Bajarilgan ish hajmiga koʻra amortizatsiya hisoblashish jadvali
Yillar
|
Balans qiymati
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Yillik amartizatsiya sumasi
|
Jamg’arilgan amartizatsiya
|
Qoldiq qiymat
|
1-yil
|
500000
|
800000
|
80000
|
80000
|
420000
|
2- yil
|
500000
|
1200000
|
120000
|
200000
|
300000
|
3- yil
|
500000
|
1000000
|
100000
|
300000
|
200000
|
4- yil
|
500000
|
800000
|
80000
|
380000
|
120000
|
5- yil
|
500000
|
1000000
|
100000
|
480000
|
200000
|
Bajarilgan ish hajmiga koʻra amortizatsiya hisoblashish usuli obektlardan foydalanish muddati, ularning toʻzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur akti ning xoʻjalik faoliyati hajmi yilma-yil oʻzgargan hollarda qoʻllaniladi.
Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Koldiqli kamayish hamda kumulyativ usul tezkor usullar boʻlib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalarga foydalana boshlaganda hisoblangan amortizatsiya summasi obekt xizmat muddati yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori boʻladi. Ishlab chiqarishga jalb qilinngan asosiy vositalarning koʻpgina turlari foydalanishning dastlabki yilida ancha samarali xizmat qilishi hamda yukori ishlab chiqarish xususiyatiga egaligidan kelib chiqib, bu usuldan foydalaniladi. Bu esa, agar ularning foydaliligi va ishlab chiqarish xususiyati keyingi yillarda ancha yuqori boʻlsa, u holda asosiy vositalardan foydalanib boshlaganda eskirishning katta qismini hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan 1 foizlik qoidasiga javob beradi. Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli koʻp turdagi uskunalar oʻz qiymatini yukotishi (maʼnaviy eskirishi) ham tushuntiriladiYangi kashfiyotlar va materiallar ilgari harid qilingan uskunaning maʼnaviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinrok almasht zaruratini yuzaga keltiradi. Har yili amortizatsiyaning keskin oʻzgarishi asosiy vositalarning koldik qiymatida ham oʻz aksini topadi. Toʻgʻri chizikli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yukori boʻladi.Asosiy vositalarning har “il turlariga amortizatsiyaning turli usullari qoʻllanilishiga ruxsat etilganligini, Biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bita usul qullanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim. Soliqda tortish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya meʼyorlari qoʻllaniliishi lozim. Korxonaning hisob siyosatiga koʻra hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya oʻrtasidagi farq vaqtinchalik faqk deyiladiMisol. «Bobur” kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq tulangunga qadar boʻlgan foyda 250 ming sumni tashkil etgan. Bunda hisob foydasi va soliqda tortilgan foyda oʻrtasida farq mavjud, hisob siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya 130 ming sumni, soliqda tortish maksadlari uchun amortizatsiya esa toʻgri chizikli usulda)- 100 ming sumni tashkil kilganligidan yuzaga keladi. Bu aynan vaqtinchalik fark bulib, soliqqa tortiladigan foyda uni hisobga olganda 25 0000+( 13 0000-100000)=280000 sumga teng. Foyda soligʻining 20%lik stavkasi boʻyicha hisoblangan foyda soligʻi (250000*20%)=50000 sumni tashkil etadi, lekin byudjetga (280000*20%)=56000 sum toʻlash kerak boʻladi, bu ikki miqdor oʻrtasidagi fark vaqtinchalik farklar boʻyicha muddati unaytirilgan foyda soligʻi hisoblanadi va u kaysi hisobot davrida soʻndirilishiga karab bogʻlik ravishda 0950 yoki 3210-hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Ushbu muomalalar boʻyicha quyidagicha provodkalar beriladi:
D-t 9810-“Foyda soligʻi boʻyicha harajatlar” - 50000 sum
D-t 0950, 3210-“Vaqtinchalik farklar boʻyicha muddati oʻzaytirilgan daromad soligʻi” - 6000 soʻm
K-t 6410-“Foyda soligʻi boʻyicha byudjetga qarzlar” - 56000 sum.
Korxonaning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya Soliq Kodeksi boʻyicha shortizatsiyadan yukori boʻlgan holatda mazkur fark summasiga soliq boʻyicha muddati oʻzay¬tirilgan qarz yuzaga keladi. Yukorida keltirilgan misolning aksini kurib chiqamiz, bunda Kisob foydasi 280000 sumni, soliqqa tortiladigan foyda esa - 250000 sumni tashkil kilgan.
Buxgalteriya yozuvi quyidagicha boʻladi:
D-t 9810-“Foyda soligʻi boʻyicha harajatlar” - 56000 sum
K-t 6410-“Foyda soligʻi boʻyicha byudjetga qarzlar” - 50000 sum
K-t 6250, 7250-“Soliqlarga oid vaqtinchalik farklar boʻyicha muddati oʻzaytirilgan majburiyatlar” - 6000 sum.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblashish. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish meʼyori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga koʻpaytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya meʼyori ikki hissa kilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |