O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Xalqaro turistik faoliyatning ro’yxatdan o’tish tartibi va



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
 
9.5. Xalqaro turistik faoliyatning ro’yxatdan o’tish tartibi va 
shartlari
 
Ruxsatnoma uch yillik muddatga beriladi, lekii ariza beruvchining 
hohishiga qarab kamroq muddatga ham berilishi mumkin.
Ruxsatnoma amal qilish muddatining uzaytirilishi uni olish tartibi, 
singari amalga oshriladi.
Ruxsatnomani boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish man 
etiladi.
Mabodo agar faoliyatning ruxsat etilgan turi bo’yicha ruxsatnoma 
olgan shaxsga uni turli alohida-alohida xududiy ob’ektlarda ishlatishga 
to’g’ri kelib qolsa, u holda bu shaxsga ruxsatnoma bilan bir vaqtda uning 
har bir obektining joylashuvi ko’rsatilgan va tasdiqdan o’tgan nusxalari 
ham beriladi.
YUridik shaxsning yo’q qilinishi yoki jismoniy shaxsning 
tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma 


amal qilishining tugash hollarida unga berilgan ruxsatnoma o’z yuridik 
kuchini yo’qotadi va litsenzion faoliyat ko’rsatishga vakolati organga 
qaytarilishi shart.
Qayta tashkil qilinganda, yuridik shaxsning nomi, yuridik 
manzilgohi, jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari yoki turar joyi, 
uzgarganda hamda ruxsatnoma amali tugaganda, ruxsatnoma olgan shaxs 
15 kunlik muhlat ichida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va arizasini 
berishi shart.
Ruxsatnomaning qayta rasmiylashtirilishi uni olish tartibi singari 
amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma xalqaro turistik faoliyatini linenziyalashga vakolat bor 
organ boshqaruvchisi (u yo’q bo’lgan paytlarda uning o’rinbosari) 
tomonidan yo’l qo’yiladi va shu organ muhri bilan tasdiqlanadi.
Xalqaro turistik faolitini litsenziyalashga vakolati bor organ 
quyidagi hollarda ruxsatnoma amalini vaqtincha to’xtatib turishi yoki 
tamomila yo’q qilishi mumkin;
*ruxsatnoma olgan shaxs shu ma’nodagi arizani taqdim etganda; 
*ruxsatnoma olishi uchun taqdim etilgan xujjatlarda noto’g’ri 
ma’lumotlar topilganda;
*ruxsatnoma olgan shaxs davlat organlari buyruklariga amal 
kilmaganda yoki yuridik shaxs faoliyatini to’xtatganda hamda jismoniy 
shaxs, harakatdagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsni shakllantirib 
turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ulanganda; 
*ruxsatnoma olgan shaxs chet el turistilarining kirishi va yashab 
turishini nazorat qiluvchi qonunchiligini, bojxona qoidalarini, tabiatni, 
tarixiy va madaniy obidalarni muhofaza qilish qoidalarini hamda 
iste’molchilar himoya huquqlarini buzganda;
*ruxsatanoma olgan shaxs ruxsatnoma harakat shartlarini buzganda 
ruxsatnoma amalining shartlari quyidagilardir:
*har bir turist chet el davlatiga kirish va yashab turish, turistik 
sayoxat davomidagi xulk-atvor xususiyatlari hamda mahalliy an’ana va 
urf-odatlarini hurmat qilish, madaniy meros 
va atrof-muhitga 
extiyotkorlik bilan karash va aniq bir mamlakatning shaxs yoki ijaraga 
olinuvchi mos asbob uskuna bilan jihozlangan xizmatdagi uy-joyiga ega 
bo’lishi shart; 

ishchilar orasida turizm sohasida maxsus ma’lumotga yoki 
turizm sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo’lgan 
kamida bitta ishchi bo’lishi shart; 

turistik xizmatni mijoz bilan xizmatlar oldi-sotdi shartnomasini 
tuzgandan keyingina amalga oshirilishi shart; 

ruxsotnoma olgan shaxsning ish tuzumi, yuridik manzilgohi, 
ruxsatnomaga ega bo’lgani, sertifikatsiyadan o’tish kerak 


bo’lgan xizmatlarning sertifikatlariga ega bo’lgani, turistik 
faoliyatning aniq yo’nalishlarini olib borishga javobgar bo’lgan 
mansabdorlar shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi 
to’g’risidagi ma’lumotlar mijozga to’la-to’kis ravishda taqdim 
etilishi shart. 
Litsenzion faoliyat ko’rsatishga vakolati bor olgan ruxsatnomani 
yo’q qilish yoki amalini to’xtatib turish qaroriga kelgandan so’ng 
ruxsatnoma olgan shaxsga va davlat soliq xizmati organlariga 3 kunlik 
muhlat ichida xabar yetkazilishi shart. 
Ruxsatnoma amalini to’xtatib turishga olib kelgan vaziyat o’zgarib 
ketganda ruxsatnoma qaytadan tiklanishi mumkin.
Ruxsatnoma qayta tiklangan deb xisoblanadi, agar xalqaro turistik 
faoliyatini litsenziyalashga vakolati bor organ mos qarorga kelgan bo’lsa. 
Bu qaror qabul qilingankundan 3 kunlik muhlat ichida ruxsatnoma olgan 
shaxsga yetkazilishi shart.
Ruxsatnoma olgan shaxsning ruxsatnoma shartlariga rioya qilishi 
xalqaro turistik faoliyatini litsenziyalashga vakolati bor organ tomonidan 
nazorat qilinadi. 
Ruxsatnoma olgan shaxs aytilgan organga nazorat uchun zarur 
xujjat va ma’lumolarni taqdim etishi shart. 
Xalqaro turistik faoliyatini litsenziyalashga vakolati bor organ 
tomonidan qabul qilingan qarorlar va harakatlar belgilangan tartibda sud 
organlarida shikoyat qilinishi mumkin. nazorat qilinadi. 
Xalqaro turistik faoliyatini litsenziyalashga vakolati bor organning 
boshqaruvchi va mansabdor shaxslari tomonidan buzishlar yoki nojo’ya
harakatlar sodir etilgan bo’lsa, ular harakatdagi qonunchilikka muvofiq 
ravishda javobgarlikka tortiladi. 
Bunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga man etiladi. 
Ruxsatnomalar bo’yicha bo’lgan xarajatlar “Moddiy aktivlar” xisobida 
aks ettiriladi. Ularning vaqt o’tishi bilan kadr to’tish (amortizatsiya) 
xarajatlari maxsulot (ish xizmat) tannarxiga qo’shiladi. 
Xulosa 
Hozirgi kunda Respublikamizda jami 700 dan ortiq xususiy turistik 
firmalar mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi kichik va o’rta biznes 
sub’ektlariga 
tegishlidir. 
Ma’lumki, 
Respublikamizda 
turizmni 
rivojlantirish 
kontseptsiyasiga 
muvofiq 
«O’zbekturizm» 
milliy 
kompaniyasi mamlakatimiz turizm sohasidagi xususiy mulkchilik 
munosabatlarini qaror toptirish va rivojlantirish bo’yicha bosh tashkilot 
hisoblanadi. SHu tufayli jami turistik firmalardagi ish jarayoni milliy 
kompaniya tomonidan nazorat qilib boriladi. Xulosa qilib aytadigan 
bo’lsak, xususiy turistik korxonalarning mamlakatimiz milliy 


iqtisodiyotiiga ko’rsatayotgan ijobiy ta’siriga halaqit beruvchi talaygina 
muammolar mavjud bo’lib, ular bevosita hukumatimiz tomonidan asta-
sekinlik bilan bartaraf etib borilmoqda. 
Turistik firmalar faoliyatini zaruriy sharti undagi litsenziyaning 
mavjudligidir. Respublikamizda Turizmni litsenziyalash bir necha 
yillardan beri amalga oshirilib kelinmoqda. Turizm bilan shug’ullanish 
uchun Litsenziya faqat «O’zbekturizm» M.K. va Vazirlar Mahkamasi 
xuzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Litsenziya berilganligi 
uchun eng kam ish xaqining 25 barobari miqdorida yig’im to’lanadi. 
Yig’im «O’zbekturizm» M.K. xuzuridagi turizmni rivojlantirish fondga 
yo’naltirilgan. Hozirda ko’pchilik litsenziyasi bor kishilar bir vaqtning 
o’zida turoperatorlik va turistik faoliyat bilan shug’ullanishlari maqsadga 
muvofiq emas. SHuning uchun jamoat tashkilotlaridan turizm sohasidagi 
faoliyat turlarini xalqaro tasniflash andozalariga muvofiq holda umumiy 
litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish