70-rasm. Hasharot oyoqlarining turiari
1-yuguruvchi; 2-sakrovchi; 3-suzuvchi; 4-kovlovchi; 5-so’ruvchi;
6-changallovchi; 7-savatcha oyoq; t-chanoq, v-o’ynagich, b-son, g-boldir,
I-panja.
Suvaraklar
va qo’ng’izlaming
oyog’i
yugurishga
moslashgan bo’lib, oyoqning panja qismi uzunroq va yassi
ko’rinishda bo’ladi. Sakrashga moslashgan keyingi oyoqlari-
da (chigirtkalar, burgalar) son uzun va yo’g'onlashgan
bo’ladi. Suv muhitida yashaydigan hasharotlarning keyingi
juft oyoqlari suzishga moslashgan. Ularning panja qismi,
ba'zan esa boldir qismi ham yassilangan va tuklar bilan
qoplangan bo’ladi. Ular hasharotlar suvda suzgan vaqtda ular
eshkak vazifasini bajaradi. Bunday tuzilgan oyoqlar suv
qo’ng’iz!arida uchraydi. Beshiktervatarlarning birinchi juft
oyoqlari changallab tutishga moslashgan. Oyoqlardagi son va
boldir qismlari ancha uzun bo’Iib, xitindan iborat mayda
«tishcha»lar bilan qurollangan. Tuproq orasida yashaydigan
buzoqbosh, go’ngxo’r va po’stloqxo’r qo’ng’izlarning
birinchi juft oyog’i kovlashga moslashgan. Bu oyoqlar
kurakcha shaklda bo’lib, panjalari qisqargan.
Yig’uvchi yoki to’plovchi oyoqlar o’simliklarning
gulchanglarini yig’ishga va tashishga moslashgandir. Bunday
190
www.ziyouz.com kutubxonasi
hasharotlaming keyingi juft oyoqlarining boldir qismida
tugmachalar bo’lmaydi. Lekin uning ikki yon tomonida uchi
qayrilgan mayda tukchalar bo’lib, ular savatcha hosil qiladi
va gulchanglarini yig'adi. Odam va sutemizuvchilarda
parazitlik qiluvchi bitlarda bir bo’g’imdan iborat, uzun
tirnoqchasi yordamida soch, jun gazmol ip tolalarini qisib
ushlaydi va yopishib turadi. Hasharotlar oyoqlari bajaradigan
vazifalariga ko’ra har xil shaklda bo’lsa-da, ammo ulaming
barchasi 5 ta bo’g’imlardan, ya'ni chanoq, o’ynagich, son,
boldir va panjalardan iborat.
Qanotlari. Hasharotlaming qanotlari ko’krak qismining
yon tomonidagi tana qoplag’ichi burmasidan kelib chiqqan
(71 -rasm).
Hasharotlar qanotlarining tuzilishi, shakli va soniga ko’ra
juda xilma-xil. Tuban tuzilishga ega bo’lgan qanotsiz
hasharotlarda va ulaming yashash sharoitiga moslashishi
jarayonida qanotlari qisqargan (reduksiyalangan) bo’lib,
ayrim guruh hasharotlarda (bitlar, burgalar) qanotlar umuman
boTmaydi. Ikki qanotlilar turkumiga mansub boTgan
hasharotlarda (chivinlar, pashshalar) o’rta ko’krak qismida
faqat bir juft qanoti boTadi. Ularning ikkinchi juft qanotlari
vizillab tovush chiqaruvchi organga aylangan. Ayrim
hasharotlarning birinchi juft qanotlari qalin xitindan ibornl
E
71-rasm. Hasharotlar
qanotining tuziiishi
A-qanotining tomirlanishi,
B-qanotining kesmasi:
1- kostal tomir;
2- subkostal tomir; 3-radial
tomir; 4-mediaI tomir;
5-kubital tomir; 6-anal tomir;
7-yugal tomir; 8-traxeya.
191
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo’lib, uning ostidagi pardasimon ikkinchi juft qanotlarini
himoya qiladi. Ba'zi guruh hasharotlarning (kapalaklar)
qanotlari tangachalar bilan qoplangan boMadi. Qanotlarda
xitinli tomirlar bo’lib, uning ichidan traxeyalar va nerv
tolalari o’tadi. Tomirlar kapalaklar uchun tayanch vazifasmi
bajaradi. Qanotdagi tomirlaming soni va ulaming joylashishi
hasharot turlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Qanotlar
hasharotlaming harakat qilish organi hisoblanadi.
Og’iz apparatlari. Hasharotlarning og’iz apparatlari
ovqatlaming turi va oziqlanish usuliga muvofiq turlicha
tuzilgan. Qattiq narsalar bilan oziqlanadigan hasharotlar
suvaraklar, qo’ng’izlar, ninachilar, chigirtkalar, kapalaklar
lichinkalarining og’iz apparati kemimvchi tipda tuzilgan.
Suvarakning kemiruvchi og’iz apparati quyidagicha tuzilgan
bo’lib, bitta ustki lab, bir juft ustki jag’, bitta pastki lab va bir
juft pastki jag’lardan iborat (72-A-rasm).
Xitin qoplag’ichdan hosil bo’!gan yagona ustki lab
plastinkasimon shaklda boMib, og’izni yopib turadi. Labning
ostida mayda tishchali bir juft ustki jagMar (mandibulalar)
joylashgan. Ular boshning ikkinchi bo’g’im o’simtalaridan
' hosil boMgan va chaynashda ishtirok etadi. Uchinchi va
, to’rtinchi bosh bo’g’imlari o’simtalari ostki jag’lar (1-va 2-
juft maksillalar) deyiladi. Birinchi juft ostki jag’lar og’izning
ikki yonida joylashgan boMib, har qaysisi asosiy bo’g’im,
ustuncha va uning ustida joylashgan tashqi va ichki
o’simtalar ham besh bo’g’imli pastki jag’ paypaslagich-
laridan tashkil topgan.
192
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |