litsenziyalarni berilishini rasmiylashtirishga doir umumiy nizom ham
tasdiqlandi. Litsenziyalash usullarini sinovdan o’tkazib borish,
qonunchilik bazasini o’zgarishi va tahlil qilish va hal etishni talab
qiladigan muammolarni vujudga kelishi bilan 1998 yillar «O’zbekiston
respublikasida turizm faoliyati bilan shug’ullanish uchun ro’yxatdan
o’tish va litsenziya berish qoidasi» yangi tahriri kuchga kiritildi. Ushbu
qoida mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar yuridik
shaxs maqomiga ega bo’lgan va turizm sohasiga amaldagi
qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona,
birlashma va
tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish va ularga litsenziya berish tartibini
belgilab beradi. YAngi bosqichdan turizm sohasida faoliyat
ko’rsatadigan ishtirokchilariga talab kuchaytirildi. SHuningdek
litsenziyalarning bekor qilinishini (chaqirib olinishini) ko’zda tutuvchi
holatlar belgilandi. Turizm faoliyati bilan shug’ullanish uchun
litsenziya “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida
beriladi. Turizm faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya 5 yil
muddatga beriladi. Litsenziya berilganligi
uchun Respublikadagi eng
kam ish haqqining 25 barobari miqdorida litsenziya yig’imi to’lanadi.
Litsenziya
yig’imi
to’lovidan
kelib
tushadigan
mablag’lar
«O’zbekturizm» Milliy Kompaniyasi huzuridagi turizmni rivojlantirish
markazlashtirilgan fondiga yo’naltiriladi. 2004 yil holatiga ko’ra
«O’zbekturizm» milliy kompanisi tomonidan turizm sohasida faoliyat
yuritish huquqini beruvchi 450 dan ortiq litsenziya berilgan. Ayni
paytda korxona va tashkilotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligini buzuvchi turli xil sabablarga ko’ra 70 ga yaqin
korxonalar
litsenziyadan
mahrum
etilganlar.
Ko’pchilik
mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga solish
darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarning
turizm
amaliyotida
turoperatorlik
va
turagentlik
faoliyatni
litsenziyalashda litsenziya yig’imi miqdori,
tavakkalchiliklarni
sug’urtalash tizimi, ushbu sohada muayyan ma’lumotga ega bo’lishga
doir talablarda farqlanish mavjud. Ushbu faoliyat turlarining
belgilangan farqlari, maqsad va vazifalari, mijoz bilan o’zaro
hamkorlik qilish tartibidan kelib chiqqan holda ushbu korxonalarni
litsenziyalashga ham turlicha metodologik
yondashuv amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi tadbirkorlik
faoliyati tashkil topish va rivojlanishining dastlabki bosqichida
ko’pchilik kishilar bir vaqtning o’zida turoperator va turagent
faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan shug’ullana boshlashi
albatta maqsadga muvofiq emas edi. Hozirgi bosqichda ushbu faoliyat
sohasidagi tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda Butunjahon
Turistik Tashkilotining «Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro
tasniflash andozalari»ga muvofiq holda
ushbu sohadagi faoliyat
turlarini alohida ko’rsatgan holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy
etish zarurligi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: