O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Davlat ehtiyojlari uchun paxta va g’allani etishtirishni imtiyozli kreditlash



Download 2,42 Mb.
bet50/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Davlat ehtiyojlari uchun paxta va g’allani etishtirishni imtiyozli kreditlash.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 7 noyabrdagi «Davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni mablag‘ bilan ta‘minlash mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 383-sonli qaroriga asosan davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va g‘alla etishtirayotgan fermer xo‘jaliklariga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun tijorat banklari orqali to‘g‘ridan–to‘g‘ri imtiyozli kreditlash tizimi respublika viloyatlari bo‘yicha 2003-2005 yillarda bosqichma-bosqich joriy etildi va 2005 yil hosilidan boshlab barcha viloyatlardagi fermer xo‘jaliklariga paxta va g‘alla etishtirish uchun imtiyozli kreditlar berila boshlandi. Bu fermer xo‘jaliklarini mablag‘ bilan ta‘minlashning bozor tamoyillariga mos keladigan usullariga o‘tishda muhim qadam bo‘ldi.
Adliya vazirligidan 2011 yil 7 aprelda va 2015 yil fevralda 1675-1 va 1675/2 -son bilan ruyxatdan o‘tgan ―Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida‖gi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan paxta va g‘alla etishtirishga imtiyozli kreditlar ushbu mahsulotlar uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomasidagi mahsulot qiymatining 60 foizi miqdorida beriladi. Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi harid narxlar asos qilib olinadi. Kreditlar paxta etishtirish uchun ko‘pi bilan 18 oy, g‘alla etishtirish uchun esa 12 oy muddatga beriladi. Kreditlarning yillik foiz stavkasi 3 foizni tashkil etadi.
G‘alla uchun ushbu miqdorlar quyidagicha taqsimlanadi: 1 yanvarga qadar mahsulot qiymatiga nisbatan 35% (yoki jami kreditning 58 foizi); 1 aprelga qadar mahsulot qiymatiga nisbatan 50% (yoki jami kreditning 83 foizi); 1 iyunga qadar mahsulot qiymatiga nisbatan 60% (yoki jami kreditning 100 foizi)82.
Kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun beriladi: ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash uchun; mineral o‘g‘it va o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini sotib olish uchun; yoqilg‘i-moylash materiallari sotib olish uchun; MTPlar, muqobil MTPlar va SFUlar hizmatlariga to‘lovlar uchun; olingan urug‘lik materiallari to‘lovlari uchun; fermer xo‘jaligi ixtiyoridagi texnika vositalariga ehtiyot qismlar sotib olish uchun; lizingga olingan texnika vositalarining lizing va sug‘urta to‘lovlari uchun; foydalanilgan elektr energiyasi to‘lovlari uchun; yagona er solig‘i to‘lovlariga.
Mazkur hujjatning amaliyotga joriy qilinishi bilan fermer xo‘jaliklarida tanlash imkoniyati vujudga keldi. Endilikda fermer davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etishtirishda hohlasa Moliya vazirligi qoshidagi Davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining



82 2011 yil 7 aprelda va 2015 yil fevralda 1675-1 va 1675/2 -son bilan ruyxatdan o’tgan ―Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’g’risida‖gi nizomga asosan tayyorlandi.
hisob-kitob jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olish, hohlasa davlat ehtiyojlari uchun etishtirilayotgan hosilni garovga qo‘yib tijorat bankidan kredit olish yoki har ikkala manbadan bir vaqtning o‘zida kredit olish imkoniga ega bo‘ldi.
Nizomga asosan kreditlar faqat davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga 1,5 yilgacha bo‘lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Beriladigan kredit uchun yillik foizlar bank bilan fermer o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibini joriy qilinishi fermer xo‘jaliklarini kreditlash sharoitini yaxshilash uchun qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biridir. Albatta bu tartib kelgusida takomillashtirilib borilishi lozim.
Bugungi kunda fermer va dehqon xo‘jaliklariga banklarning o‘z resurslari hisobidan 2 turdagi ya‘ni tijorat va imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Fermer va dehqon xo‘jaliklariga ajratilayotgan kreditlar yo‘naltirilishi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
-kichik sanoat bo‘linmalari va kasanachilikni tashkil etish va rivojlantirish;
-qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish;
-fermer xo‘jaliklarida asosiy va takroriy ekinlar mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish;
-noqishloq va qo‘shimcha daromad keltiradigan soha sifatida transport, hizmat ko‘rsatish, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, moddiy-texnik ta‘minoti va sotish, maishiy kommunal hizmat va shunga o‘xshash boshqa tarmoqlarni rivojlantirish.
Qishloq xo‘jalik korxonalariga banklar tomonidan ajratilayotgan tijorat kreditlari asosan qisqa muddatli (1-3 yil), ustama foizlari 16 foizdan 32 foizgacha bo‘lib, garov miqdori kredit summasining 120 foizini tashkil etadi.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish