Alkaloidlar. Geterotsiklik azotli organik moddalar. Ular achiq ta’m beradi. Hujayra shirasida tuzlar
shaklida uchraydi va ishqoriy xossaga ega. Odatda rangsiz, ba’zan rangli bo’ladi. Alkaloidlar
yuksak o’simlik hujayralari uchun xos boshqa organizmlarda juda kam uchraydi.
Glikozidlar. Shakarning spirtlar, aldegidlar, fenollar yoki boshqa moddalar bilan birikishidan hosil
bo’lgan tabiiy moddalar guruhi. O’simlikdan olinadigan bir necha glikozidlar tibbiyotda
foydalaniladi. Glikozidlarga hujayra shirasidagi pigmentlar – flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri
antotsianlar hujayra shirasiga qizil, ko’k yoki binafsha rang beradi, ikkinchisi flavonlar sariq rangga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |