O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti


 So’z uslublari va undan foydalanish



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana02.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#525214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
32 Jismoniy tarbiya metodlari

1.2 So’z uslublari va undan foydalanish. 
Ta’lim metodlari tavsifi 
- O’quvchilarning bilimdlarini oshirish, malaka va 
ko’nikmalarni egallash uchun ta’lim metodlari 
uch guruhga ajratiladi.
Har bir 
guruh bir necha xil metodlarni o’z ichida mujassamlashtirgan. Mujassamlashtirilgan 
metodlarning ta’lim jaraenidagi o’rniga ko’ra so’zdan foydalanish, ko’rgazmali xis 
qilish va amaliy metodlar deb guruhlanadi va ulardan pedagogik jarayonda keng 
foydalaniladi.
Uch guruhdagi metodlarning mavjudligi orqali o’quvchinining o’zlash tirilgan 
faoliyati bilan organizmning turli analizatorliri tizimi yordamida tanishtirish 
ta’minlanadi: o’quvchi eshitadi, uqadi, o’zi harakat jarayonini xis qiladi. Ishga 
ikkala signal sistemasi jalb qilinadi. Harakat faoliyatini o’qitishda amaliy metodlar 
muxum ahamiyat kasb etadi. Birinchi ikki poydevor qursa, uni qurib bitirish - ya’ni 
harakat faoliyatining ijrosi u yoki bu usul orqali amalga oshiriladi.


 
So’zdan foydalanish usullari - O’qituvchi o’z faoliyatini asosan so’z 
yordamida (konstruktivlik, tashkilotchilik, izlanuvchanlik) amalga oshiradi, 
shuningdek o’quvchilar bilan o’zaro muloqat va munosabat o’rnatadi. So’z ta’lim 
jarayonini faollashtiradi, aytarli to’la va aniq tasavvurning shakillantiradi, ta’lim 
ning vazifasini chukurrok xis qilish va fikrlashga yordam beradi. So’z yordamida 
o’qituvchi o’quv materialidan foydalanadi, uning o’zlashtirilishi natijasini baxolaydi 
va tahlil qiladi, bu bilan o’quvchini o’z-o’zini baxolashga o’rgatadi. Va nihoyat, so’z 
bo’lmaganda, o’qituvchi ta’limning barcha jarayoniga xos xolatni va o’quvchining 
xulqi yurish-turishi boshqa shu kabi jarayonlarni boshqara olmagan bo’lar edi. 
Shunday qilib, o’qituvchi So’zning ikki funksiyasidan foydalanish imkoniga 
ega: birinchidan - ma’nosi orqali ukitilayotgan material ning mazmunini ifodalash; 
ikkinchidan emotsionalligi - o’quvchi xissiyotiga ta’sir etishi.
So’zning ma’nosi harakat vazifasini amalga oshirish uchun Aniq va 
o’quvchilar tushunarli bo’lishi lozim. B.A. Ashmarin (1979) shu yunalish buyicha 
kuyidagi uslubiy tavsiyalarni taqlif etadi.
1. So’z ma’nosining mazmuni o’quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga 
muvofiqlashgan bo’lishi. Yangi harakat faoliyatini o’zlashtirishdan avval dastlabki 
O‘qitishning metodlari 
Amaliy metod 

qat’iy 
regla-
mentlashtirilgan 
mashq metodi. 
- qismlarga bo’lib 
o’rgatish. 

bir 
butunligicha 
urgatish. 
- qisman reglamen-
tlashtirilgan 
mashq 
metodlari. 
- o'yin metodi. 
- musobaqa metodi. 
Suzdan (nutk) 
foydalanish 
metodlari. 
- suxbat,
- tushuntirish 
- baxo 
- buyruk. 
- topshirik. 
- xikoya . 
- ifodalash. 
- muxokama. 
- ko'rsatma. 
Ko’rgazmalilik 
metodi. 
- ko’rsatish. 
- plakatlar. 

doskaga 
chizib 
ko’rsatish. 
- kinofilmlar. 
- namoyish etish 
- rang va tovush 
signallari. 
- maketlar, modellar. 


tushuntirishdan foydalanish, eng avval harakat faoliyati asosini anglash va so’ng 
harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.
2. So’zdan foydalangan holda o’zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini 
o’qtirish. Masalan, bolalar tirmashib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari 
sababli, ko’pincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni 
o’rganish hohishni pasayishga olib keladi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari 
so’zlab berilsa, o’zlashtrishdagi salbiy munosabatni yuqqa chiqarish mumkin. 
3. So’zning harakat faoliyatidagi alohida harakatlarning o’zaro bog’liqligini 
aniqlashda keraqligi. Buni, ayniqsa, yo’llanma beruvchi mashqlarni bajarishda 
yoddan chiqarmaslik lozim. Bu mashqlar aytarli emotsional bo’lmay, ularni 
o’zlashtirilayotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog’liqligini anglash kerak ligi 
talab qilinadi.
4. O’qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so’ziga katta 
ahamiyat berish, asosiy zo’riqish talab qilinadigan daqiqalarini tushunish. Bu 
maqsadda ko’pincha ko’rsatma bilan aytish tarzidagi so‘zlar, iboralar (“qo’llarni”, 
“boshni”,va.x.k.)dan foydalaniladi.
5. So’z obrazli bo’lishi kerak, bu uning ko’rgazmaliligini oshiradi va 
o’quvchilarga ancha tushunarli qiladi. O’quvchilar bilimlari va harakat tajribasini 
hisobga olgan holda, o’qituvchi qo’yilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan 
keraqli daqiqalarga o’quvchi diqqatini qaratishi mumkin. 
6. O’quvchilarga ular avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari haqida 
(tuzatishga to’g’ri kelib qolgan payitlar bundan mustasno) gapirish maqsadga 
muvofiq emas. Agar o’qituvchi o’quvchining avtomatlashgan harakatlari haqida 
gapirsa, o’quvchi ijro vaqtida harakatni usha fazalari ustida o’ylaydi, natijada 
avtomatlashgan harakatlar tarkibida o’zilishlar sodir bo’ladi. 
Jismoniy bilimlarni egallashda terminlarning ham muhim ahamiyati bor. 
Terminlar o’quvchilarga o’zlari uchun yangi bo’lgan tushuncha va tasavvurlariga 
so’z orqali urg’u beradi. Tanish tushunchalarni aniq ajratish, o’qituvchiga esa umum 
qabul qilingan tushunchalar - so‘zlar bilan tushuntirishni osonlashtiradi. Nihoyat 


o’qituvchi va o’quvchi orasida qisqa, keng ma’noli so‘zlarning ma’lum ma’nolari 
asosida o’zaro tushunish – muloqat vujudga keladi. 
Terminlarda kasbning tarixi aks ettiriladi, masalan, gimnastikada ko’proq 
chexlar, shvedlarning atamalari; futbolda, tennisda, boksda inglizcha; qilichbozlikda 
ko’pincha franso’zcha atamalar, so‘zlar ko’p uchraydi. Hozirgi kundagi chet el 
terminlarini o’zbek tiliga tarjima qilish, milliy atamalarimiz bankini yaratish 
jismoniy tarbiya nazariyasining eng yirik muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. 
Hozirgi zamon terminlari va atamalarini yaratilishiga quyidagi talablar 
qo’yilmoqda(V.V. Belinovich, 1958). 
1. Atama yoki termin ko’rsatuvchan bo’lishi lozim, ya’ni mashq texnikasining 
asosini ifodalasin. Shundagina ular o’zlari uchun xos bo’lgan mazmunni 
egallaydilar. 
2. Atama aniq bo’lishi kerak. Bu talabni bajarish jismoniy mashq harakterini 
shunchalik aniq aks etirilishi kerakki, uni tushuntirish va izohlashga xojat qolmasin. 
Bu o’qituvchi va o’quvchilar muloqati - fikr almashinuvini aytarli darajada qisqa va 
tushunarli qiladi.
3. Atamalar qisqa bo’lishi kerak. Agar bu talab bo’zilsa terminlarni qo’llash 
ifodalashga aylanib qoladi. Qisqalik juda ham aniq so’z topib ishlatishni talab qiladi.
4. Atama tushunarli bo’lishi lozim. Atamalar ta’lim jarayoni ning tiliga 
shunday aylanishi mumkinki, agarda, kullanilayotgan so’z – atamalar o’quvchini 
tushunish kuchiga yarasha bo’lsa hamda ularda umumiy qabul qilingan adabiy tilda 
vosita sifatida qo’llansa. 
So’zning emotsionallik xizmati o’quv va tarbiyaviy vazifalarni xal etishda 
muhim ahamiyatga ega. Emotsional jixatdan rango-ranglik so’zning ta’sir kuchini 
oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o’qituvchining o’z faniga, o’quvchiga 
bo’lgan munosabatini bildiradi, o’quvchi qiziqishini oshiradi, o’z yutugiga 
ishontiradi qiyinchiliqlarni yengish uchun ishonch tug’diradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so’zdan doimo foydalaniladi. Jismoniy 
tarbiya jarayonida uni qo’llash o’ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. 


Aytib berish (xikoya) o’quvchi faoliyatini o’yin tarzida tashkillash uchun 
ko’pincha o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi.
So’zda ifodalash - bu harakat faoliyati xususida tasavvur xosil qilish usuli 
bo’lib, faoliyatning harakterli belgilari sanaladi, so’z orqali nima qilish lozimligi 
tushuntirilib, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi aytiladi. Undan dastlabki 
- birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o’zlashtirishda 
o’quvchining harakat tajribasi va bilmidan foydalanishda qo’llaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabatning muhim usullaridan 
biri bo’lib, u asosiy “nima uchun?” degan savolga javob beradi.
Suxbat bir tomondan, faollikni oshiradi, o’z fikrini aytish malakasini 
shakillantiradi, boshqa tomondan, o’qituvchiga o’z o’quvchilarining bilish, 
bajarilgan ishni baxolash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o’qituvchining 
o’quvchilarga bergan savollari va ularga o’quvchilarning javoblari yoki o’z dunyo 
qarashlarini erkin gapirib berish, o’rtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi. 
Muhokama suxbatdan faqat biror vazifani bajarilagndan so’ng o’tkazilishi 
bilan farq qiladi. Muhokama bir tomonlama bo’lishi mumkin - agar u o’qituvchi 
tomonidan o’tkazilsa, ikki tomonlama bo’lishi mumkin - o’quvchilar ishtiroki bilan 
o’tkazilsa.
Topshiriq dars oldidan vazifa qo’yish yoki dars davomida xususiy vazifa 
qo’yishni nazarda tutadi. Vazifaning birinchi shaqli shu bilan harakterlanidiki, 
o’qituvchi vazifa bajarishning barcha usullarini tushuntiradi. O’quvchilarga talab 
qilinganlarni faqat bajarish vazifasi qoladi xolos. Ikkinchi shaqli o’quvchilar uchun 
nisbatan kiyinroq bo’lib ular o’qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni 
xal qilish, yechishni mustaqil qidirishga majbur bo’ladilar.
Baxolash harakat faoliyatining bajarilish tahlili natijasidir.
Ko’rsatma qisqaligi bilan ajralib turadi va so’zsiz bajarishni talab qiladi. Bu 
o’quvchi diqqatini faqat vazifani bajarish lozimligi va bir vaqtning o’zida uni 
bajarish mumkinligiga qaratadi, o’quvchi ishonchini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Ko’rsatma orqali o’quvchi vazifani xal etishning aniq muljalini, shunigdek, xech bir 
asoslashsiz xatolarni tuzatish usullarini oladi. 


Komanda - jismoniy tarbiya jarayonidagi xususiy va eng ko’p tarqalgan 
so’zdan foydalanish metodi. U faoliyatni so’zsiz bajarish, harakatni tugatish yoki 
tempni o’zgartirish buyrug’i shaqlidir. Safdagi komandalar (armiyada, darsda va 
boshqa Mashg’ulotlarda qabul qilingan), maxsus xakamlikdagi replika (so’z 
tashlash)lar, start olish komandalari va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
komandalar qo’llanilmaydi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda esa komanddalar 
cheklangan bo’ladi. Komandalarning samaradorligiga so’zni zarur urg’u bilan 
talaffo’z eta bilish, nutq va o’quvchilar harakati ritmini xis qila olish va rivojlan 
tirish, ovoz toni va kuchini o’zgartira olish qobiliyati, qaddi-qomatning chiroyliligi, 
qo’llarning ifodali harakatlantira olish hamda o’quv chilarning yuqori darajadagi 
intizomi ta’sir etadigan vositalardan sanaladi. 
Sanoq kerak bo’lgan harakat tempini yo’lga qo’yishda foydalanila di. U bir 
necha usullar orqali amalga oshiriladi; ovoz bilan hisoblashish (“bir, ikki, uch, 
to’rt!” ), bir bo’g’inli so‘zlar qo’shib sanash (“bir- ikki-nafas oling !”) va nihoyat, 
turli xil qo’shib sanashlar, qarsak, ritm bilan ovoz borish va xokazolar. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish