Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Yassi chuvaichanglar tipining lotincha nomi qanday
ataladi?
A. Plathelminthes; B. Nemathelminthes; S. Annelida;
D. Nemertini;
2. Yassi
chuvalchanglar
urg’ochi jinsiy
sistemasidagi
sariqdon nima ishlab chiqaradi?
A. Zaxira oziqa modda; B. Gormonlar; S. Tuxum hujay-
ralar; D.Tuxum hujayrasi qobig’ini;
3. Mollyuska va chumoli quyidagi trematolardan qaysi birida
oraliq xo’jayin bo’lib ishtirok etadi?
A. Jigar qurti; B. Lansetsimon ikki so’rg’ichli; S. Mushuk
ikki so’rg’ich!isi; D. Shistosoma;
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
4. Quyidagi parazitlardan qaysi biri ektoparazit hisoblanadi?
A. Dizenteriya amyobasi; B. Baqa ko’p so’rg’ichlisi;
5. Askarida; D. Xo’kiz solityori;
5. Quyidagi trematodalardan qaysi biri ayrim jinsli?
A. Jigar qurti; B. Shistosoma; S. Mushuk ikki so’rg’ichlisi;
D. Lansetsimon so’rg’ichli;
6. Quyidagi trematodlardan qaysi biri qonda yashaydi?
A. Mushuk ikki so’rg’ichlisi; B. Jigar qurti; S. Lansetsimon
so’rg’ichli; D. Shistosoma;
7. Monogenetik so’rg’ichlilar qaysi tipning vakili?
A. Kovakichlilar; B. Nemertinlar; S. Halqali chuvalchanglar;
D. Yassi chuvalchanglar;
8. Lansetsimon so’rg’ichlisining lotincha nomini aniqlang?
A. Opisthorchis felineus; B. Dicrocoelum endriticum;
S. Fasciola hepatica; D. Leucochloridium paradoxum;
9. Shistosomalar odamning qaysi organida yashaydi?
A.Arteriyalarda; B. Ichaklarda; S.Mushakda; D. Yirik vena
tomirlarda;
10. Shistosomalar odam organizmiga qanday qilib o’tadi?
A. Ovqat hazm qilish yo’li orqali; B. Teri orqali; S. Anal
teshigi orqali; D. Burun orqali;
11. Shistosomalarning erkak va urg’ochisining tana hajmini
aniqlang?
A. Erkagi 12-15mm, urg’ochisi 20mm; B. Erkagi 10-15mm,
urg’ochisi 25mm; S. Erkagi 15-20mm, urg’ochisi 30mm;
D. Erkagi 10-12mm, urg’ochisi 16mm;
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomaning tuzilishi.
2. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomaning rivojlanishi.
97
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomalar qanday muhim
tavsifga ega.
4. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomalarning tuzilishi,
rivojlanishi aks ettirilgan rasmlarni chizing.
18 - MASHG’ULOT
BAQA K O’PSO’RG’ICHLISI MISOLIDA
MONOGENETIK SO ’ RG’ICHLIL ARNING
TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Tip. Yassi chuvalchanglar- Plathelminthes
Sinf. M onogenetik so’rg’ichlilar - Monogenea
Kenja sinf. Polyonchoineya - Polionchoinea
Turkum . Girodaktilid - Gyrodactylida
Avlod. Polistoma - Polystoma
Tur. Baqa ko’pso’rg’ichlisi - Polystoma integerrimum
Ishning maqsadi: baqa ko’pso’rg’ichlisi misolida
monogenetik
so’rg’ichlilaming
tuzilishini,
taraqqiyot
fazalarini o'rganishdir.
K erakli
jihozlar:
monogenetik
so’rg’ichlilardan
tayyorlangan preparatlar, mikroskop, binokulyar, lupa va
ko'rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Baqa ko’pso’rg’ichlisi 6-8 mm
uzunlikda bo’lib, jinsiy voyaga yetgan davrida baqalaming
siydik pufagida, lichinkalik davrida esa itbaliqlaming
jabralarida parazitlik qilib yashaydi (32-rasm). Baqa
ko’pso’rg’ichlisining tanasi uzunchoq, yelka dan qorin
tomoniga qarab yassilangan, oldingi uchi ingichkaroq, orqa
uchi kengaygan bo’ladi. Ulaming yopishish organlari
tanasining orqa tomonida joylashgan 6 ta disklardan iborat
bo’Iib, disklaming har birida bittadan so’rg’ich va 16 tagacha
kichik ilmoqchalari bo’ladi.
98
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |