O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi


Ixtisoslikka oid matn tuzishda esa quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim



Download 0,84 Mb.
bet82/166
Sana03.08.2021
Hajmi0,84 Mb.
#137551
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   166
Bog'liq
O'zbek tilini sohada qo'llanishi UMK

Ixtisoslikka oid matn tuzishda esa quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
- matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;

- ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish;

- so‘z va terminlarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish;

- tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan termin, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;

- ixtisoslikka oid terminlarni boshqa tillardan o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;

-terminlarni o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularninng umuman ixtisoslikka oid so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlash hamda qo‘llash ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya nutq madaniyatining, kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.

-imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.

So‘z va termin tanlashda quyidagilarga e’tibor berish zarur:




  • so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;




  • tanlangan terminni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;




  • so‘zning, terminning tushunarli bo‘lishini hisobga olish;




  • terminning ma’no xususiyatiga asoslanib, uni maqsadga muvofiq tarzda tanlash;




  • baynalmilal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash;




  • terminni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;




  • so‘z va terminni matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.




  • Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Tahrir so‘zi arabcha bo‘lib, yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish ma’nolarini anglatadi.

Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.


Tahrir usulida asosiy e’tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya’ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi.

Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.



Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish