O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

0 ’quv  mashg'ulotining  maqsadi:  odam  askaridasi 
misolida  nematodlarning  tashqi  va  ichki  tuzilishlarini 
0’rganish hamda rivojlanish sikli bilan tanishishdan iborat.
Kerakli  jihozlar: 
fiksasiya 
qilingan 
askaridalar, 
bo'yalgan  har  xil  preparatlar,  mikroskoplar,  binokulyar  va 
lupalar,  kichkina  qaychilar,  jarrohlik  pichog’i,  qisqichlar, 
ninalar,  petri  kosachasi,  tagi  mum  yoki  sham  aralashmasi 
bilan  qoplangan  vannachalar,  suv,  buyum  va  qop!ag’ich 
oynalar, tomizgichlar va ko’rgazmaIi vositalarlar.
Ishning  mazmuni.  Odam  askaridasi  yirik  va  ayrim 
jinsli  nematodalardan  bo’lib,  oldingi  va  keyingi  uchlari
116
www.ziyouz.com kutubxonasi


ingichkalashgan,  ya'ni  duksimon  shaklda  bo’ladi.  Urg’ochi- 
sining  uzunligi  35-40sm,  erkagining  uzunligi  esa  25-30 
sm.ga  teng.  Askaridalarda  jinsiy  dimorfizm  (ayirmachilik) 
aniq ifodalangan (39-rasm).
39-rasm. Odam askaridasi - Ascaris lumbricoidesning tuzilishi 
A-askaridalaming  umumiy  ko'rinishi,  B-dum  qismlarining  tuzilishi: 
1-urg’ochi  askarida;  2-erkagi;  0-og’iz  teshigi;  b-jag’  o'simtalari; 
i-urg’ochilik jinsiy teshigi; a-anal teshigi; c-kloaka; s-spikula; d-dum.
Erkagi  kichik,  ingichka va dum qismi  ilmoqqa o’xshash, 
qorin  tomonga  qarab  qayrilgan  (gajaksimon).  Urg’ochilari 
yirik va yo’g’onroq, tana shakli to’g’ri. Askaridaning gavdasi 
ko’p  qavatli  kutikula  bilan  qoplangan.  Kutikula  askaridani 
mexanik  ta'sirlardan  va  zaharli  moddalardan  himoya  qiladi. 
Kutikula  o’tkazgich  xususiyatiga  ega  boMganligi  uchun 
tanasi  doimo  tarang  (turgor)  holatda  bo'ladi.  Kutikulaning 
ostida  gipoderma  joylashgan.  Gipoderma  shakli  o’zgargan
117
www.ziyouz.com kutubxonasi


epitelial  to’qimalar  bo’lib,  hayvonlarning  yosh  davrida 
undagi  hujayralar  bir-biridan  aniq  farqlanadi.  Lekin 
keyinchalik  ularning  chegarasi  yo’qolib,  protoplazmasi 
qo’shilib  ketadi  va yadrolari  tarqoq  holatda bo'lib  ko’rinadi. 
Gipodermadan  keyin  bo’yicga  cho'zilgan  bir  qavatli 
muskullar  joylashadi.  Askaridaning  tanasi  ko'ndalangiga 
kesilsa,  to’garak  yoki  doira  shaklini  oiadi,  shuning  uchun 
bularga yumaloq chuvalchanglar deb nom berilgan.
Tananing  oldingi  uchida  uchta  lablari  og’iz  teshigini 
o’rab  turadi.  Ovqat  hazm  qilish  sistemasi  oldingi,  o’rta  va 
orqa  ichaklardan  iborat.  Oldingi  va  orqa  ichakning  ichki 
yuzasi  kutikula  bilan  qoplangan.  Askarida  urg’ochilarining 
orqa  ichagi  qorin  tomonda  anal  teshik  bilan  tashqariga 
ochiladi.  Erkaklarida  esa  anal  teshigi  jinsiy  teshigi  bilan 
qo’shilib  kloaka  hosil  qiladi  va  tananing  oxirgi  qismidan 
tashqariga ochiladi. Undan bir juft spikula (qo’shilish organi) 
chiqib turadi.
Askaridaning 
ayiruv 
sistemasi 
bir  juft 
ayirish 
naychalaridan iborat bo’lib, ular tananing ichki yon tomonida 
gipoderma  qavatida  joylashgan  maxsus  valiklar  ichidan 
o’tadi.  Bu  naychaiaming  orqa  uchi  berk  bo’lib,  tananing 
oldingi  qismida  —  qizilo’ngachga  yaqin  joyda  tashqariga 
ochiladi.  Naychalar  bitta  hujayradan  iborat  bo’lib,  yagona 
yadroga  ega.  Bundan  tashqari,  shu  naychalar  ustida 
joylashgan  4  ta  fagotsit  (qamrab  oluvchi)  hujayralar  ham 
ayiruv  vazifasini  bajaradi.  Ular  askarida tanasiga  kirgan yot 
moddalarni va mikroorganizmlami yutib, ulardan organizmni 
tozalashga  yordam  beradi.  Askaridaning  nerv  sistemasi 
tomoq’  oldi  nerv  xalqalaridan  iborat  bo’lib,  undan  tananing 
oldingi va orqa qismlariga tomon nerv tolalari yo’naladi.
Askaridalar  ayrim  jinsli.  Jinsiy  organlari  uzun  nay 
shaklida tuzilgan.  Urg’ochilik jinsiy organlari  bir juft naydan 
iborat  bo’lib,  nayning  eng  oldingi  ingichka  uchi  tuxumdon, 
undan  keyin  biroz  kengaygan  qismi  esa  tuxum  yo’llarini 
tashkil  etadi.  Bu  yo’llar  yana kengayib  (yo’g'onlashib) juft
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


bachadonni  hosil  qiladi  va  o’zaro  qo’shilib,  tananing  o’rta 
qismida  jinsiy  teshik  bilan  tashqariga  ochiladigan  qinga 
aylanadi.  Erkaklik  jinsiy  teshigi  toq  naydan  iborat  bo’lib, 
nayning  eng  ingichka  uchi  urug'don,  yo'g'onlashgan  qismi 
esa urug’  yo’li  vazifasini  bajaradi.  Urug’  yo’li  o’z navbatida 
urug’  to’kuvchi  kanalga  o’tib,  kloakaga  ochiladi.  Kloaka 
ichida  kutikuladan  iborat  bo’lgan  ikkita  spikula,  ya'ni 
qo’shilish organi joylashgan.
Odam 
askaridasi 
oraliq 
xo'jayinsiz 
rivojlanadi. 
Parazitning  yagona  xo’jayini  odam  hisoblanadi  (40-rasm). 
Odam  ariq va hovuz suvlarini qaynatmasdan ichishi, meva va 
sabzavotlami 
yuvmasdan 
iste'mol 
qilishi 
oqibatida 
askaridaning  tuxumlarini  o’ziga  yuqtiradi.  Odam  ichagiga 
tushgan tuxumlardan lichinkalar chiqadi.
40-rasm. Odam askaridasining rivojlanisb sikli
Lichinkalar  ichak  devorini  teshib  qonga  o’tadi  va  qon 
oqimi  bilan  jigar,  yurak  va  undan  o’pka  alveollarga  yetib 
boradi.  So’ngra  alveollar  devorini  teshib,  nafas  yo’liga 
o’tadi.  Keyinchalik  bronxlar  va  kekirdak  orqali  og’iz 
bo’shlig'iga  va  u  yerdan  so’laklar  bilan  oshqozon  orqali
119
www.ziyouz.com kutubxonasi


ichakka 
borib 
rivojlanishni 
davom 
ettiradi. 
Odam 
organizmida  askaridaning  murakkab  migratsiyasi  10-12  kun 
davom etadi.
Ishning 
bajarilishi: 
fiksasiya 
qilingan 
cho’chqa 
askaridasining  2-3  tasini  vannachaga  qo’ying.  Qo’l  lupasi 
yordami  (yoki  binokulyarda)  kuzatib,  uning  tana  tuzilishiga 
e'tibor  bering:  oldingi  va  keyingi  uchlarini  toping,  keyin 
ularning  jinsini  aniqlang.  Askaridalarning  ichki  tuzilishini 
o’rganish  uchun  uni  vannachaga  qorin  tomoni  bilan  qo’yib, 
oldingi va keyingi  uchlarini  ninalar yordamida vannachadagi 
mumga  sanching.  Keyinchalik  chap  qo’l  bilan  askarida 
vannacha  tubiga  bosib  turiladi  va  o’ng  qo’l  bilan  tananing 
keyingi  qismining  yelka  tomonidan  kutikula  ko’ndalang 
qirqiladi.  Kutikula  uzunasiga  ham  kesilib,  to’g’nag’ichlar 
bilan  vannachaga  sanchiladi.  Qo’l  lupasi  yordamida 
askaridaning  barcha  organlari,  xususan  ovqat  hazm  qilish, 
jinsiy  organlari  sistemasi,  ayirish  naychalarini  kuzating 
(albatta vannachaga suv solingan bo’lishi lozim).
Askaridaning  tuxumlarini  ko’rish  uchun  bachadonning 
qinga yaqin qismidan kichik bir bo’lagini qirqib olib, buyum 
yoki  soat  oynasiga  qo’ying  va  mikroskopda  tuxumning 
tuzilishini  o’rganing. 
Mikropreparatlardan  askaridaning 
ko’ndalang  kesishni  kuzatib,  turli  xil,  ya’ni  jinsiy  hamda 
hazm organlarini aniqlang.

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish