O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet53/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Faktoring funktsiyalari

Jo‘natilgan tovar uchun mol etkazib beruvchiga oldindan pul berish

To‘lovni undirish




Xaridorni to‘lovga qobilligini o‘rganish

Statistik hisobotni amalga oshirish




Tovar to‘lovi uchun mol etkazib beruvchiga kafolat

To‘lovga talabni inkassatsiya qilish



Kredit riskini Debitorlarni boshqarib To‘lovga talabni sotib mavjudliligi turish olish

1-rasm. Faktoring funktsiyalari.87


Faktoring operatsiyasining asosiy maqsadi mijozlarning qarzdorligini o‘z vaqtida inkasso qilish, to‘lovlarni o‘z muddatida undirish, shubhali qarzdorliklarni paydo bo‘lishini oldini olish, mijozlarning likvidligini oshirish va ularning moliyaviy risklarini pasaytirishdan iboratdir.
Faktoring asosida bank (faktor firma) tomonidan mijozning jo‘natilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-varaqlarini (talabnomalarini) asosiy qismi (70 foizdan-90 foizgacha)
―kesh‖ usulida (tezda 2-3 kun ichida) sotib olinadi va qolgan qismi (kredit uchun foizini chegirib





86 ―Factoring; What It Is and How to Choose a Service‖ by Shannon G. ―Business News Daily‖ April 2016
87Черкасов В.Э.Банковское операции: Финансовый анализ. М.: ФИС, 2010 г. – С. 127.
tashlangan holda) debitorlardan tushum kelib tushmasligidan qat‘iy nazar belgilangan muddatda to‘lab beriladi. Shuni uchun xalqaro bank amaliyotida ta‘minot sotuvchi kreditlash, deb ham ataladi.
Faktoring uchun to‘lov va komission xizmatlar uchun to‘lov mahsulot etkazib beruvchi va faktor firmasi (bank) o‘rtasidagi tuziladigan shartnomada ko‘zda tutiladi.
Faktoring operatsiyalarida doim 3 tomon ishtirok etadi: faktor- vositachi (tijorat banki yoki faktor kompaniyasi); mol etkazib beruvchi; qarzdor (mahsulotlarni sotib oluvchi).
Faktoringning asosiy tamoyili shundaki, faktoring operatsiyasini amalga oshirayotgan bank (faktor firma) o‘z mijozlaridan ularning etkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, amalga oshirilgan ishlar uchun boshqa korxonalarga bo‘lgan talablarini sotib oladi va shu orqali bu talablar uchun to‘lovlarni olishi huquqini oladi.
Taniqli iqtisodchi olim O.I.Lavrushin tahriri ostida chop etilgan «Pul, kredit, banklar» darsligida banklarning faktoring operatsiyalari uchun asos bo‘lib, bank tomonidan mol etkazib beruvchi tomonidan jo‘natilgan tovarlarning hujjatlarini sotib olinishi va debitordan to‘lov summasini undirish huquqini bankka berilishi hisoblanadi88. Ammo ushbu talqinda tovar hujjatlarini regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz sotib olinishi o‘z ifodasini topmagan.
Mazkur manbada faktoring operatsiyalariga xos bo‘lgan quyidagi afzalliklar e‘tirof etilgan:

  • mol etkazib beruvchiga to‘lovni olishni tezlashtiradi;

  • to‘lovni kafolatlaydi;

  • hisob - fakturalar hisobi bo‘yicha xarajatlarni kamaytiradi;

  • sotib oluvchida moliyaviy qiyinchilik yuzaga kelgan sharoitda mol etkazib beruvchilarga to‘lovlarni o‘z vaqtida olinishini ta‘minlaydi;

  • mol etkazib beruvchining moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.

Faktoring operatsiyalarining samaradorligi quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

  1. Tijorat banklari va faktor kompaniyalarining faktoring operatsiyalaridan oladigan daromadlarining barqarorligi.

Faktoring operatsiyalaridan olinadigan daromadlarning barqarorligini aniqlashda uning darajasini oldingi davrlarga nisbatan barqaror sur‘atlarda o‘sish yoki o‘zgarmasdan barqaror darajada qolishi hisobga olinadi. Bunda iqtisodiy tahlilning qiyosiy va trendli tahlil usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, tijorat banklarida faktoring operatsiyalarining daromadliligini aniqlashda ushbu daromadlar bankning kredit operatsiyalaridan olingan daromadlarining jami summasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytirilib, faktoring kreditlarining daromadlilik darajasi aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichning barqarorligini baholash uchun quyidagi tartibda qiyosiy tahlil usulidan foydalaniladi:

  • ko‘rsatkichni boshqa banklarning shu ko‘rsatkichi bilan taqqoslash;

  • ushbu ko‘rsatkichning joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi.

Faktoring operatsiyalarining samaradorligini aniqlashda iqtisodiy tahlilning trendli tahlil usuli ham muhim o‘rin tutadi. Chunki, trendli tahlil usuli orqali faktoring operatsiyalaridan olingan daromadlarni o‘zgarish tendentsiyasi aniqlanadi.

  1. Faktoring operatsiyalari orqali xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning debitor qarzdorligini pul mablag‘lariga aylanish darajasini oshishi.

Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning debitor qarzdorligini pulga aylanish darajasini tavsivlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, debitor qarzdorlikni aylanish koeffitsienti hisoblanadi. Ana shu koeffitsientning darajasiga faktoring kreditlarining ta‘siri ushbu kreditlarning samaradorligini baholash imkonini beradi.

  1. Faktoring kreditlarining o‘sish sur‘ati bilan ulardan olingan daromadlarning o‘sish sur‘ati o‘rtasidagi mutanosiblik.

Agar faktoring kreditlaridan olingan daromad summasining o‘sish sur‘ati faktoring kreditlari summasining o‘sish sur‘atidan yuqori bo‘lsa yoki teng bo‘lsa, u holda, faktoring operatsiyasi samaradorligini talab darajasida, deb hisoblash mumkin.



88 Деньги, кредит, банки. Учебник. Под ред. Проф. Лаврушина О.И. – М.: КНОРУС, 2009:
- С.452.
Xalqaro bank amaliyotida faktoring operatsiyalarining quyidagi shakllaridan foydalaniladi:

  1. Ichki faktoring.

Bunda faktoring shartnomasidagi barcha ishtirokchilar bitta davlatda joylashgan bo‘ladi.

  1. Xalqaro faktoring.

Bunda faktoring operatsiyalari xalqaro miqyosda amalga oshiriladi.

  1. «Ochiq» faktoring.

Ochiq faktoring operatsiyasida sotuvchi (mol etkazib beruvchi) talabni bankka sotilganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotni sotib oluvchiga (xaridor) etkazishga majbur. Bu tizimda faktoring firma (bank) mijozni to‘lov summasini to‘liq olishiga kafolat beradi. Bunda ham u to‘lov summasining 80 foizini to‘lab beradi. Agar sotuvchi ma‘lum sabablarga ko‘ra yuborilgan mahsulot uchun tushumni ololmagan taqdirda ham faktoring firma (bank) ma‘lum muddat o‘tishi bilan sotuvchiga to‘lov summasini to‘liq to‘lab beradi. Lekin bunday holatda sotuvchi uchun komission to‘lov stavkasi biroz ko‘tariladi. Hozirgi vaqtda xalqaro faktoring amaliyotida faktoring uchun komission haq o‘rtacha 0,7-1,5 foizni tashkil etmoqda.

  1. «Yopiq» (konfedentsial) faktoring.

Faktoringning ushbu shaklida korxona faktoring firmasi (bank) bilan faktoring shartnomasini tuzadi va u faktoring firmasini (bank) tuzilgan bitimlar bo‘yicha doimiy ravishda xabardor qilib boradi. Ammo, korxona o‘z hamkorini (sotib oluvchini) tuzilgan faktor shartnomasidan xabardor qilmaydi.
Faktoring firma (bank) o‘z mijoziga faktoring shartnomasidagi to‘lov summasining 80 foizini darhol to‘lab beradi. Sotuvchi (mol etkazib beruvchi) o‘z hamkoridan to‘lov summasini ololmay qolgan taqdirda, sotuvchining xaridordan talabi faktoring-firma (bank) zimmasiga o‘tadi.
Hozirgi vaqtda xalqaro faktoring amaliyotida «yopiq» (konfedentsial) faktoring uchun shartnomadagi to‘lov summasining o‘rtacha 05-1,0 foizini tashkil etmoqda.

  1. Regress huquqi bilan, ya‘ni sotuvchidan (mahsulot etkazib beruvchi) to‘langan summani qaytarib olish huquqi bilan yoki regress huquqisiz faktoring.

Regress huquqi asosida tuzilgan faktoring shartnomasiga asosan, to‘lovchi to‘lovga layoqatsiz bo‘lib qolsa, faktor firma yoki bank to‘lovni mol etkazib beruvchidan undirish huquqiga ega bo‘ladi.
Regress huquqisiz faktoringda sotib oluvchining to‘lovga layoqatsizliligi tufayli to‘lov undirilmasa, u holda, faktor kompaniyasi yoki bank to‘lov riskini to‘liq o‘z zimmasiga oladi, ya‘ni ular mol etkazib beruvchiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmaydi. Shu sababli, ushbu faktoringda faktor kompaniyasi yoki bankdan sotib oluvchining to‘lovga qobillgini chuqur tahlil etish talab etiladi.

  1. Faktor firma (bank) tomonidan sotuvchini (mol etkazib beruvchini) oldindan to‘lov shaklidagi kreditlash (sotilayotgan qarz majburiyatlari summasini 80 foizigacha) yoki to‘lov talabnomalarini aniq muddatda to‘lab berish.

Mazkur faktoring operatsiyasining asosiy tamoyili shundaki, shartnomadagi qarz talabnomalari summasining qat‘iy belgilangan foizi belgilanadi. Bunga asosan sotuvchi (mol etkazib beruvchi) avtomatik ravishda o‘z moliyaviy resurslarini hajmini oshirishga erishadi. Agarda faktoring shartnomasida oldindan to‘lov shaklidagi kreditlash emas, balki to‘lov talabnomalarini aniq muddatda to‘lab berish sharti ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda, faktor firma (bank) tomonidan sotuvchiga (mol etkazib beruvchiga) ma‘lum aniq muddatda yoki aniq ma‘lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lov o‘tkazib beriladi.
Xalqaro bank amaliyotida faktoring xizmatlarining bahosi ikki elementdan tashkil topadi: foizlar va komission to‘lovlar. Komission to‘lov stavkasi tovar hujjatlari summasiga nisbatan o‘rnatiladi va, odatda, 1,5- 2,5 foizni tashkil etadi. Faktoringda tijorat banki tovarlar summasining 80-90 foizini birdan to‘lab beradi. Qolgan 10-20 foizi debitor tomonidan qarz summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng to‘lab beriladi.
Faktoring xizmatlarining bahosi 2 elementga bog‘liq:

  1. Xizmat ko‘rsatish uchun haq.

U o‘rtacha hisob-faktura narxining 0,5-3,0%ini tashkil qiladi, ammo ba‘zilari 5 foizgacha ham boradi.

  1. Berilgan kredit mablag‘lari uchun haq.

Uning miqdori mijozning faktoring bo‘limidan pul olishdan hamda to‘lovchidan pul kelib tushishigacha bo‘lgan vaqt ichidagi kundalik debetli saldosi miqdoriga qarab belgilanadi.

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish