O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

IV-MAVZU 
 
NUTQ O’STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASIINING SHAKLLANISH 
TARIXI 
 
Nutqni rivojlantirishda ta’limning o’rni va ahamiyati to’g’risida 
 
CHet elda, Rossiyada va O’zbekiston Respublikasida maktabgacha yoshdagi bolalar 
nutqini rivojlantirishga doir tadqiqotrning asosiy yo’nalishlari 
 
 
 
Nutqni rivojlantirishda ta’limning o’rni va ahamiyati to’g’risida 
 
Nutqni  o’rgatish  muammosiga  yondashuv  pedagoglar,  psixologlar  va  metodistlarning 
(L.S.Vigotskiy,  L.A.Venger,  P.YA.Galperin,  V.V.Davidov,  A.V.Zaporojets,  N.N.Poddyakov, 
A.P.Usova,  ye.A.Flerina  va  boshk.)  fundamental  tadqiqotrida  asoslab  berilgan  bazaviy 
umumpsixologik pozitsiyalar bilan belgilanadi. Ushbu tadqiqotrda o’kitish va rivojlantirishga bir 
xil  karalmaydi,  lekin  ayni  paytda  o’kitishning  o’quvchilarga  «yakin  rivojlanish  hududi»ni 
yaratuvchi  borlikda  yo’l  topa  olish  vositalari  va  usullarini  ishlab  chikishda  yordam  beruvchi 
yetakchi ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi (L.Vыgotskiy). 
Nutqni  o’rgatish  muammosi  doimo  maktabgacha  didaktikaning  yetakchi  muammolari 
katorida turgan va bundan keyin ham shunday bo’lib koladi. Bolaning ona tilini o’zlashtirishida 
o’kitishning tutgan ahamiyati bir necha bor SHarq (Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshk.) va Garb 
(YA.A.Komenskiy  va  boshk.)  mutafakkirlari,  shuningdek  K.D.Ushinskiy,  ye.I.Tixeeva, 
A.P.Usova, L.A.Penevskiylar tomonidan kayd etilgan. 
Ibn  Sino  bolalar  bilan bakirmasdan  xotirjamlik  bilan va  uning  shaxsiga  tegmagan  holda 
suhbatlashish, suhbatni hikoyalar va afsonlardan boshlash zarurligini uktirgan.  
Alisher Navoiy so’z, nutq va ularning inson hayotidagi ahamiyatini obrazlar orkali yukori 
badiiy shaklda ifodalagan. 
YA.A.Komenskiy  tabiiy  kobiliyatni  har  tomonlama  rivojlantirish  ђoyasidan  kelib 
chiqqan holda ilk  yoshdan boshlab bolalarga bilishni, harakat qilishni, so’zlashni o’rgatish kabi 
vazifalarni  ko’ygan.  U  «akl  va  nutq»ni  rivojlantirish  haqida  bir  xil  qayg’urish  darkor,  deb 
hisoblagan.  CHunki,  bola  nutq  tufayli  o’z  fikrlarini  ifodalaydi  va  atrofidagi  kishilar  bilan 
muloqotga  kirishadi,  nutqni  egallab  olish  orkali  u  atrof-olamni  anglaydi,  boshka  bolalar  bilan 
muloqot qilish natijasida esa bolada nutq va fikrlash rivojlanadi. 
K.D.Ushinskiy  dastlabki  ta’limda  ona  tilini  o’kitish  «bosh,  markaziy  predmetni  tashkil 
etishi» haqidagi tezisni olђa surgan. Uning fikriga ko’ra, «bolakay ushbu anchayin ulkan merosni 
uzok  vakt  mobaynida,  balki  hech  kachon  o’zlashtira  olmasligi  –  uni  hakikatdan  ham  o’zining 
ma’naviy boyligi qilib ololmasligi mumkin». 
E.I.Tixeeva  K.D.Ushinskiyning  izdoshlari  ichida  birinchi  bo’lib  maktabgacha  yoshga 
nisbatan «tilni o’kitish» atamasini ko’llagan. Uning fikriga ko’ra, bolalar bog’chasida tarbiyalash 
ishlari  tizimining  asosini  birinchi  yoshdan  boshlab  ona  tilini  muntazam  o’kitib  borish  tashkil 
kilmoђi lozim, bu o’quvni u bolalar bog’chasining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblagan. 
Ona  tilini  o’kitish  muammosini  hal  etishga  ye.A.Flerina  ham  ulkan  hissa  ko’shgan.  U 
kattalarning  bolalarga  nisbatan  pedagogik  ta’sirini  tavsiflash  uchun  «o’kitish»  atamasini  keng 
ma’noda ko’llagan. Ta’limni bunday ma’noda tushunishdan kelib chiqqan holda u  uning uchta 
shaklini  ajratib  ko’rsatgan:  bolaning  kundalik  hayotida,  uning  xilma-xil  faoliyati  davomida 
o’kitish; bolalar xohishiga ko’ra uyushtirilgan guruh Mashg’ulotlari;  « u yoki bu o’quv tarbiya 
vazifalari butun guruh oldiga ko’yiladigan» majburiy Mashg’ulotlar. 


 
29 
E.A.Flerina  «maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  o’kitish  muammosini  tor  darajada  hal 
etish»ning  xavfliligi  haqida  ogohlantirgan,  maktabgacha  yoshdagi  bolani  o’kitishning  o’ziga 
xosligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo’li bilan, tengdoshlari 
va  kattalar  misolida  hamda  Mashg’ulotlar  va  maxsus  Mashg’ulotlarda  tarbiyachining  ko’rsatib 
o’tishi orkali o’qib-o’rganadilar». U o’zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil faoliyat 
turlarida,  shu  jumladan  badiiy-nutqiy  faoliyatda  bola  imkoniyatlarini  rivojlantirish  uchun 
foydalanishga asosiy o’rinni bergan.  
A.P.Usova  bolalar  bog’chasida  o’kitishning  umumiy  nazariyasini  ishlab  chiqqani  holda 
unda  ona  tilini  o’kitishga  alohida  o’rin  bergan.  Uning  fikricha,  ta’lim  jarayonining  o’zi  to’g’ri 
nutqiy  rivojlanish  kafolati  bo’lib  xizmat  kiladi,  chunki  «bolalarning  nutqiy  rivojlanishiga 
shunday  sifatlarni  kiritadiki,  ular  odatda,  oddiy  sharoitlarda  zaif  rivojlanadilar».  Ta’lim  nutq 
rivojlanishi  qonuniyatlari  to’g’ri  hisobga  olingan  takdirda  u  barcha  bolalar  nutqining  makbul 
darajada  rivojlantirilishini  ta’minlaydi,  hisoblaydi  A.P.Usova.  U  bolalarning  mustaqil  ravishda 
egallab olishlari kiyin bo’lgan hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat 
bergan. A.P.Usova ona tili bo’yicha dasturni o’zlashtirish uchun barcha bolalar bilan mashђulot 
o’tkazish lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda u mashђulot o’tkazish metodikasini ishlab chikish 
uchun ham ko’p ishlarni amalga oshirgan. 
Bolalar  bog’chasida  ona  tilini  o’kitish  ishlarining  tuzilmasi  L.A.Penevskiy  tomonidan 
ishlab  chikilgan.  U  quyidagilarni  o’z  ichiga  olgan:  bolalarning  ona  tilidagi  lug’at  va  uning 
grammatik  tuzilishini  o’zlashtirishlari;  og’zaki  adabiy  nutqni  shakllantirish  va  tilning  tovush 
tizimini  o’zlashtirish;  hikoya  qilishni  o’rgatish.  Garchi,  L.A.Penevskiy  fikriga  ko’ra, 
«belgilangan til mazmuni uzil-kesil hal kiluvchi» bo’lmasa-da, «maktabgacha tarbiya natijasida 
bolalar  ona  tili  bo’lmish  o’zbek  tilida  to’g’ri,  sof  va  ifodali  so’zlashni  bilishlari,  boy  lug’at 
zahirasiga  ega  bo’lishlari,  ravon  va  izchil  hikoyadan  kabul  qilib  olganlarini  aytib  bera  olishlari 
shart». 
Keyingi  yillarda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ona  tilidagi  nutqni  o’rgatish 
muammosiga  doir  tadqiqotr  ish  tarkibini  aniklashtirish  va  ta’lim  metodikasini  takomillashtirish 
yo’llarini  kidirish  nuktai-nazaridan  olib  borildi.  Tadkikotchilarning  asosiy  e’tibori  nutqiy 
Mashg’ulotlar  mazmuni  va  metodikasiga  karatildi,  bu  asta-sekin  ye.A.Flerina  ogohlantirgan 
«nutqni  o’rgatish»  tushunchasining  torayishiga,  amaliyotda  esa  –  nutqni  rivojlantirishga  doir 
maxsus Mashg’ulotlar ahamiyatining oshishiga olib keldi.   
60-70-yillarda  bolalar  nutqini  rivojlantirish  masalalarini  o’rganish  ishlari  faollashdi. 
RSFSR  Pedagogika  fanlari  akademiyasining  Maktabgacha  tarbiya  bo’yicha  Ilmiy-tadkikot 
instituti  huzurida  Nutqni  rivojlantirish  laboratoriyasi  tashkil  etildi.  Uning  jamoasi  turli  yosh 
bosqichlarida  nutqni  o’rgatishning  ilmiy  va  metodik  asoslarini  o’rgandi  (F.A.Soxin, 
O.S.Ushakova va boshk.). 
Bundan  tashkari,  muloqotdagi  muammolar  tufayli  muloqot  qilishni  o’rgatish 
(A.V.Zaporojets,  A.A.Leontev,  M.I.Lisina,  A.K.Markova,  A.G.Russkaya  va  boshk.);    til  va 
nutqka  nisbatan  tahliliy  munosabatni  shakllantirish  (L.I.Aydarova,  L.E.Jurova,  S.N.Karpova, 
D.B.Elkonin  va boshk.);  nutqiy  faoliyatni  uning  barcha  tarkibiy  komponentlari  bilan  birgalikda 
rivojlantirish  (A.M.Bogush,  A.A.Leontev,  A.I.Polozov,  V.I.YAshina  va  boshk.)  masalalari  faol 
ishlab chikildi. 
Ushbu  ishlar  natijasida  ona  tilini  o’kitishga  doir  ishlar  tarkibidan  bolalarning  til 
borliђining  elementlari  haqidagi  bilim  va  tasavvurlari,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish