Qisqartirilgan infinitiv مصدر مرخم masdare moraxxam
Fors tilida fe’lning infinitiv shaklidan tashqari مصدر مرخم masdare moraxxam deb ataluvchi qisqartirilgan infinitiv shakli ham mavjuddir.
Qisqartirilgan infinitiv fe’lning to‘la shaklidan ن – an qismini olib tashlash orqali hosil qilinadi. Qisqartirilgan infinitiv shakl jihatdan o‘tgan zamon fe’l negiziga mos keladi.
Infinitiv Qisqartirilgan infinitiy
رفتنraftan رفت raft
خواندن xondan خواند xānd
نوشتن naveštan نوشت navešt
Qisqartirilgan infinitiv gapda mustaqil ravishda ishlatilmaydi. U ma’lum fe’l shakllari bilan birikib, shaxssiz gaplar va aniq kelasi zamon fe’li hosil qilishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |