Ishning mazmuni. Tufyelka tabiatda keng tarqalgan
bo’lib, chirinchi va mineralga boy bo'lgan chuchuk suvlarda
yashaydi. Bular sirtdan qaraganda poyafzalning tag charmiga
o’xshaganligi uchun tufyelka deb ataladi (18-rasm).
53
www.ziyouz.com kutubxonasi
18-msm. Infuzoriyn tufyelka si - Param ecium caudatum ning tuzilishl
1-kiprikchalar; 2-ovqat hazm qiluvchi vakuolalar; 3-mikronukleus; 4-og’iz;
5-halqum; 6-oziq qoldig'ining chiqarilishi; 7-qisqaruvchi vakuola;
8-makronukleus; 9-trixotsistlar.
Tufyelka
tanasining uzunligi 0,25-0,35 mm. Usti
yupqa-pellikula bilan o’ralgan. Pellikulaning ustki qismi juda
ko’p bir xil uzunlikdagi kiprikchalar bilan qoplangan. Biroq
tananing keyingi tomonidagi kiprikchalar biroz uzunroq
boMadi. Kiprikchalar harakat qilish organellasi bo’lib,
tufyelka da bir sekundda o’z tanasi uzunligidan 8-9 barobar
ko’p yoMni bosib o’tadi. Pellikulaning ostida tashqi
ko’rinishidan tayoqcha shaklidagi duksimon trixotsistlar
boMib, ular mexanik, kimyoviy va boshqa har xil ta’sirlar
natijasida pellikulaning mayda teshikchalari orqali ipchaga
o’xshab otilib chiqadi. Trixotsistlar himoya qilish vazifasini
bajaradi. Tufyelka
protoplazmasi ham ektoplazma va
endoplazmadan iborat. Endoplazma markazida ikkita yadro
joylashgan boMib, ulardan biri loviyasimon shakldagi katta
yadro-makronukleus, ikkinchisi kichik yadro - mikronuk-
leusdir. Bular ikkalasi bir-biriga juda ham yaqin joylashgan.
54
www.ziyouz.com kutubxonasi
Makronukleus infuzoriya tanasida boMadigan butun hayotiy
jarayonni,
jumladan
oqsil
moddaiari
sintezlanishini
boshqarish vazifalarini bajaradi. Mikronukleus esa, asosan
irsiy xromasomalarni saqlovchi bo’lib, jinsiy ko’payish
jarayonida boshqa ruvchi rolini o’ynaydi.
Tufyelka suvdagi bakteriyalar, chirindi moddalar va suv
0’tIarining parchalari bilan oziqlanadi. Uning ovqat hazm
qilish a’zolarining tuzilishi quyidagicha: qorin tomonining
oldingi yarmida og’iz oldi chuqurchasi yoki peristom
joylashgan, uning tubida esa og’iz-tsistostom boMib, undan
chiqqan kanal halqum-tsitofarinksni tashkil qiladi. U esa
endoplazmaga
ochiladi.
Endoplazmaga
kirgan
oziq
moddalari atrofida biroz suyuqlik ajralishi bilan ovqat hazm
qilish vakuolasi hosil boMadi. Bu vakuola asta-sekin
halqumdan ajralib, endoplazmada harakat qila boshlaydi.
So’ngra uning o’rnida yangi vakuolalar paydo boMadi.
Shunday qilib, endoplazmada bir nechta vakuola hosil
boMadi va ular sitoplazma oqimi bo’ylab bir xil yo’nalishda
harakat qiladi. Ozuqali vakuola harakati davrida uning ichiga
endoplazmadan ferment tushib, ozuqani hazm qiladi.
Vakuola ichidagi hazm boMmagan oziq moddalar tanasining
orqa uchiga yaqin joyidagi teshikcha (poroshitsa) orqali
tashqariga chiqariladi. Tufyelka ning ikkita qisqaruvchi
vakuolasi boMib, ularning biri tananing oldingi, ikkinchisi esa
orqa uchida joylashgan. Har bir qisqaruvchi vakuola
markaziy pufakcha va 5 ta yig’uvchi naychalardan tashkil
topgan. Tanada yiqiladigan ortiqcha suv va dissimilyatsiya
mahsulotlari
dastlab
naychalarda
to’planadi,
keyin
pufakchaga
o’tib,
undan
tashqariga chiqariladi.
Bu
vakuolalar navbat bilan ishlaydi, bittasi qisqargan paytda,
ikkinchisida suv yiqiladi. Suv harorati
16-20 gradus
boMganida har minutda 3 marta qisqaradi.
Tufyelka jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinssiz
ko’payganda uning tanasi ko’ndalangiga boMinadi (19-rasm).
55
www.ziyouz.com kutubxonasi
19-rasm. Bo’linayotgan infuzoriya tufyelkasi
1-qisqaruvchi vakuolalar; 2-og’iz; 3-bo’linayotgan makronukleus;
4-bo’linayotgan mikronukleus.
Bunda oldin mikroneukleus, so’ngra esa makroneukleus
boMinib, keyin protoplazma ham ko'ndalangiga ikkiga
ajraladi. Harorat va oziq moddalar yetarli darajada boMganda,
bir kecha - kunduzda har bir tufyelka 2 marta boMinib,
to’rtta infuzoriya hosil boMadi. Bir necha marta jinssiz
ko’payishdan keyin tufyelka ning jinsiy ko’payishi, ya’ni
konyugasiya jarayoni boshlanadi (20-rasm).
56
www.ziyouz.com kutubxonasi
20-rasm. Infuzoriyalar konyugasiyasi
A-konyugasiya boshlanishi; B-mikronukleusning birinchi meyotik
boMinishi (chapda-metafaza davri, o'ngda-anafaza); V-mikronukleusning
birinchi boMinishining tamom boMishi (chapda) va ikkinchi boMinishining
boshlanishi
(o'ngda);
G-mikronukleusning
ikkinchi
boMinishi;
D-mikronukleuslardan uchtasi yemirilib, bittasining uchinchi marta boMina
boshlashi; E-pronukleuslar almashinuvi; J-pronukleuslar qo’shilib, sinkarion
hosil boMishi;
3-sinkarionning boMinishi; I,K-sinkarion boMaklarining
birinchi makronukleusga aylanishi.
Bunda ikkita tufyelka peristom tomonlari bilan bir-biriga
yopishib oladi va taxminan 10-12 soat davomida birgalikda
suzib yuradi. Bu vaqt ichida ularning pellikulalari erib, ikkala
tufyelka
ning
protoplazmasi
qo’shiladi
va
o’rtada
protoplazmatik ko’prikcha hosil bo’ladi. Ularning yadrolari
chuqur o’zgarishga duch keladi. Avvalo makroneleus mayda
mayda qismlarga boMinib, asta-sekin so’rilib yo’qolib ketadi.
Mikronukleus mitoz yo’li bilan ikki marta boMinib, har bir
individda to’rttadan yadro hosil boMadi. Ularning uchtasi
so’rilib ketadi. Qolgan bittasi o’z navbatida ikkiga boMinib,
ikkita kichik yadro paydo boMadi. Bularning bittasi
harakatsiz-statsionar, ikkinchisi esa harakatchan-migratsion
57
www.ziyouz.com kutubxonasi
yadrochalardir.
Keyinchalik konyugatsiyalanuvchi infuzoriyalar o’zaro
harakatchan
yadrolarini
almashtirib
oladilar,
ya’ni
protoplazmatik ko’prikcha!ar orqali birinchi infuzoriyaning
harakatchan yadrosi ikkinchisiga, ikkinchisining harakatchan
yadrosi esa birinchiga o’tadi. Shundan keyin har bir
infuzoriyaning protoplazmasidagi statsionar yadrochasi bilan
sherik infuzoriyadan o’tgan migratsion yadrocha qo’shiIib
Do'stlaringiz bilan baham: |