65
Bolalar anik va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-
alohida anik talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diktsiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona
tilidagi tovushlarni muvaffakiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi
biroz noanik va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni oђizni yetarli darajada
ochmasdan talaffuz kiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz
etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar,
mahalliy so’zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so’zlarda urђuni to’g’ri ko’yishi lozim.
Nutqda hissiyotlar, fikrlarning eng nozik kirralarini ham ifodalash mumkin. Bunga
nafakat tegishli so’zlar yordamida, balki ifodalilikning intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati,
mantikiy urђusi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to’g’ri foydalanish tufayli erishiladi. Ushbu
vositalardan foydalangan holda tarbiyachi tomonidan o’qib berilgan she’rlar, ertaklar, hikoyalar
bolalarga ularning mazmunini yaxshi tushunish, ona tilining kudrati va go’zalligini his qilish
imkonini beradi.
Bir xil ohangdagi nutq kichik tinglovchilarni toliktirib ko’yadi, matn mazmuniga bo’lgan
kizikishni pasaytiradi. Bolalar bunday nutqni tinglash davomida tez tolikib koladilar, boshka
tomonlarga karaydilar, chalђiy boshlaydilar, keyinrok esa umuman tinglamay ko’yadilar.
Tarbiyachining nutqi emotsional to’lik, intonatsiyalarga boy, yetarli darajada baland va
tezligi bir maromda bo’lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda xuddi tovushlarni noto’g’ri talaffuz
etib bo’lmaganidek nutqning shoshkalokligiga ham yo’l ko’yilmaydi. Agarda nutq biroz ohista
sur’atda davom etsa, u yaxshi kabul kilinadi. Bunday sur’at nutqning anikligini oshiradi va
aksincha, tezlashtirilgan nutq kabul qilishni kiyinlashtiradi. Bolalar uchun mo’ljallangan ertaklar,
hikoyalar, she’rlarni badiiy so’z ustalari odatda, og’zaki nutqka qaraganda biroz sekin sur’atda
o’kiydilar. Bolalarga sekinlashtirilgan nutqni kabul qilish, uning mazmunini kuzatish, matnni
eslab kolish oson kechadi.
SHu bilan birga esda tutish lozimki, bu koida hamma narsani ham kamrab olmaydi.
Badiy asarlarni o’kishda nutqni jadallashtirish yoki sekinlashtirishni ushbu choђda mazmun
tushuntirilayotgani bilan oklash mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi
zarur.
Ovoz – bu tarbiyachining kasbiy kurolidir, u mazkur kuroldan to’g’ri foydalanishi va uni
zo’rikishdan asrashi lozim. Ovozdan noto’g’ri foydalanishni masalan, uning haddan tashkari
balandlatishda (guruhda, maydonda shovkin bo’lganida) ko’rish mumkin.
Agarda muloqot vaziyati nutq balandligini ancha kuchaytirishni talab kilsa - bu ovozni
bakirish darajasiga yetkazish kerak, degani emas.
Ovozni biroz kuchaytirishda nutq sur’atini pasaytirish va so’zlarni yanada anikrok
talaffuz qilish lozim. Agarda ovoz past va zaif bo’lsa, uni balandlashguncha mashk kildirish va
maxsus mashklar bilan mustahkamlash zarur. Ovozning yokimsizligini (xirrilash, chiyillash)
ham bartaraf etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: