132
intonatsion ifodaliligini rivojlantirish,) bilan birgalikda olib boriladi. endi har bir ish turini
batafsil ko’rib chikamiz.
1-ish turi – artikulyatsiya apparati organlari harakatini aniklashtirish. Tarbiyachi
harakatlarni rivojlantirish yoki aniklashtirish, tovushning to’g’ri artikulyatsiyasiga yordam
beradigan muayyan holatlarni ishlab chikish uchun o’yin mashklarini beradi. Bunda nutq tovush
madaniyatining navbatdagi bo’limlariga oid ishlar ajratiladi: anik va to’g’ri artikulyatsiyani,
oђizdan uzok muddat davomida bir tekis nafas chikarishni o’rgatish, tovush balandligini
rivojlantirish.
2-ish turi – ajratib ko’yilgan tovushni talaffuz qilishni aniklashtirish va nutqni tinglash
qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi ajratib ko’yilgan tovushni talaffuz qilishni aniklashtirish
yoki uni taklid asosida atash uchun o’yinlarni yoki o’yinli mashklarni beradi. Bolalarning dikkat-
e’tibori ushbu tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparati organlarining holatiga va uning
jaranglashiga karatiladi. Ushbu tovushni tovushlar guruhi ichidan ajratib olish uchun o’yinlardan
foydalaniladi.
Bu ish turi nutqni tinglash, ovoz balandligini takkoslay olish kobiliyatlarini tarbiyalash,
artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi.
3-ish turi – so’zlarda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash va fonematik tinglash
qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyachi so’zlarda tovushlarni anik va to’g’ri ko’llashga yordam beruvchi turli
materiallarni (asosan, didaktik o’yinlar) beradi. Dastlab mashk kilinayotgan tovush urђuli
bo’ђinda turgan so’zlar beriladi. Bolalar uni yanada anikrok, cho’zib talaffuz qilishni
o’rganadilar, ya’ni tovushni ovoz yordamida ajratish ko’nikmasini mashk kiladilar, keyinchalik
esa ularni nafakat ajrata olish, balki uning bo’ђindagi joyini aniklashni o’rganadilar. Bir vaktning
o’zida fonematik tinglash, so’zlarni orfoepiya me’yorlariga muvofik holda talaffuz qilish
vazifalari hal etiladi.
4-ish turi – tovushlarni iborali nutqlarda to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash va nutqni
tinglash qobiliyatini rivojlantirish.
Pedagog maxsus tanlab olingan nutqiy materiallar, ya’ni: so’zli o’yinlar, tez aytishlar,
topishmoklar, she’rlar, va hikoyalarni beradi. U mazkur tovushning Yuqorida sanab o’tilgan
materialda to’g’ri ko’llanishini kuzatib boradi. Mustaqil nutqda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni
tarbiyalash nutqni tinglash va nutqiy nafas olish kobiliyatlarini rivojlantirish, nutqning ohista
sur’ati va intonatsion ifodaliligidan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish bilan birgalikda
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: