O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

mazmuni va  
shart-sharoitlari 
 
Go’daklik yoshi (0-1)  
Bola  uchun  katta  yoshli  odam    -  quvonchh  manbai  bo’lib,  u  bolada  himoyalanganlik 
tuyђusini  paydo  kiladi,  bolani  bilish,  "tadkikotchilik"  faoliyatiga  yo’naltiradi.  Katta  odam  bola 
bilan ko’p gaplashishi, buyumlar va hodisalarning nomini aytib berishi, ular biln nimalar qilish 
mumkinligini hikoya qilib berishi, o’z nutqini ifodali so’zlashi, xirgoyi qilishi, so’zlarni kofiyaga 
keltirib  so’zlashi  lozim.  Katta  odam  bola  uchun  yokimsiz  bo’lgan  ko’pchilik  holatlar  va 
vokealarni  bartaraf  etadi.  SHu  tufayli  bola  katta  odamning  ishonchli  ђamxo’rligi  bilan  kurshab 
olinganini his etadi. 
Bolaga  o’z  ijobiy  (“Timur  zo’r  bola,  yaxshi  ovkatlanib  oldi”)  va  salbiy  (“Oyi  oђrib 
koldi”) his-hayajonlarini oshkora bildirish muhimdir. Ayni paytda bolaga uni kattalar sevishi va 
u  to’g’risida  tashvish  chekishlarini  bildirib  ko’yish  lozim.  Turli  vaziyatlarda  bolaning 
hissiyotlariga “ovoz berish” va kattalar bu mushkulotni u bilan birga baham ko’rishga tayyorligi 
haqida  aytish  muhimdir  (“Alisher  yiђlayapti,  uning  korinchasi  ogriyapti”,  “Gulya  xursand,  u 
cho’milishni yaxshi ko’radi”). 
Bolaning kattalar bilan  muomala  vositalari  yetarli  darajada  har  xil  bo’lishi  mumkin.  Bu 
eng  avvalo  o’yin  orkali  muloqotdir.  U  go’dakni  jonlantiradi,  kuvnok  kayfiyat  baxsh  etadi.  Bu 
kayfiyat katta odam tomonidan bola uyђok bo’lgan har kanday paytda hosil kilinishi mumkin. 
Kattalar bilan  hazil-huzul, ijobiy hissiyotlarga to’la bo’lgan muloqotda bola o’yinchoqlar 
bilan  o’ynashga  kirishadi.  Bu  mohiyatan,  bolaning  o’z  tashabbusi  bilan  vujudga  keladigan 
birinchi  o’yin  shaklidir.  Ko’l  harakatlari  uning  nutqini  rivojlantirishda  alohida  ahamiyatga  ega. 
SHuning  uchun  bola  bilan  muloqot  qilishda  ko’proq  hikoyalar,  iboralar,  topishmoklar, 
aytishuvlardan  foydalanish  lozim.  Bu  tovush  va  nutq  muhitini  boyitadi,  nutqni  o’zlashtirishga 
yordam beradi, talaffuzni, she’riy so’z jarangdorligini his qilishni rivojlantiradi. 


 
53 
Uch  oylikdan  boshlab  talaffuz  jihatidan  boy  bo’lgan  asarlardan  foydalanish  tavsiya 
etiladi.  
3 oylikdan boshlab 6 oylikkacha ovoz xirgoyisiga ega bo’lgan – xalq cholђu asboblariga 
taklid  kilinadigan  (“Taka-tum-bak”,  “Dili-bom,  tili-bom”  va  boshk.)  asarlar  foydali.  Ular 
bolaning  ovoz  imkoniyatlarini  rivojlantiradi.  Bolada  chuldirash  paydo  bo’lishi  bilan  (5-6  oy) 
chuldirashga  ohangdosh  bo’lgan,  bir  necha  marta takrorlanadigan  va  ovoz bilan  ifodalanadigan 
bo’ђinlardan iborat bo’lgan his-hayajonli kiska iboralar va aytishuvlardan foydalangan ma’kul. 
9  oylikdan  boshlab  bolaga  tanish  bo’lgan,  u  “o’rgangan”  vaziyatlarga  tayangan  holda 
nutqiy taklid va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir. 
12 oylikdan boshlab kichkintoyda kichik folklor  janri asarlari elementlari (bekinmachok 
va  h.)  asosida  nutqiy  muloqotga  kirishishga,  jaranglayotgan  matnga  mos  ravishda  harakatlar 
bajarishga undash lozim. 
Bolaga  karash  paytidagi  muloqotni  shunday  uyushtirish  kerakki,  toki  bola  uning  faollik 
ko’rsatishini  sabr-tokat  bilan  kutib  turgan  kattalar  u  bilan  nimalar  kilayotganini  anglay  olsin. 
Kattalar  amalga  oshirilishi  rejalashtirilayotgan  har  bir  harakat  haqida  bolaga  aytib  borishlari 
lozim (“hozir yurib ketamiz”, “Endi esa sayr kilgani chikamiz”, “Endi cho’milamiz”). 
Birinchi yilning oxiriga kelib bola  ko’p tusdagi buyumlar va o’yinchoqlar ichidan o’ziga 
tanish  bo’lgan  muhitda  o’z  yo’lini  o’zi  topa  oladi.  Atrofidagi  barcha  kattalarni  yaxshi  taniydi. 
Gapirilayotgan  so’zlarni  buyumlar  bilan,  predmetli  harakatlarning  turli  usullari  bilan  hamda  
hissiyotga  boy  ifodali  munosabat  va  dastlabki  so’zlar  (“ada,  opa”  ber,  buvi,  ma,  yo’k”) 
yordamida  muloqotning  ijtimoiy  usullari  bilan  boђlay  oladi.  Bularning  barchasi  bolaning 
to’lakonli jismoniy va ruhiy rivojlanayotganidan dalolat beradi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish