan  san’atkorlar  armiyasi  paydo  bo‘ldi.  O‘zlari  shoir,  o‘zlari 
kompozitor bo‘lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‘lmagan juda ko‘plab guruhlar paydo bo‘ldi  va ular 
o‘z  mahsulotlarini  istagancha  reklama  qilmoqdalar.  Yoshlar  esa  ana  shunday  siyqasi  chiqqan, 
lekin  ma’lum  ma’noda  “o‘z  auditoriyasini  topgan”,  “san’atkor”lar  armiyasi  bilan  yuzma-yuz 
turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks ettiruvchidir.  
Ba’zan  kliplarda  chiroyli  qizlar  va  yigitlar  nima  deyotganligini  o‘zlari  ham 
tushunishmaydi.  Kuchli  musiqa  sadosi  ostida  nimalardir  deyishadi,  mashinalarga  o‘tirib 
qayerlargadir  borishadi.  “Ommaviy  madaniyat”  mahsuli  bo‘lgan  bunday  “asarlar”  millat 
mentalitetini  pasaytirishga  xizmat  qilayotgani  sir  emas.  Reklama  nima  deydi?  Birorta  shirin 
ichimlikni iste’mol qilib cheksiz rohat va farog‘at olish mumkin. Biror  narsaga erishish uchun jon 
kuydirish, ter to‘kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni  sotib olish kerak va uni iste’mol qilish 
kerak.  Yoki  yozib  olingan    fonogrammaga  mos  qilib,  labni  qimirlatib  turaverish  kerak,  tamom 
vassalom. Endi o‘sib, jamiyatga  kirib kelayotgan yoshlarga, o‘smirlarga ham OAVlar shunday 
ta’lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‘z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta’sir etmoqda. 
Demak,  “ommaviy  madaniyat”ning  ana  shunday  siyqalanib,  jo‘nlashib  borishi  hammamizni 
ogohlikka chorlashi lozim.  
“Ommaviy madaniyat” o‘z g‘irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy urf-
odatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni  jadallashtirishimiz lozim. 
Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish