O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti Sirtqi fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi



Download 348,04 Kb.
bet10/13
Sana22.09.2021
Hajmi348,04 Kb.
#181574
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talab

10 ichida hisoblash

O'ynatiladigan didaktik o'yin: “Do'koncha”.

Didoktik topshiriq: arifmetik amallarni 10 ichida mashq qildirish.

O'yin topshirig'i: ko'rsatilgan sonlardan 10 sonini tashkil qiladiganini tanlab olish.

O'yin darsning boshida, ilgari o'tilgan materialni mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. O'yinni o'tkazish uchun 18 minutdan ko'proq vaqt ajratiladi. Sinf tanaffus vaqtida jihozlanadi.



Foydalaniladigan buyumlar: stolga yoyib qo'yilgan o'yinchoqlar, albom va kitoblar. Ularning orqasiga missollar yozib qo'yiladi. Har bir buyumda bahosi yozib qo'yilgan qog'oz bo'ladi. Bolalarga “pul” (raqamlar yozilgan qog'oz)lar konvertlarda tarqatiladi. “Do'koncha” degan yozuv stol yonidagi biror narsaga osib qo'yiladi.7

O'qituvchi o'yin shartlarini quyidagicha tushuntiradi.

Mana bu yerda turli o'yinchoq va buyumlar yotibdi. Ularning narxiga e'tibor bering: qaysi o'yinchoq yoki buyum necha pul turadi. Lola, sen sotuvchi bo'lasan. Endi o'yinning qanday o'tkazilishini eshitib olinglar. Hammangizning onalaringiz sizlarga ukangizning tug'ilgan kuniga sovg'a sotib olish uchun 10 so'mdan pul berishgan deb faraz qilinglar. Qo'lingizdagi pul bir tiyini ham qolmasdan sarflanishi lozim. Do'konchadan nimalar sotib olishingiz kerakligi haqida o'ylab ko'ringlar. Bolalar biroz o'ylab, so'ngra qo'l ko'taradilar. Doskaga chaqirilgan Dilorom stol yoniga borib, o'ziga juda ham yoqib qolgan o'yinchoq (qo'g'irchoq)ni olib, 5 “so'm” uzatadi.

Bolalar, Dilorom to'g'ri savdo qilyaptimi? deb so'raydi o'qituvchi.

Yo'q, unda yana 5 so'm qoldi! deydi Sharif.

Dilorom biroz o'ylab turadi, so'ngra qat'iylik bilan o'ziga uchta bir so'mlik rezina qo'g'irchoq va ikkita bir so'mlik kitobcha berilishini iltimos qiladi.

Mahmud 8 “so'm”ga, o'yinchoq, ikki “so'm”ga albom “sotib oladi”. O'lmas 5 va 5

“so'm” lik, Turg'un 2, 2, 2 va 4 “so'm” lik, Vali esa 4, 2, 1 va 3 “so'm”lik xarajat qilishdi.

“Pul”ni to'g'ri “sarflay olmaganlar”ga 10 sonini qaysi sonlardan hosil qilish mumkinligini eslatib turish lozim.

O'ynatiladigan didaktik o'yin: “ Narvoncha”.

Didaktik topshiriq: birinchi o'nlik ichida qo'shish va ayirish jadvalini yaxshilab bilib olish.

“Narvoncha”dan boshqalarga qaraganda tezroq yugurib tushishga intilish, ya'ni bir necha misolni tezroq va aniqroq yechish.

O'qituvchi uyga berilgan topshiriqni teshirb bo'lganidan keyin: “Bolalar, hozir men tekis zinalar chizaman”. Eng yuqoridagi pog'onaga “1” sonini, ikkinchisiga +2, uchinchisiga +3 hokazo belgilarini yozib qo'yaman. Raqamlarning pog'onalarda qanday joylashganini yaxshilab ko'rib olinglar va mustaqil yechinglar. 1 va 2- pog'onadagi sonlarni qo'shganingizdan keyin navbatdagi pog'onaga o'tavering. Qani, “Narvoncha”dan kim birinchi bo'lib tushadi

Oradan 2 minut o'tgach, bir necha o'quvchi javob berish uchun qo'l ko'taradi. O'qituvchi bolalarning hamma javoblarini (jumladan, noto'g'ri javoblarini ham) yozib boradi. So'ngra butun sinf ovoz chiqarib “Narvoncha” masalasini yechishga o'tadi. O'qituvchi g'olib chiqqan bolalarni rag'batlantirib qo'yadi, yana bitta

“Narvoncha” chizib, uning yuzasidan beriladigan javob tez va aniq bo'lishi

kerakligini ta'kidlab o'tadi

O'qituvchi o'yinni boshlashdan oldin uni o'quvchilar oldindan mashq qilib olishi lozim. O'qituvchi 6 ta o'quvchini doskaga chaqiradi.

Bu “Zanjircha”, deydi u, shunday o'ynash kerakki, zanjircha “uzilmasin”. Buning uchun to'g'ri sanash kerak. Sizlar o'zlaringiz xohlagan misollarni o'ylab qo'yasizlar va javobini bir-birlaringizga navbat bilan aytasizlar. Biroq o'z o'rtog'iga beriladi-gan misolni o'zidan oldingi kishi aytgan javobdan boshlash lozim. Javob ovoz chiqarib aytilmasligi, balki o'ziga aytilgan misolning o'zidan boshlayverilishi kerak.

O'qituvchi shu gaplarni aytib bo’lganidan keyin Jamilaga murojaat qilib:

Qani, sen o'ylagan misolingni ayt, deydi.

3 + 1 deydi Jamila.

O'qituvchi mashqni to'g'ri boshlash maqsadida: “4 + 3”deydida,

“Qani, Iroda sen necha hosil bo'lganini qulog'imga aytchi”, deydi.

Yetti, deb shivirlaydi Iroda.

Endi shu sondan boshlab misol ayt, deydi o'qituvchi.

7-1, deb tezlik bilan javob qaytaradi Iroda.

Nodira ham o'z navbatida: “6-1” deydi. Turg'un esa . “1-5”, deb yuboradi. “Ana xolos, deydi o'qituvchi, “zanjircha” uzilib ketdi. 6 ga 1 ni qo'shsa, qancha bo'ladi?. „Endi men tushundim, deydi shoshilib Turg'un, “7 + 3” deyishim kerak ekan”.

Endi, deydi o'qituvchi, o'yinni chinakamiga o'ynaymiz.

8 kishidan iborat uzun zanjir tuzamiz.

Shundan keyin o'yin boshlanadi. Sharif: “5 + 3”, deydi. Vali misol aytishda davom etib: “8 – 3”, Salim: „10-1”, Murod: “9+1”, deydi va Murod baland ovoz bilan: “Meniki o'n bo'ldi!” deydi. So'ngra o'yin bolalarni doskaga chiqarmay, qator bo'yicha chaqirish tartibida davom ettiriladi. O'yin maroqli o'tadi, bolalar kerakli sonni tez aytishga intiladilar. O'yin 7 minut davom etadi. Har bir o'quvchi ikki amalni bajaradi avval o'zidan oldin aytilgan misolni yechadi, so'ngra yangi misol o'ylab topadi. Boshqa bolalar “Zanjircha”ning “uzilib ketmasligi”ni kuzatib boradilar. Bu o'yin bolalar diqqatini asosiy didaktik topshiriqdan chalg'itmagan holda ularning xotirasini mustahkamlaydi, o'yin shakli esa o'quvchilar e'tiborini masalani aniqroq va tezroq yechishga safarbar qiladi.

O'ndan oshirib hisoblash malakalarini mustahkamlovchi o'yinlar

Birinchi o'nlik ichida hisoblash dastur asosida uzoq davom etadi. Bolalarda faqat o'nlik ichida hisoblash malakasi hosil bo'ladi. Ular o'ngacha yoki hatto ikkinchi o'nlik ichida ham tez va dadil hisoblayveradilar. 5. [5] 100- Bet

Ko'pincha I sinfda 7 ga 5 ni, 8 ga 6 ni qo'shish, shuningdek, qo'shish amallarini bajarish paytida ham bolalar barmoq yordamida hisoblashda davom etadilar.

O'nlikdan oshirib hisoblashda birinchi o'nlik ichida hisoblash paytida mustahkamlangan ikkilik, uchliklarni qo'shib hisoblash malakalari takomillashib yana bittadan qo'shib hisoblash qoidasi paydo bo'ladi. O'nlikdan oshirib hisoblashni yanada yaxshiroq mustahkamlash (10 gacha bo'lgan sonlarni tez topib, qolgan sonlarga qo'shish: 8 + 2=10; 10 + 2 = 12) maqsadida “Tuk-tuk”, “Do'koncha”, “Narvoncha”, “Jadvalni qidirib top”, “Sanayver”, “Kim bilsa, hisoblashni davom ettiraversin” singari sanayver o'yinlar o'tkazilishi mumkin.




Download 348,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish