26
berish hamda bolalarning o’zlari hikoya qilib berishlariga baђishlangan. Ayniksa,
ye.A.Flerinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni
o’quvchiga yetkazishning turli usullarini, jumladan o’kilgan asar bo’yicha suhbat o’tkazish
usulini ishlab chiqqanligi juda kimmatlidir.
1948 yilda maktabgacha tarbiya masalasi bo’yicha Butunrossiya konferentsiyasi
o’tkazildi, u so’nggi yillardagi ilmiy-tadkikot ishlariga yakun yasadi va bu borada yangi
vazifalarni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy xodimlarning anik maksadni ko’zlagan holda asta-
sekinlik bilan olib borgan ishlari natijasida bolalar bog’chasida ona tilini o’kitish
tizimi
shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir ko’llanmalar, bolalar bog’chalaridagi en yaxshi
ish tajribalari haqida makolalar to’plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956 yili
maktabgacha tarbiya yo’nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun birinchi marta «Bolalar
bog’chasida nutqni rivojlantirish va ona tilini o’kitish» nomli o’quv ko’llanmasi dunyo yuzini
ko’rdi. Mazkur ko’llanma muallifi O.I.Soloveva edi.
50-60 yillarda nutqni rivojlantirish metodikasida yangi bo’lim – grammatik to’g’ri nutqni
shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi.
Ushbu masalini yoritishga professor A.N.Gvozdev ulkan hissa ko’shdi, u o’zining
«Bolalar nutqni o’rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab
grammatik tuzilishni o’zlashtirib olishlarining qonuniyatlarini ochib bergan.
50-60 yillarning maktabgacha ta’lim didaktikasida ta’limga tarbiyalovchi jarayon sifatida
karalgan. Tarbiyachilar e’tibori nutqiy Mashg’ulotlar metodikasi va mazmuniga karatilgan,
ammo bolalar faoliyatining boshka turlarida nutqni rivojlantirish ishiga juda kam e’tibor
berilgan.
1960 yilda jahonda birinchi marta sobik Sovet Ittifokining Pedagogika fanlari
akademiyasi huzurida maktabgacha tarbiya bo’yicha Ilmiy-tadkikot instituti tashkil etildi. Unda
nutqni rivojlantirish laboratoriyasi ish boshladi va u ilk bolalik yoshidan boshlagan holda turli
yosh bosqichlarida nutqni rivojlantirishdagi vorislik masalalarini o’rganishga kirishdi. Mazkur
tadkikot materiallaridan 1962, 1969 yilgi dasturlarda foydalanilgan.
60-70 yillarda bolalar nutqini rivojlantirish masalalari faol o’rganila boshlandi.
Maktabgacha tarbiya bo’yicha Ilmiy-tadkikot instituti huzuridagi Nutqni rivojlantirish
laboratoriyasi turli bosqichlarda nutqni o’rgatishning ilmiy va metodik asoslarini o’rganadi
(F.A.Soxin, O.S.Ushakova, ye.I.Strunina va boshk.). Bundan tashkari, muloqot qilishni o’rgatish
(A.V.Zaporojets, A.A.Leontev, M.I.Lisina, A.K.Markova, A.G.Ruzskaya, V.V.Vetrova,
M.G.Elagina va boshk.); til va nutqka nisbatan tahliliy munosabatni shakllantirish
(L.I.Aydarova, L.E.Jurova, S.N.Karpova, D.B.Elkonin va boshk.); nutqiy faoliyatni uning barcha
tarkibiy komponentlari bilan birgalikda rivojlantirish (A.M.Bogush, A.A.Leontev, A.I.Polozov
va boshk.) masalalari ishlab chikildi.
Ona tilini o’kitishni tashkil etishning yangicha mazmun va shakllarini izlash 80-yillarning
oxirida avj oldi, chunki bu davrga kelib bolalar bog’chalarida pedagogik jarayonni tashkil
etishning eng avvalo tarbiyachining bolalar bilan rasmiy, sub’ekt-ob’ekt tusidagi
munosabatlarida ko’rinadigan o’quv-intizomiy modeli keskin tankid ostiga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: