47-rasm. Tibbiyot zulugi - Hurido medicinalis
l-old so’rg’ichi; 2-orqa so’rg’ichi.
Yelka tomoni qavariq, qorin tomoni esa yassi.
Tanasining oldingi uchida og’iz so’rg’ichi (so’rg’ichning
o’rtasida og’iz teshigi joylashgan), keyingi uchida esa ancha
katta anal so’rg’ichi mavjud. Anal teshigi anal so’rg’ichining
ustki qismida joylashgan. Zulukning tanasi segmentlarga
bo’lingan, lekin bu haqiqiy segmentlar emas, chunki tashqi
segment-halqalarning soni (102ta) ichki segmentlar soniga
(33ta) teng emas. Segmentlarida parapodiy, tukchalar,
paypaslagichlar boTmaydi.
Tana segmentlarining dastlabki 4 tasi qo’shilib og’iz
so’rg’ichini, oxirgi 7 ta segmentlar esa anal (keyingi)'
so’rg’ichni hosil qilgan. Oldingi va keyingi so’rg’ichlar qorin
tomoniga qaragan boTib, yopishish
organi boTib ham xizmat
qiladi. Bosh qismining yelka tomonida besh juft ko’zchalari
mavjud. Zuluklar terisining ustki tomoni yupqa kutikula
bilan qoplangan, uning ostidagi bir qavatli epiteliyda
shilimshiq modda ajratadigan juda ko’p bezlar joylashgan.
Ichki organlarining orasidagi bo’shliq biriktiruvchi to’qima-
parenxima bilan toTgan. Haqiqiy tana bo’shlig'i mavjud
140
www.ziyouz.com kutubxonasi
emas. Zuluklaming og’iz bo’shlig'ida bir-biriga qarama-
qarshi joylashgan xitindan iborat uchta jag’i mavjud.
Ulaming ustki qismi qirrali, o’tkirlashgan bo’lib, unda 80-90
ta mayda tishchalar mavjud. Bular yordamida xo’jayinining
terisini kesib, qonini so’radi. Shuning uchun ham terida
zuluk qon so’rganidan keyin 3 qirrali chandiq izlari qoladi.
Zuluklar halqumi atrofida bezlar joylashgan. Bu bezlar qonni
ivitmaydigan maxsus modda-gimdin (antifibrin) ishlab
chiqaradi. Gimdin qonni ivib qolishidan saqlaydi, natijada
qon bir necha oy davomida ichakda ivimay saqlanadi
va asta-
sekin sarflanadi. Og’iz, halqumdan keyin endodermadan
hosil bo’lgan o’rta ichak boshlanadi. 0 ’rta ichak 10-11 juft
yon o’simtalar, ya'ni uchi berk xaltachalar hosil qiladi.
Ularning eng so’nggi juft o’simtasi uzun bo’lib, u tananing
oxirgi uchigacha cho’ziladi. Bu xaltachalarda gimdin bilan
aralashgan qon uzoq muddatga ivimasdan saqlanadi. Shuning
uchun ham zuluk 1-1,5 yil davomida qon so’rmasdan
yashashi mumkin. Orqa ichak to’g'ri nayga o’xshash va anal
teshigi bilan tugaydi. Ayiruv vazifasini bo’g’imlar bo’ylab
joylashgan 17 juft metanefridiylar bajaradi. Tibbiyot
zulugining nerv sistemasi halqum usti va uning bilan
qonnektivalar yordamida tutashgan halqum osti nerv
tugunlaridan, shuningdek qorin nerv zanjiridan iborat.
Barcha zuluklar kabi tibbiyot zulugi ham ikki jinsli
(germafrodit).
Erkaklik jinsiy sistemasi 9 juft urug’don (tananing o’rta
qismida) dan boshlanadi. Urug’donlarning har biridan qisqa
urug’ yo’li chiqib, tananing ikki yonidagi ikkita urug’
yo’llariga kelib tutashadi. Urug’ yo’llari esa tananing oldingi
tomonida bitta umumiy umg’ to’kish nayini hosil qilib,
qo’shilish organiga kelib ochiladi. Qo’shilish organi
zuluklaming o ’zaro qo’shilishi vaqtida tashqariga qayrilib
chiqish xususiyatiga ega. Urg’ochilik jinsiy sistemasi bir juft
tuxumdon, qisqa tuxum yo’li va tor qin yo’lidan iborat. Jinsiy
teshik 12-segmentdan tashqariga ochiladi.
141
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Tibbiyot zulugining morfo-anotomik tuzilishi aks ettirilgan
rasmlarni chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: