O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

33-rasm. Tasmasimon chuvalchanglar
1-cho’chqa 
tasmasimoni-Taenia 
solium; 
2-qoramol 
tasmasimoni- 
Taeniarhynchus  saginatus;  3-keng  tasmasimon-Diphyllobothrium  latum; 
yuqoridagi  qatorda-sestodlaming  bosh  qismi  (skoleks)Iari,  pastki  qatorda 
jinsiy voyaga etgan proglottidlari.
Boshchadan keyin bo’gMmlarga boMinmagan ingichka va 
kalta bo'yin boshlanadi.  Bo’yinning ko’ndalangiga boMinishi 
natijasida  birin-ketin  yangi  bo’g’imlar,  ya’ni  proglottidlar 
hosil  boMadi.  Tasmasimonlaming  ana  shunday  juda  ko’p 
bo’g’imlardan iborat tanasi zanjir, ya'ni strobila deb ataladi.
Proglottidlar  bo'yindan  orqaga  qarab  uzoqlashgan  sari 
shakli,  katta-kichikligi  hamda  fiziologik  xususiyatlari  ham 
o’zgarib  boradi.  Eng  yosh  proglottidlar  bo’yin  orqasida 
(balog'atga  yetmagan),  boMsa,  eng  qarilari  strobilaning 
oxirida,  kvadrat 
shaklidagi  balog’atga  yetganlari  esa 
tananing  o ’rtasida  joylashgan.  Strobila  oxirida  joylashgan 
bo’g’imlaming jinsiy  faoliyati  to’xtagan boMib,  faqat  tuxum 
bilan toMib turgan bachadondan iborat boMadi.
102
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoramol  solityori  ham  boshqa  barcha  tasmasimonlar  kabi 
germafrodit  hayvondir.  Jinsiy  organlar  sistemasi  morfologik 
tuzilishiga  ko’ra  trematodlarnikiga  o’xshash  bo'ladi,  biroq 
jinsiy  organlar  sistemasi  har  bir  proglottidda  takrorlanadi, 
ya'ni  strobilada  1000-1200  tagacha  proglotidlar  mavjud 
bo’lsa,  shuncha  sonda  erkak  va  urg’ochilik  jinsiy  organlari 
sistemasi  mavjuddir.  Qoramol  solityorining  germafrodit 
proglottidlarida  avvalo  erkaklik,  so’ngra  urg’ochilik  jinsiy 
a'zolari  yetiladi  (34-rasm).  Urug’donlar  soni  har  bir 
proglotidda  1000  ga  yaqin  bo’lib,  har  bir  urug’dondan 
ingichka  urug’  kanali  boshlanadi  va  oxirida  bitta  umumiy 
urug’  yo’li  orqali  tashqariga  ochiladi.  Urg'ochilik  jinsiy 
organlari  ancha  murakkab  tuzilgan  bo’lib,  ikki  bo’lakli  bitta 
tuxumdon,  tuxum  yo’li,  urug’  qabul  qiluvchi  xalta,  qin, 
sariqlik  bezi, melis tanachalari,  ootip va bachadondan iborat. 
Jinsiy  teshikchalar  proglottidning  yon  tomonidan  kloaka
34-rasm. Qoramol solityori 
strobilasidagi germofrodit 
bo’g’inining umumiy ko'rinishi
I-  bachadon; 2-urug’donlar;
3-ayirish 
sistemasining 
qorin 
tomonidagi  ichki  kanali;  4-tashqi 
tik  ayirish  kanali;  5-urug’  yo’li; 
6-sirrus  xaltasi;  7-jinsiy  kloaka; 
8-qin; 
9-tuxumdon; 
10-ayirish 
sistemasining  ko'ndalang  kanali;
II-  melis  bezi;  12-sariqlik  bezi;
13-ayirish  sistemasining  chiqarish 
teshigi;  14-urug’ kanalchalari.
orqali tashqariga ochiladi.
4  3 

t

m n 

»
 
»
Boshqa  tasmasimonlar  kabi  qoramol  solityorida  ham 
ovqat hazm qilish sistemasi to’lig’icha reduksiyalangan.  Ular 
ovqat moddasini  butun tana yuzasi orqali diffuz holda qabul 
qiladi.
103
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayiruv  sistemasi  protonefridiy  tipida  tuzilgan.  Butun  tana 
IxTgMmiari  bo’ylab  ikki  yon  tomonidan  ikkita asosiy  ayiruv 
nayi  orqaga  ketadi.  Markaziy  nerv  sistemasi  bosh  nerv 
tugunidan  iborat bo’Iib, undan bir necha nerv tolalari chiqadi. 
Asosiy  nerv  tolalari  bir  juft  va  ular  tananing  ikki  yon 
tomonida joylashgan.
Qoramol  solityorining  rivojlanish  sikli  xo’jayinlaming 
almashishi  bilan  boradi.  Odam  ichagidagi  parazit  tanasining 
oxirgi tuxumlar bilan to’lgan proglatidlari uzilib, odam najasi 
bilan  tashqi  muhitga  chiqadi  va  turli  ta'sirlar  natijasida 
yorilib, tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi.
Qoramollar  yem-xashak,  suv  va  ba'zan  odam  najasini 
iste'mol  qilishi  natijasida  parazit  tuxumini  o'ziga  yuqtiradi 
(35-rasm).

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish