48-rasm. Tok shillig'ining tuzilishi
1-bosh; 2-lab paypaslagichi; 3-ko’z paypaslagichi; 4-ko’zi; 5-og’iz
bo'shlig'i; 6-oyog'i; 7-jinsiy teshik; 8-nafas olish teshigi; 9,13-chig’anoq;
(9-cho’qqisi, 10,11-gajaklar, 12-og’izcha, 13-og’izchaqirrasi).
Ularning chig’anog’i bir butun va o’ng tomonga spiral
bo’raigan. Har bir aylanmalar bir-biridan chok deb ataluvchi
yo’llar bilan ajralib turadi. Chig’anoq bo’shlig'iga kiradigan
teshik chig’anoq og’zi deb ataladi. Bu teshikdan chig’anoq
boshi va oyog’i chiqib turadi. Chig’anoq bo’shlig'ida butun
gavda joylashgan. Tok shillig’ining gavdasi bosh, ichki
organlar joylashgan tana va muskulli oyoq qismlaridan
iborat. Bosh qismida og’iz va ikki juft paypaslagichlari
joylashgan. Ikkinchi juft paypaslagichlarining uchida bir juft
ko’zlari bo’ladi. 0 ’ng tomonidagi ko’z paypaslagichining
ostida jinsiy teshigi mavjud. Oyog’i keng va yassi, ovalsimon
shaklda. Mollyuska oyoq muskullarining toTqinsimon
qisqarishi tufayli sekin-asta siljib harakat qiladi. Oyog'ining
ustida joylashgan tanasi spiral shaklda buralgan. Tanasining
pastki tomoni mantiya burmalarini hosil qiladi. Mantiya
ostida mantiya bo’sh!ig'i joylashgan.
Mantiya bo’shlig'iga orqa chiqaruv teshigi va siydik
yoTi ochiladi. Tok shilligTning ovqat hazm qilish sistemasi
ogTzdan boshlanadi. OgTz bo’shlig’ida xitindan iborat
arrasmon tilcha (radula) boTib, uning yordamida o’simlik
barglarini qirqib ovqatlanadi. OgTzdan keyin halqum, undan
keyin qizilo’ngach boshlanib, kengaygan jig’ildonni hosil
144
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiladi. Jig’ildonning orqa qismi torayib borib, jigar bilan
bogMangan oshqozonga ochiladi. Oshqozondan ozuqa jigar
yo’li orqali jigarga tushib hazm bo’ladi, hazm boMmagan
qismi yana qaytadan oshqozonga tushadi va undan orqa
ichakka chiqariladi. Orqa ichak anal teshigi bilan tugaydi.
qon aylanish sistemasi yurak qorinchasi, yurak boMmasi va
yurak oldi bo’shlig'idan iborat. Ayiruv organlarini bitta katta
buyrak tashkil qiladi. Uning yoMi nafas olish teshigining
yonida ochiladi. Nerv sistemasi tarqoq holda joylashgan besh
juft nerv tugunidan iborat. Bir juft bosh nerv tuguni (tserebral
gangliya), bir juft ichki organlar nerv tuguni (vitseral
gangliya), bir juft oyoq nerv tuguni (pedal gangliya), bir juft
plevral va bir juft parietal gangliyalardan tuzilgan. Nafas
olish organi-o’pka vazifasini o’zgartirgan mantiya bo’shlig'i
bajaradi.
Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan tok shillig’ini
shisha plastinka yoki Petri kosachasiga solib, asosiy
organlari: chig’anoq, muskulli oyoq, paypaslagichlar, ko’z-
lar, og’iz, jinsiy teshik va boshqa qismlarini topib, ulaming
tuzilishiga e'tiboringizni qarating. So’ngra shilliqni stol
ustiga qo’yib, chig’anog’ini ehtiyotlik bilan bolg’acha
yordamida urib sindiring va maydalangan chig’anoq
boMaklarini pinset yordamida olib tashlang. Oyoq kafti bilan
vannachaga joylashtirib, ninalar bilan vannacha tubiga qadab
ustidan suv quying. So’ngra qaychi yordamida tanani yorib
ichki organlarini aniqlang. Tirik dala shilling'ini shisha
boMakchalari ustiga qo’yib, uning harakatini kuzating.
Shishaning ustida siljib ketayotgan mollyuskaning izida
qolayotgan shilimshiq moddani kuzating. Shilliqqurtning
paypaslagichlariga nina tegizib, ta'sirlanishiga e'tibor bering.
Qo’1 lupasi yordamida paypaslagichlardagi ko’zlami, jinsiy
va nafas olish teshikchalarini toping. 0 ’zbekistonda
uchraydigan chig’anoqli shilliqlaming vakillarini ham
o’rganing.
1 45
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |