Vint sirt — qoʻzgʻalmas oʻq atrofida oʻzgarmas burchak tezlik bilan aylanuvchi va ayni vaqtda shu oʻq boʻylab oʻzgarmas tezlik bilan ilgarilama harakatlanuvchi tekis chiziq hosil qiladigan sirt. Harakat qiluvchi tekis chiziq toʻgʻrn chiziq boʻlsa, u chizgan V. s. gelikoid deyiladi. Xususiy holda harakatlanuvchi toʻgʻri chiziq oʻqni toʻgʻri burchak ostida kessa, toʻgʻri gelikoid hosil boʻladi.
Vint sirti- yasovchi chiziqning o’q atrofida vitsimon aylanma va ilgarilanma harakat qilishi natijasida hosil bo’ladigan sirt vint sirt deyiladi. Yasovchi to’g’ri chiziq bo’lsa, vint sirti chiziqli bo’ladi. Chiziqli vint sirtlari me‘morchilikda aylanma zinalarda va ichki bezaklarda kengroq tarqalgan. Vint sirtining o’qi bilan yasovchi to’g’ri chiziq orasidagi burchakka qarab, vint sirtlari to’g’ri va og’ma bo’lisi mumkin. Yasovchi bilan o’q kesishgan bo’lsa, sirt ochiq sirt bo’ladi. Gelikoid yoki vintsimon konoid sirti- kesmaning berilgan o’q atrofida vintsimon harakat qilish natijasida hosil bo’lgan sirtga aytiladi. Kesmani uchi o’q bo’ylab suriladi va boshqa nuqtalari vintsimon harakat qiladi. Vintsimon sirtni yasash, uchun, nuqtaning traektoriyasini yasash kifoya va hosil bo’lgan sirtga 100 vintsimon konoid sirt deyiladi.Vintsimon konoid sirti texnikada profile rezbasi to’g’ri burchak yoki trapetsiya bo’lgan vintlarda, gaykalarda, muftalarda, sochiladigan va shunga o’xshash materiallar uchun mo’jallangan vintli transportyorlarning hamma turlarida ko’p ishlatiladi. Me‘morchilikdagi vintsimon aylanma zinalarda konoid singari karkasga ega bo’lgan qisimlarini misol qilish mumkinTors epyurda o‘zining (fazoviy l egri chiziq) qaytish qirrasining proeksiyalari bilan beriladi (5.1,a,b-shakl)
1.2. Sirt va sirtlarning kinetic usulda berilishi.
Umumiy ma'lumotlar
Biror chiziqning fazodagi uzluksiz harakati natijasida turli sirtlar hosil qilish
mumkin. Sirtlarning hosil qilishning turli usullari ma'lum.
Yasovchilarning turiga qarab egri chiziqli yasovchi hosil qilgan sirt egri
chiziqli sirt (1-rasm), to'g'ri chiziqli yasovchi hosil qilgan sirt chiziqli sirt (2-rasm) deb
ataladi. Sirtlar hosil bo'lish jarayoniga qarab qonuniy va qonunsiz sirtlarga bo'linadi.
Sirtning hosil bo'lishi biror matematik qonunga asoslangan bo'lsa, bunday sirt
qonuniy sirt deyiladi. Doiraviy silindr, konus, sfera kabi ikkinchi tartibli sirtlar bunga misol bo'la oladi.
3-rasm.
Sirtning hosil bo'lishi xech qanday qonunga asoslanmagan bo'lsa, bunday sirt
qonunsiz sirt deb ataladi. Bunga topografik (3-rasm) va empirik (tajriba asosida
olingan) sirtlar (4-rasm) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |