O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan


Exinokokk  (Echinococcus  granulosus)



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

Exinokokk  (Echinococcus  granulosus).  Exinokokk 
tasmasimon ichida eng kichigi bo’Isada, ammo odam va turli
110
www.ziyouz.com kutubxonasi


-  tuman  hayvonlar  uchun  eng  xavfli  parazit  hisoblanadi. 
Exinokkokning uzunligi 2-6 mm bo’lib, tanasi skoleks va 3-4 
ta proglottidlardan iborat(38-rasm).
38-rasm. Exinokokk-Echicoccus granulosus. I - voyaga etgan 
exinokokk, II - exinokokk pufagining tuzilishi 
1-bosh;  2-germofrodit  jinsiy  bo’g’in;  3-ko’p  sonli  tuxumlar  bilan  to'lgan 
bachadonli  uchinchi  bo'g'in;  4-pufakning  kutikulyar  qavati;  5-germinativ 
qavat;  6-9-rivojlanishning  har  xil  bosqichlaridan  ichki  qiz  pufakchalar; 
10-pufak  ichidagi  skoleks;  11-14-rivojlanishning  har  xil  bosqichlaridagi 
tashqi pufaklar;  15-ikkilamchi pufaklar.
Skoleksda  4  ta  so’rg’ichi  va  qator  joylashgan  xitinli 
ilmoqchalar  joylashgan.  Oxirgi  xo’jayini-it,  bo’ri,  tulkilar, 
mushuk  va  boshqa  yirtqich  hayvonlardir.  Odam,  qo’y  va 
echkilar,  qoramol,  tuya  va  cho’chqalar,  kemiruvchilar  va 
shunga  o’xshash  sutemizuvchilarning  60  dan  ortiq  turlari 
exinokokk uchun oraliq xo’jayin hisoblanadi.  Exinokokkning 
yetilgan  proglottidlari  oxirgi  xo'jayin  axlatlari  bilan 
tashqariga  chiqadi.  Bu  tuxumlar  yem-xashak  va  suv  bilan 
hayvonlarga  yuqadi.  Odamlar  exinokokk  bilan  zararlangan 
itlami  silash vaqtida junlariga yopishgan tuxumlarini qo’llar,
i i i
www.ziyouz.com kutubxonasi


mevalar,  sabzavotlar va suv orqali  yuqtiradi.  Oraliq xo’jayin 
(odam  va  hayvonlar)  oshqozon-ichak  sistemasiga  tushgan 
tuxumning po’sti erib ketadi va tuxumdan chiqqan onkosfera 
lichinkasi  ichak  devori  orqali  qonga  o’tib,  ko’pincha jigar, 
o’pka,  buyrak  kabi  organlarda  exinokokk  pufagini  hosil 
qiladi.  Exinokokkning  pufagi  murakkab  tuzilishga  ega. 
Uning  ichida  kurtaklanish  yo’li  bilan  hosil  bo’lgan  birinchi 
va  ikkinchi  tartibli  pufakchalari  bo’ladi.  Har  bir  shunday 
pufakda  bir  necha  skoleks  rivojlanadi.  Ba'zan  pufaklar  soni 
oshib,  qoramollarda  og’irligi  65  kg.gacha  bo’lgan  pufaklar 
hosil bo’lgan.
Oxirgi  xo’jayin!ar-it,  bo’ri,  tulki  va  boshqa  yirtqich 
hayvonlar  exinokokk  pufaklari  bilan  zararlangan  organlarni 
iste'mol  qilishi  natijasida  ularning  ingichka  ichaklarida 
pufaklardagi  skoleksli  lichinkalardan  jinsiy  voyaga  yetgan 
exinokokk hosil bo’ladi.
Qo’y  miya  solityori  (Multiceps  multiceps).  Multiseps 
yoki  senur  0,8-lmetr  uzunlikdagi  tasmasimon  chuvalchang 
bo’lib,  oxirgi  xo’jayini  it,  bo’ri,  tulki  va  boshqa  yirtqich 
go’shtxo’r  hayvonlar  hisoblanadi.  Oraliq  xo’jayini  esa 
qo’yIar,  ba'zan  echkilar,  qoramol,  tuya  va  bug’ular,  ayrim 
vaqtlarda odam ham bo'lishi mumkin.
Parazitning  tuxumlarga  to’la  yetilgan  proglotidlari 
xo’jayin axlati bilan tashqi muhitga chiqadi va yorilib undagi 
tuxumlar atrofga tarqaladi.  Tuxumlar o’t,  suv bilan qo’ylarga 
o’tib, ulaming ichagida onkosfera rivojlanadi va ichak devori 
orqali qonga o’tadi.  Qon oqimi bilan ko’pincha bosh va orqa 
miyaga  o’rnashib,  rivojalanishini  davom  ettiradi.  Miyada 
senur  pufagi  hosil  bo’lib,  unda 2-3  sm.li  skolekslar yetiladi. 
It,  bo’ri  va  tulkilar  parazit  bilan  zararlangan  hayvonlarning 
bosh  va  orqa  miyasida  mavjud  boMgan  pufaklarni  iste'mol 
qilishi  natijasida  zararlanadi.  Ularning  ichagida  41-73 
kundan keyin jinsiy voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang 
hosil bo’ladi.
Monieziya  (Moniezia  expansa).  Ular  asosan  kavsh
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


qaytaruvchi  hayvonlar  (qo’y,  echki,  qoramol,  bug’u  va 
boshqalar)ning 
ingichka  ichaklarida  parazitlik  qiladi. 
Strobilasining  uzunligi 
1-5  metr.ga  teng.  Moneiziya 
biogelmint  bo’lib,  rivojlanishida  ikkita  xo’jayin  ishtirok 
etadi.  Har  xil  kavsh  qaytaruvchi  hayvonlar  oxirgi  xo'jayin, 
oribatid  deb  nomlanuvchi  mayda  tuproq  kanalari  esa oraliq 
xo’jayin hisoblanadi.
Monieziyaning  yetilgan  proglottidlari  asosiy  xo’jayin 
tezagi  bilan  tashqi  muhitga  chiqadi.  Ulardagi  onkosferali 
tuxumlar  oribatid  kanalar  tomonidan  yutib  yuboriladi. 
Oribatidlar  tanasida  onkosfera  sistitserkoidga  aylanadi. 
Kavsh  qaytaruvchi  hayvonlar zararlangan oribatid kanalarini 
o’t va  suv bilan yutib yuborishi natijasida parazitni  o'zlariga 
yuqtiradi.

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish