O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti Sirtqi fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi



Download 348,04 Kb.
bet11/13
Sana22.09.2021
Hajmi348,04 Kb.
#181574
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talab

20 ichida qo'shish va ayirish

O'tkaziladigan didaktik o'yin: “Doiraviy misollar” (“Hisoblashni qaysi son bilan boshlagan bo'lsang, o'sha son bilan tugat”).

Didaktik topshiriq: xotirada tez hisoblash (4-5 ta misol).

O'yin topshirig'i: misol yechish, so'ngra shu misolni yechishda hosil bo'lgan sondan boshlanadigan ikkinchi misolni topish va shu tariqa 5 ta misol yechish. Oxirgi misolining natijasi o'yin boshlangandagi songa to'g'ri kelgan o'quvchi g'olib chiqqan hisoblanadi.

Foydalaniladigan buyumlar: ichiga misolli qog'ozchalar solib qo'yilgan konvertlar. Mana shunday qog'ozchalardan bir nechtasi: 16-3=, 19+ 1 =, 17 + 3 = , 18 + 2 = , 14 + 3 = 20-4=, 13 + 6=, 20-3 = , 19-1=, 17-3 =

Vali o'sha son bilan boshlanadigan misolni darhol topadi va

“7-4” deydi, o'qituvchi esa yozib oladi. 5 ta misolning hammasi shunday bajariladi. Natija 20 - 3 = 17 bo'ladi. Bu sonni o'qituvchi doira ichiga olib qo'yadi.

Vali, misolni qaysi sondan boshlaganim esingdami? deb so'raydi o'qituvchi. 17 dan, javob beradi Vali. Misolni qaysi son bilan tugatdik? 17 bilan.

Ana endi, deydi o'qituvchi, konvertlardan misollarni olinglar va yechinglar. Qanday tekshirish kerakligini unutmanglar. Kim misolni yechsa, qo'l ko'tarsin.

Ko'pchilik o'quvchilar masalani 2-3 minut ichida yechdilar. Deyarli hech kim barmoq bilan hisoblamaydi. Quyidagi topshiriqlarni bajaring 20 ichida bir xonali sonlarni ayirish



O'tkaziladigan didaktik o'yin:”Eng yaxshi hisobchi”.

Didaktik topshiriq: bir noma'lum sonni o'nlikdan oshirib qo'shish va ayirishni mashq qildirish.

O'yin topshirig'i: nuqta o'rniga kerakli sonni qo'yib, 4 ta misol yechish, misol yechilishini tekshira olish.

O'yin uyga berilgan topshiriq tekshirilgandan keyin o'tkaziladi. O'qituvchi dars boshlanmasdan oldin, ya'ni tanaffus vaqtida doskaga uchta ustunda quyidagilarga o'xshash misollarni yozib qo'yadi: 17- = 10 16 - = 11 va shu kabilar.

So'ngra o'qituvchi o'yin shartlarini tushuntirishga o'tib, deydi: Doska uchta ustunga bo'lingan. Har bir qatordan har qaysi ustun oldiga bittadan o'quvchini chaqiraman. Quyidagicha javobga erishish uchun (biror misol ko'rsatadi) nuqta ustiga kerakli sonni yozib qo'yish lozim. Qani, kim yaxshiroq hisoblay olar ekan? O'qituvchi Aziza, Vali va O'lmaslarni chiqaradi-da, “Bosh-ladik!” deydi.

Hamma misollarni Vali 2 minutda, Aziza 5 minutda, O'lmas esa 4 minutda yechadi. So'ngra o'qituvchi: “Qani, endi ko'raylikchi, ular misollarni to'g'ri yechishdimikan?” deydida, misollarni shoshilmasdan o'qiy boshlaydi. Hamma o'zining yechgan misollarini tckshiradi. Shu yo'sinda har bir misol “tekshirib” chiqiladi. Turg'un O'lmasning noto'g'ri misoli (8 + 6 = 13) ni topib tuzatadi, 6 ning o'rniga 5 ni yozadi, ovoz chiqarib misolni takrorlaydi. Ikkinchi ustunda xatolar yo'q. Uchinchi ustunda ikkita xato bor. O'qituvchi misollar tekshirilib bo'lgandan keyin:

“Vali hamma misollarni to'g'ri yechdi, demak, u eng yaxshi hisobchi”deydi.8

Biroq misollarni xotirada qanday yechish kerakligini hamma o'quvchilar birdaniga tushunib ololmasliklari mumkin. Bunday hollarda o'yin shartlarini yana bir marta tushuntirib, o'yinni boshqa o'quvchilar bilan takrorlash kerak.

O'qituvchi Tolibni doskaga chaqiradi va o'yinda foydalanilgan misollarga o'xshash misolni o'ylab topishni tavsiya qiladi. U doskaga 20 sonini yozadi. Endi, deydi o'qituvchi Tolibga, 20 dan qaysi sonni ayirmoqchi ekanligingni sekin qulog'imga ayt. Tolib “6” deb shi virlaydida, doskaga “20 -= 6” ni yozadi.

O'qituvchi o'quvchilardan biriga murojaat qilib: “ Dilbar, kvadratcha o'rniga qaysi son yozilishi kerak?” deydi. Qizcha indamaydi.

Xo'p, Dilbar, deydi o'qituvchi, Senda 20 ta kubik bor edi, undan bir nechasi yo'qolgan deb faraz qilaylik. Sen sanab chiqsang, 14 ta kubik qolibdi. Qancha kubik yo'qolibdi?

Dilbar darhol: “Olti” deb javob beradi.

Xuddi shunday deb yoz, deydi o'qituvchi, Endi yozgan misolingni o'qi.

Doskaga yana 5 ta bola chiqariladi va o'yin davom ettiriladi. Quyidagi topshiriqlarni bajaring:



O'tkaziladigan didaktik о 'yin: “Qo'shish va ayirish” mashqlari.

Didaktik topshiriq: hisoblashni mashq qildirish, sonni o'nlikdan to'g'ri oshirishga, ya'ni o'nlikkacha kerakli son topishga va qolgan sonni qo'shib hisoblashga o'rgatish.

О'yin topshirig'i: doirachalarni o'ngacha qo'shib borish, keyin ikkinchi qatorni doirachalar bilan to'latish. Muayyan miqdorda doirachalarni doskaga yozish va ularni tushuntira bilish.

Foydalaniladigan buyumlar: har bir o'quvchida rang-barang (qizil va ko'k) doirachalar va harf terish tasmasiga o'xshagan hisob jadvallar hamda doirachalar solingan konvertlar bo'lishi kerak.

O'qituvchi: “Bolalar, hozir men misollar aytib, ularni doskaga yozaman. Sizlar esa o'z jadvallaringizga xuddi shunchadan doiracha qo'yib chiqasizlar”, deydi-da, doskaga 5 + 5 ni yozib qo'yib: “5 tadan ko'k doiracha olib, ularni jadvalning yuqoridagi qatoriga qo'yinglar. Iroda, yana qancha qo'shishimiz kerak” deydi. “5 ta!” deb javob beradi Iroda. “To'g'ri, deydi o'qituvchi, 5 ta qizil doiracha olinglar va ularni ko'k doirachalar yoniga terib qo'yinglar va hisoblanglar. Shunday qilib, yuqoridagi qatorda 10 ta (5 ta ko'k va 5 ta qizil) doiracha bor. Endi stolda bironta ham doiracha qoldirmay, pastki qatorni to'lg'azinglar”. Bolalar berilgan topshiriqni bajarishadi. O'qituvchi: “Ikkinchi qatorda nechta doiracha bor?” deb so'raganida, bolalar: “Ikkinchi qatorda 10 ta 5 ta ko'k va 5 ta qizil doiracha bor”, deb javob beradilar.

Yuqoridagi qatorda ham, pastdagi qatorda ham doirachalar soni 10 tadan bo'lishi kerakligini unutmanglar, deydi o'qituvchi, endi hamma doirachalarni yig'ishtirib, parta ustiga to'p-to'p qilib qo'yinglar. Hozir diqqat bilan tinglab va kuzatib turing-lar, deydi va doskaga 5 + 7 ni yozadi. O'qituvchi gapirib turgan vaqtdayoq ko'pchilik bolalar 5 tadan qizil doirachani ajratib qo'yib, o'qituvchining gaplarini tinglab, harakatlarini kuzatib boradilar. To'g'ri qildinglar, bolalar, deydi o'qituvchi, Endi 7 tadan ko'k doiracha olinglar va nariroqqa terib qo'yinglar.

Ba'zi bolalar barcha 7 ta doirachani yuqoridagi qatorga joylashtirmoqchi bo'lishadi, lekin doirachalar darchalarga sig'maydi. Bunda ular darchaga 5 ta doirachani joylashtirib, ikkitasini qo'lda ushlab turadilar. Ammo ko'pchilik bolalar qo'llarida qolgan ikkita ko'k doirachani darhol pastki qatorga joylashtirishadi.

Misolni eng birinchi bo'lib yechgan bolalar topshiriqni 15 sekundda bajaradilar. So'ngra o'yin murakkablashadi.

O'qituvchi: Endi men ovoz chiqarmasdan doskaga misol yozaman, sizlar esa berilgan misol asosida doirachalarni ajratib borasiz.

O'qituvchi doskaga 20-13 ni yozadi. Nima qilish kerakligini deyarli hamma bolalar bildilar ular avval 10 ta ko'k doiracha ajratadilar, keyin birinchi qatordan yana 3 ta doirachani olib qo'ydilar.

Navbatdagi misol: 7+12. Nima qilishni hamma biladi. Tezda 7 la qizil doirachani olib, unga 3 ta ko'k doirachani qo'shib qo'yadilar, ikkinchi qatorga esa 7 ta ko'k doiracha qo'yadilar, lekin bu bilan ham darcha to'lmaydi shunda unga yana 2 ta qizil doirachani qo'shib qo'yadilar. Bunday qiyin misol tez yechilganidan hamma xursand:

O'qituvchi: Yana ham osonroq yo'l bilan yechish mumkin: 10 ta qizil tayoqchani bir tomonda qoldirib, ikkinchi tomonga esa 2 ta oq sanoq cho'pni qo'yib, unga yana 7 ta oq sanoq cho'pni qo'shib qo'yinglar.

Bolalar xuddi shunday qiladilar va bir xil natija hosil bo'lganini ko'radilar. So'ngra o'yin tezlashtiriladi. Bu o'yinda javob berish uchun birinchi bo'lib qo'l ko'targan o'quvchi g'olib chiqqan hisoblanadi.

“Ketgan kim?”, “Biz kamayib qoldik”, “Kim qo'shildi?” singarilar ana shunday o'yinlar jumlasiga kiradi.




Download 348,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish