1-topshiriq.
|
Quyidagi
|
jadvalda yozma manbalarning talabalar
|
|
|
tomonidan ko`p foydalaniladiganlari keltirilgan. Ularning ijobiy va salbiy
|
tomonlarini ko`rib chiqish uchun sherigingiz bilan
|
ishlang.
|
|
|
Matn turi
|
|
|
Ijobiy tomoni
|
Salbiy tomoni
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Darslik
|
|
|
Talabalar uchun
|
Judayam umumiy
|
|
|
|
|
|
yozilgan
|
bo`lishi mumkin
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Vebsayt
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jurnal maqolasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rasmiy
|
|
|
|
|
|
|
hisobot(masalan, hukumat
|
|
|
|
tomonidan)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Gazeta yoki jurnal
|
|
|
|
|
|
maqolalari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Elektron
|
kitoblar
|
|
|
|
2-topshiriq. Matnni o`qing. Qo`shimcha ma’lumotlar to`plab kengaytiring.
Biznes nima?
“Biznes” so‘zi birinchi marta XVIII - XIX asrlarda paydo bo‘lgan. Amerika lug‘atlarida “biznes” tushunchasi insonning erkinligi va tirikchiligini ta’minlovchi tijorat faoliyati deb talqin qilinadi. Biznes - bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan vositasi. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘zining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi.
Bir tovarning ikkinchi tovarga almashtirilishidan boshlab bank, ombor, zavod, birja, dilerlar, biznesmenlar bilan bog‘liq tarmoqlangan faoliyatga aylandi. Shu bilan birga, ma’lum bir shaxsga tegishli kapitalning maqsadli ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli faoliyat biznes deb ataladi.
Biznesmen o‘zining faoliyatida yollanma ishchilar va xizmatchilarning mehnatidan foydalanadi. Mustahkam va kuchli biznesga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik xususiyatiga va biznes bilan bog‘liq bo‘lgan predmet haqida chuqur bilimga ega bo‘lish kerak. Biznesmen tovarni kim uchun va nima uchun ishlab chiqarayotganini, kimga va qanday sotishni, sotishdan tushgan tushumni nimaga sarflashni aniq bilishi kerak.
Shunday qilib, biznes biror kishining iste’molchi uchun foydali bo‘lgan tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir.
Biznes tadbirkorning aniq faoliyatiga bog‘liq. Biznesmenlar o‘zining bilimi va qobiliyatiga tayanib, daromad keltiruvchi sohagagina investitsiya kiritishadi.
Tushunchalar_tahlili”_metodi.'>3-topshiriq: “Tushunchalar tahlili” metodi. Har bir Tushunchaning tahlilini toping. Quyidagilarning moslarini topib birlashtiring.
Tushunchalar
|
Tushunchalar tahlili
|
|
Tahlil qilmoq
|
Dalillar keltirish
|
|
|
|
|
Baholamoq
|
Murakkab mavzuni qismlarga bo’lgan holda
|
|
|
yetkazish
|
|
|
|
|
Tasvirlamoq
|
Mavzuni bo’limlarga bo’lish va har biri
|
|
|
to’g’risida batafsil to’xtalib o’tish
|
|
|
|
|
Muhokama qilmoq
|
Mavzuni qismlarga bo’lgan holda tahlil qilish
|
|
|
va aloqadorlikni ko’rsatib berish
|
|
|
|
|
Sinovdan o’tkazmoq
|
Taklif kiritish va uning ijrosini ta’minlash
|
|
|
|
|
Misol keltirmoq
|
Biror narsa haqida to’liq ma’lumot berish
|
|
|
|
|
Tafsilotlarni bermoq
|
Mavzuning qisqacha mazmunini yoritib berish
|
|
|
|
|
Taklif qilmoq
|
Mavzuning turli qirralarini hisobga olgan
|
|
|
holda uning kamchilik va ustunlik
|
|
|
tomonlarini tahlil qilish
|
|
|
|
|
Umumlashtirmoq
|
Mavzuning ahamiyati to’g’risida fikr yuritish
|
|
|
|
4-topshiriq. Quyidagi maqollardagi iqtisodiy so`zlarning ma`nosini va qo`llanishini tahlil qiling.
Qimmatda bir hikmat bor,
Arzonda bir illat bor.
Asl aynimas, oltin zanglamas.
Arpa bug`doy osh ekan, oltin kumush tosh ekan.
Oltin uzukka – olmos ko`z.
Axmoqqa salom berdim, besh tanga tavon berdim.
Saxiy xor bo`lmas, baxil bor bo`lmas.
Boshing ikki bo`lmaguncha,
Moling ikki bo`lmas.
Moling ko`p bo`lsa, maqtanma,
Boshing ko`p bo`lsa to`planma.
Boylik – boylik emas,
Birlik boylik.
Bir yil tut ekkan, yuz yil gavhar terar.
Kishining moli kishiga, sud qilmas.
Bozordan bir boy chiqmaydi,
Bir gadoy chiqmaydi.
Boy boyga (boqar), suv soyga oqar.
Boy bo`lsang sholg`om ye,
Kambag`al bo`lsang, palov ye.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Xolmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston»
2013, 250 b.
Husanov.N., Rasulova Z. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi va imlosi. T.: TMI, 2004.
Husanov.N., Husanova M., Xo`jaqulova R., Yusupov E. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. T.: “Fan va texnologiya markazi”, 2012. 152 b.
Stephen Bailey. Academic Writing. A Handbook for international student`s. London, 2015.
Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.
[14: 26-30-betlar]
12-mavzu. Matn tahlili va tahriri
Reja:
Tahrir va tahlil.
Tahrir va uning xususiyatlari.
Koʻchirish va tahrir. Matnni tahrir qilish.
Mavzuni tushunishdan uni rejalashtirishgacha.
Koʻchirmachilikka yoʻl qoʻymaslik.
Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Tahrir so‘zi arabcha bo‘lib, yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish ma’nolarini anglatadi.
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.
Tahrir usulida asosiy e’tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya’ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi.
Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.
Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol.
Mohirona amalga oshirilgan tuzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy uyg‘unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni
istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi. Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak.
Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‘rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar:
a) o‘qib tuzatish; b) qisqartirib tuzatish;
s) ishlov berib tuzatish; d) o‘zgartirib tuzatish.
Musahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog‘liq xatolardan holi qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi.
Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taxalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi.
Matnda qisqartirib tuzatishlarni amalga oshirishdan maqsad, avvalo, matn hajmini kichraytirish va shu yo‘l bilan uni maqbul o‘lchamga keltirish, qolaversa, ortiqchaliklardan holi qilishdir. Qisqartirib tuzatishining o‘qib tuzatishdan farqi shundaki, bunda matnga bevosita qo‘l uriladi. Shunga ko‘ra, muharrir matnning mazmuniy va sintaktik qurilishini hisobga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |