Birinchi bosqich – bu 1 yoshu 6 oydan to 3 yoshgacha bo’lgan davr. Ushbu bosqichda
(ayniksa, uning boshida) faol lug’at jadal rivojlanadi. Ilgari shakllanib ulgurgan artikulyatsiya
harakatlari yaxlit so’zlarni talaffuz qilishda ishtirok etgani holda unga ayrim o’zgartirishlar
kiritiladi, ya’ni bunda aniklashtirish yuz beradi, u yanada barkarorlashadi. Bolaning yaxlit so’zni
aytishga ongli ravishda taklid qilish kobiliyati rivojlanadi, shu tufayli tarbiyachi bola nutqining
tovush jihatiga sezilarli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Turli tovush taklidlaridan
foydalanish nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning asosini tashkil kiladi.
Ishning samaradorligi ortadi, chunki ushbu yoshdagi bolalar bilan Mashg’ulotlar kichik
guruhlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |