O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti tabiiyot



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/102
Sana29.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#590256
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Bog'liq
@iBooks Bot yosh fiziologiyasi va gigiyenasi

Limfa sistemasi. 
Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa 
tomirlari ham mavjud bo'lib, ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi 
limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa tomirlari 
organ va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Kapillyarlardan 
to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismining ortiqchasi to'qimalardan limfa 
tomirlariga o'tadi. Limfa tomirlari kovak venalarga birlashib, o'ng bo'lmachaga 
quyiladi. 
Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari.
Yosh bolalarning yuragi 
o`lchami, hajmi, shakli, joylashishi bilan kattalar yuragidan farq qiladi. Bolaning 
birinchi yoshida yurakning bo`lmacha va qorinchalari bir tеkis o`smaydi. 2 
yoshdan bos
hlab bir tеkis o`sadi, 10 yoshdan kеyin yurak bo`lmachalari 
o`sishdan orqada qoladi. Balog`atga еtish davrida yurak yana tеz o`sadi.
Yurak ko`krak qafasi ichida to`sh suyagi orqasida ikkala o`pkaning o`rtasida 
joylashgan bo`lib, qon aylanish sistеmasining 
markaziy qismi hisoblanib, 
muskullardan tashkil topgan kovak organ. Yangi tug`ilgan bolalalarda yurakning 
vazni 20-23 g, 4 yoshda 30 g, 5 yoshda 100 g, 10 yoshda 165-185 g, 15 yoshda 
250 g, katta yoshdagi erkaklarda 220-300 g, ayollarda esa 180-220 g, bo`ladi. 1 
yoshda yurakning vazni yangi tug'ilgan chaqaloqnikiga nisbatan ikki marta, 3 
yoshda 3 marta, 5 yoshda 4 marta, 10 yoshda 6 marta, 16 yoshda 11 ortadi. Bu 
ortish asosan chap qorincha devorining qalinlashuvi hisobiga bo'ladi. 
Bolaning yoshi ortishi bilan yurakning hajmi ham ortib boradi: 1 yoshning 
oxirida yurakning hajmi 42 sm
3
, 7 yoshda 90 sm
3
, 14 yoshda 130 sm
3
, katta 
odamda 280 sm
3
ni tashkil etadi. 
Yurak devori 3 qavatdan: ichki-endokard, o'rta-muskulli, ya'ni miokard va 
tashqi perikarddan iborat. Yurak 4 kameradan tashkil topgan bo'lib, o'ng va 
chap bo'lmalar hamda o'ng va chap qorinchalardan iborat. Yurakda 4 ta klapan 
bo'lib, chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida 2 tavaqali klapan, o'ng 


111 
bo'lmacha bilan o'ng qorincha o'rtasida 3 tavaqali klapan, char qorincha bilan 
aorta o'rtasida, o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida yarim oysimon 
klapanlar joylashgan bo'ladi. Ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi. 
Yurak kameralari orqali 1 minutda katta odamda 5 litr qon o'tadi.
Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, 
arteriya qon tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha 
va qorinchalarining devorlaridagi muskullarning ritmik ravishda qisqarishi va 
kengayishi orqali amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalarning qisqarishi sistola, 
kengayishi diastola deyiladi. Yurakning bo'lmacha va qorinchalarining bir marta 
qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Sistola 0,3 sek, diastola 
0,5 sek davom etadi. Katta odam yuragi tinch holatda 1 minutda 70-72 marta ish 
siklini bajaradi. Har bir ish sikliga 0,8 sek sarflanadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish