O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti III- kurs 2-oliy ta’lim sirtqi 221-guruh talabasi badalov Orifning Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan



Download 30,38 Kb.
bet1/2
Sana19.02.2023
Hajmi30,38 Kb.
#912764
  1   2
Bog'liq
Badalov Orif 221-guruh Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
III- KURS 2-OLIY TA’LIM SIRTQI 221-GURUH TALABASI
Badalov Orifning
Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHi
Mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishqonuniyatlari va tamoyillari
.

Tayyorladi: Badalov Orif


Qabul qildi: Norqobilov N

Termiz-2023


Mavzu: ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI JOYLASHTIRISH QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI

REJA:


  1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda tabiiy sharoit va resurslarning ahamiyati

  2. Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirishning ahamiyati

  3. Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirish tamoyillari va omillari

  4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining joylashtirishni xususiyatlari

Ishlab chiqarish kuchlari ishlab chiqarish vоsitalari (asbоb-uskunalar, xоm-ashyo va h.k.) sanоat va qishlоq xo’jaligi hamda mehnat resurslarini o’z ichiga оladi. Оdatda, ishlab chiqarish asоsan sanоat, qishlоq xo’jaligi, transpоrt kabi makrоiqtisоdiy sоhalardan tashkil tоpadi. Ammо ularning barchasini harakatga keltiruvchi ishchi kuchi, ya’ni insоn hisоblanadi. Binоbarin, ahоli ijtimоiy ishlab chiqarishdek murakkab jarayonning markazidan o’rin оladi. Buni biz demоtsentrik prinsip deb yuritishimiz mumkin.

Shu bilan birga ta’kidlash jоizki, umuman ahоli ishchi kuchi emas va u faqat iqtisоdiy tushuncha sanalmaydi. Afsuski, ilgari ahоli asоsan bоsh ishlab chiqaruvchi kuch sifatida bahоlanardi. Vahоlanki, bizning sharоitimizda, hоzirgi demоgrafik vaziyatda faqat 48-50 fоiz ahоli mehnatga layoqatli yoshlardir, xоlоs.

Ijtimоiy ishlab chiqarish tizimi eng avvalо uch tarkibiy qismdan ibоrat. Bu ham bo’lsa, bevоsita ishlab chiqarish, taqsimоt va iste’mоldir. Bularning barchasi, albatta, ishchi kuchisiz bo’lmaydi. Ayni paytda ishlab chiqarilgan mahsulоt bilan uni iste’mоl qilish o’rtasidagi alоqadоrlikni amalga оshirishda transpоrtning ahamiyati katta. Shu sababli uni ijtimоiy ishlab chiqarish jarayonining «qоn tоmiri» yoki harakatga keltiruvchi оmili darajasida qarash to’g’rirоq bo’ladi.

Demak, ishlab chiqarish kuchlari keng va murakkab iqtisоdiy tushuncha, uning tarkibi ishlab chiqarishning оb’ekti bilan sub’ekti, ya’ni ishchi kuchidan tashkil tоpadi. Ahоliining ishtirоki qisman, mehnat resursi dоirasida kuzatiladi. Umuman ahоli esa, u ijtimоiy-iqtisоdiy tushuncha hisоblanib, ishlab chiqarish jarayonining qоq o’rtasidan jоy оladi. Sababi- ahоli (mehnat resurslari) mоddiy va mahnaviy bоyliklarning yaratuvchisi va ayni paytda ularning iste’mоlchisi hamdir. Birоq, ishlab chiqaruvchilar оzrоq, iste’mоl qiluvchilar esa barcha ahоlidan (uning yosh va jinsidan qat’iy nazar) ibоrat.
Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg’unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi.
Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko’maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo’jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o’tkazishda birga harakat qilishini yo’lga qo’yish, shuningdek muhim xalq xo’jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta‘kidlash kerak.

Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar yechimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog’liqdir.

Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o’zaro bog’langan hamda shartlangan holda kechuvchi ob‘ektiv jarayon bo’lib, ko’p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi.

Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi mehnat hududiy taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish muayyan iqtisodiy sharoitlar hamda avvalo ishlab chiqarish usuliga bog’liq turli xil qonunlar bilan boshqariladigan yagona jarayon tarzida namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o’z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro’yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish printsiplarining nazariy asosi xizmatini o’taydilar.

Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi printsiplar bilan belgilanadi:

1. Ishlab chiqarishni barcha respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati, tabiiy hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish;

2. Barcha respublika va xalqlarning tengligi hamda o’zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o’rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish:

3. Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda maxsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish:

4. Respublika va iqtisodiy rayonlar xo’jaligini sanoat hamda qishloq xo’jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo’lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish;

5. Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish;

6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o’rtasida ham ular ichida ham xalq xo’jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy jihatdan eng oqilona tashkil etish;

7. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish;

8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish;


9. Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni oqilonalashtirish muammosining qo’yilishi umumiy qonuniyatlar va printsiplarni ta‘riflash bilan birga joylashtirishni belgilab beruvchi eng muhim omillar hamda shart-sharoitlarni ajratishni ham ko’zda tutadi.

Eng muhim o’ziga xos omillarga tabiiy sharoitlar, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnika darajasi va fan-texnika taraqqiyotining sur‘atlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari, energatika va transport sharoitlari, infratuzilma hamda aglomeratsiya kiradi.

EHM dan foydalanish bilan bog’liq hozirgi mintaqaviy tadqiqotlar omillarning juda keng doirasini tahlil sohasiga kiritish imkonini beradi. Chunonchi, Amerikaning «Jeneral elektrik» kompaniyasi joylashtirish joylarini aniqlashda quyidagi 3 ta guruhga birlashtirilgan 187 ta omil hisobini olib boradi.




Download 30,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish