524. Eng qadimgi davrda yakka tartibdagi oilalarning vujudga kelishi sabablarini ko‘rsating?
+Ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi
Mikrolitlarning paydo bo‘lishi
Tasviriy san’atning paydo bo‘lishi
Xususiy mulk dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi
525. Eng qadimgi madaniy boyliklarning o‘rganishdagi manbalar qaysi javobda to‘liq o‘z aksini topgan?
+Xalq og‘zaki ijodi, buyuk adiblar, allomalarning asarlari, arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar
Xalq og‘zaki ijodi materiallari
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi
Etnografik materiallar, yodnomalar, moddiy ashyolar
526. Ibtidoiy jamiyat davrida kishilarning mehnat faoliyati uch guruhga bo‘lingan. Bular qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+Bolalar va o‘smirlar, hayot va mehnatda to‘la ishtrok etuvchilar, keksalar
Go‘daklar bolalar va o‘smirlar hamda keksalar
Bolalar va o‘smirlar, balog‘at yoshiga etgan yigitlar va qizlar, mehnatga layoqatsiz kishilar
Yoshlar, yigitlar, faxriylar
527. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar, ularning bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr va tasavvurlari ifodalangan manbani toping?
+«Avesto»
Yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix»kitobi
Ahmoniylar hukmdori Doro 1 ning «Behustun yozuvlari»
«Qur’oni Karim»
Do'stlaringiz bilan baham: |