O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

11- MASHG’ULOT
KO’P HUJAYRALILAR / METAZOA / KENJA 
DUNYOSI PARAZOYLAR /PARAZOA / BO’LIM I
BULUTLARNING TUZILISHI VA HAYOT TARZI
Tip.  G ’ovaktanlilar  yoki  Bulutlar  -   Spongia  yoki 
Porafera
Sinf. Oddiy bulutlar -  Demospongia
Turkum. Kremniy shoxmoddalilar -  Cornacuspongida
Avlod. Spongillalar -  Spongilla
Tur. Bodyaga buluti - Spongilla lacustris
O'quv  m ashg'ulotining  maqsadi:  bodyaga  buluti 
misolida 
bulutlaming 
tuzilishini 
o’rganish, 
hujayra 
elementlarining xilma-xilligi bilan tanishish.
Kerakli  jihozlar:  bodyaga  kollektsiyasi  (tirik  yoki 
fiksasiya  qilingan  bodyaga),  qo’l  lupalari,  skeletidan  va 
gemulasi  preparati,  pinset,  jarrohlik  pichog’i,  buyum  va 
qoplovchi 
oynalar, 
ninalar,  tomizgichlar,  probirkalar, 
mikroskop.
Ishning  mazmuni.  Bulutlar  eng  sodda  tuzilgan  ko’p 
hujayrali,  o ’troq  hayot  kechiruvchi  suv  hayvonlari  bo’lib, 
asosan  dengizlarda,  ayrim  vakillari  chuchuk  suvlarda 
tarqalgan.  Ularning  tanasida  nerv  va  muskul  to’qimalari 
bo'lmaydi. 
Tanasi, 
umuman  to'qima 
va  organlarga 
shakllanmagan,  balki  turli  vazifalarni  bajaruvchi  ikki  qavatli 
hujayralardan tashkil topgan.  Bulutlar tanasi xilma-xil bo’lib, 
sharsimon,  qadahsimon  va ko’zachasimon  shakllarda  bo’ladi 
(21-rasm).
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


21-rasm. Bulutlarning tuzilishi
A-Askon  tipidagi  buiutning  tuzilishi:  1-oskulum;  2-poralar;  3-5-turli  xil 
shakldagi  skelet  ignachalari;  4-tana  sirti  devorini  qoplovchi  hujayralar;
6-  yulduzsimon  hujayralar;  7-pinokotsitlar;  8-porotsitlar.  B-Askon,  sikon, 
leykon  tipidagi  buiutlar:  1-oskului;  2-4-keltiruvchi  naychalar;  3-6-yoqali 
xivchinli  hujayra  (xoanotsit)  Iar  xonachalari;  5-chiqaruvchi  naychalar;
7-  yoqali  xivchinli  hujayralar;  8-paragastroI  bo’shliq;  stryelka  lar  suv oqimi 
yo'nalishini ko’rsatadi.
Bulutlar  gavdasining  ichki  tomoni  bo’shliqdan  iborat 
bo'lib,  unga  paragastral  bo’shliq  deyiladi.  Askon  tipida 
tuzilishga  ega  bo’lgan  bulutlarda  bu  bo’shliq  devorining 
ichki  yuzasi  xivchinli  yoqali  hujayralar-xoanotsitlar  bilan 
qoplangan.  Xoanotsitlar  ovqat  moddasini  ushlash  va  uni 
hazm  qilish  vazifasini  bajaradi.  Bulutlarning  gavda devorida 
juda  ko’p  mayda  teshikchalar  (poralar)  bo’lib,  ularning 
naychalari  orqali  suv  va  ozuqa  moddalar  paragastral 
bo’shliqqa tushadi.
Bulutlar  tanasining  ustki  tomonida  maxsus  teshik 
(«og’izcha»)  bo’lib,  unga oskulum  deyiladi.  Oskulum  suv  va 
qoldiq  moddalarni  chiqarib  turish  vazifasini  bajaradi.  Gavda 
devorining  ustki  tomonidan  qoplab  turuvchi  hujayralar yassi 
shaklda bo’lib, ular pinokotsitlar deb ataladi.
Bulutlaming  tashqi  ektoderma  va  ichki  endoderma
63
www.ziyouz.com kutubxonasi


qavatlari  orasida  mezogliya  deb  ataluvchi  strukturasiz 
hujayralararo  modda  mavjud.  Unda  har  xil  hujayralar, 
xususan  yulduzsimon  hujayralar,  skleroblastlar,  amyo- 
batsitlar  va  arxeotsitlar  tartibsiz  joylashgan  boMadi.
’• 
Yulduzsimon 
hujayralar  tayanch 
vazifasini 
bajarsa,
skleroblastlardan  skelet  elementlari  hosil  bo’Iadi.  Amyo- 
batsitlar  harakatchan  hujayralar  bo’lib,  ulaming  bir  guruhi 
xoantsitlardan  olingan  ozuqani  hazm  qiladi,  ikkinchi  guruhi 
ixtisoslashmagan rezerv hujayralar, ya'ni arxeotsitlardir.
Arxeotsitlardan  (rezerv  deb  aytilishiga  sabab)  yuqorida 
aytilgan  barcha  hujayralar  hosil  boMib  turadi,  shu jumladan 
jinsiy hujayralar ham hosil  boMadi.  Bulutiar morfo-fiziologik 
tuzilishiga  ko’ra  uch  guruhga  boMinadi:  asqonoid,  siqonoid 
va  leyqonoid.  0 ’rganilayotgan  bulut  chuchuk  suv  bodyagasi 
leyqonoid bulutlaming vakilidir.
Leykonoidli  tuzilishdagi  bulutlar  murakkab  tuzilgan. 
Bularda  mezogliya  yaxshi  rivojlangan  bo’lib,  xoanotsitlar 
mezogliyadagi 
maxsus 
kameralarda 
joylashgan. 
Bu 
kameralarga suv gavda devoridagi teshikchalar (poralar) ning 
naychalari  orqali  keladi.  Foydalanilgan  suv  esa  chiqaruvchi 
naychalardan  paragastral  bo’shliqqa  o’tib,  undan  oskulum 
orqali tashqariga chiqariladi.
Bodyaga  bulutlari  turg’un  va  sekin  oquvchi  suv 
havzalarida hayot kechiradilar. Koloniyali bo’lib yashaydilar. 
Tirik  bodyaganing  tashqi  qismida  mayda  teshik-chalar, 
ulaming  uchida  esa  og’izcha  oskulum  joylashgan  bo’ladi. 
Bodyaga dermal  membrana bilan qoplangan.  Gavda devorida 
kremniydan  iborat  ignalari  mavjud.  Bodyaga  jinssiz 
(kurtaklanish)  va  jinsiy  yo’l  bilan  ko’payadi.  Kurtaklanish 
ham  ikki  xil  boMadi.  Tashqi  kurtaklanish,  koloniya  hosil 
boMishi  va  uning  tarkibidagi  individlar  sonining  ortishiga 
sabab  boMadi.  Kuz  faslida  bodyaganing  mezogliyasidagi 
arxeotsitlardan  gemmula  deb  ataluvchi  va  qishlab  qoluvchi 
ichki  kurtaklar hosil  boMadi.  Bular qalin qobiq  bilan o’ralib, 
maxsus  skelet-ignalar  bilan  mustahkamlanadi.  Har  bir
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


bodyaga koloniyasida  bir necha  ming gemmulalar yetishadi. 
Qishda  bodyagalarning  nobud  boMishi  bilan  gemmulalar 
suvda  qishlab  qoladi.  Bahorda  gemmula  ichidagi  hujayralar 
tashqariga  chiqadi  va  ulardan  yosh  bodyagalar  shakllanadi. 
Bodyaga  ayrim  jinslidir.  Bir  guruh  bodyagada  tuxum 
hujayra,  ikkinchi  guruhida esa urug’  hujayra-spermatazoid 1 ar 
etiladi. 
Jinsiy 
hujayralar 
bodyaga 
mezogliyasidagi 
arxeotsitlardan shakllanadi (21(a)-rasm).

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish