O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi


-rasm. Jo’ka poyasining har xil darajadagi ko’ndalang kesimi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   260
Bog'liq
botanika

 
-rasm. Jo’ka poyasining har xil darajadagi ko’ndalang kesimi. A- prokambiy xosil bo’lish bosqichi; B – 
kambiy  hosil  bo’lishi;  V  –  shakllangan  tuzilishi;  I.1-prokambiy;2-epiderma  qoldiqlari;  3-po’kak;  4-
kollenxima; 5-po’stloq parenximasi; 6-endoderma; 7-peritsiklik zona; 8-birlamchi flozma; 9-lub tolalari; 10-
elaksimon  naylar;  11-o’zak  nur;  12-kambiy;  13-kuzgi  yog’ochlik;  14-bahorki  yog’ochlik;  15-ikkilamchi 
yog’ochlik; 16-birlamchi yog’ochlik. 
 
Boylamli  tur.  Bunday  tuzilish  poyaning  birlamchi  tuzilishida  bir-biridan  ajralgan  o’tkazuvchi 
boylamlarga  ega  bo’lgan  o’simliklar  sebarga,  tok  uchun  xosdir.  Ikkilamchi  tuzilishga  o’tishda 
kambiy  ikkilamchi  yog’ochlik  va  ikkilamchi  lublarni  hosil  qiladi.  O’tkazuvchi  boylamlarni  bir-
biridan  ajratib  turuvchi  asosiy  to’qima  hujayralari  boylamlararo  kambiyni  hosil  qiladi.  U  o’z 
navbatida  o’zak  nurlari  parenximasiga  ajraladi.  Shuning  uchun  ham  yaxlit  kambiy  halqasi  hosil 
bo’lishiga  qaramay  o’tkazuvchi  boylailar  ikkilamchi  tuzilishida  ajralgan  holda  qoladi.  Ba’zi 
o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha sust rivojlangan. 
Oraliq  tur.  Bu  ham  dastlab  ajralgan  boylamlarga  ega  bo’lgan  poyali  o’simliklar  uchun  xarakterli 
bo’lib, keyinchalik boylamli kambiyning faollik ko’rsatishi hisobiga yaxlit kambiy halqasi vujudga 
keladi.  Oraliq  turning  muhim  xususiyati  shundan  iboratki,  bunda  ikkilamchi  yog’ochlik  va 
ikkilamchi lublar faqat boylamli kambiydan emas, balki boylamlararo kambiydan hosil bo’ladi. Bu 
o’z  navbatida  yangi  ikkilamchi  o’tkazuvchi  boylamlarni  keltirib  chiqaradi.  Barcha  boylamlarni 
sekin-asta o’sishi natijasida ular qo’shilib bir butun yog’ochlik bilan lubni ajratib turuvchi kambiyli 
halqa (kungaboqar, loviya) shakillanadi, ya’ni boylamli turdan boylamsiz turga o’tish kuzatiladi. 
Boylamsiz  (halqali)  tur.  Mazkur  tur  poyaning  birlamchi  tuzilishida  yog’ochlik  va  lub  halqasimon 
joylashgan o’simliklarda (zig’ir, tamaki) kelib chiqadi. Ikkilamchi meristematik kambiy ham yaxlit 
halqa  shaklida  hosil  bo’ladi  va  ikkilamchi  yog’ochlik  hamda  lublarning  halqalarini  vujudga 
keltiradi. 
Po’stloq tarkibiga kambiyning tashqarisida joylashgan barcha to’qimalar kiradi. Po’stloqning tashqi 
qavatlari  periderma  hisoblanib,  u  po’kak,  po’kak  kambiysi  va  fellodermalardan  tashkil  topadi. 
Ba’zan po’kak yuzasida epiderma qoldiqlari kuzatiladi. U ham keyinchalik tushib ketadi. Periderma 
ostida  o’sish  konusidagi  birlamchi  meristemaning  ajralishi  natijasida  hosil  bo’lgan  birlamchi 
po’stloq  elementlari  joylashadi.  Uni  kollenxima,  xloroplastlar,  krkxmal  donachalari  va  druzlarga 
ega  bo’lgan  asosiy  parenxima  hujayralari  kiradi.  Poyaning  markaziga  yaqinroq  joyda  kambiy 
faoliyati  natijasida  hosil  bo’lgan  ikkilamchi  po’stloq  ajratiladi.  Ikkilamchi  po’stloqda  trapetsiya 
shaklida  lub  tolalari  bilan  elaksimon  naylar  yo’ldosh  hujayralar  va  lub  parenximasi  bilan 
navbatlashgan  lub  bo’laklari  ko’rinib  turadi.  Elaksimon  naylar  daraxt  poyalarida  2  –  3  yil  faolik 


 
50 
ko’rsatadi, keyinchalik u moddalarni o’tkazish xususiyatini yo’qotadi va yangisi bilan almashinadi. 
Lub  uchastkalari  orasidan  asosiy  parenxima  hujayralardan  tashkil  topgan  birlamchi  va  ikkilamchi 
o’zak  nurlari  o’tadi.  Ularning  hujayralari  ko’pincha  kraxmal,  moy,  shakar  kabi  oziq  moddalarni 
saqlaydi.  O’zak  nurlari  orqali  poyaning  o’zagi  bilan  chekka  qismlarida  joylashgan  to’qimalar 
(po’stloq) bilan aloqa bog’lanadi. 
Yog’ochlik.  U  naylar,  traxeidlar,  yog’ochlik  parenximasi  va  libriformdan  iborat.  Yog’ochlikdan 
ham o’zak nurlari o’tgan bo’ladi. Yog’ochlik parenximasi va o’zak nurlarida zapas oziq moddalar 
to’planadi. Kambiyning bir me’yorda ishlamasligi natijasida yog’ochlikni hosil qiluvchi hujayralar 
bahorda hosil bo’ladi, ya’ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi. Keyinchalik mayda va 
yupqa  devorli  hujayralar  kelib  chiqadi.  Yog’ochlik  hujayralari  smolalar,  dubil  moddalar,  efir 
moylari  kabilarni  shimib  olib  ma’lum  rangga  bo’yaladi.  Ana  shunday  yog’ochlikning  faollik 
ko’rsatmay  qolgan  markaziy  qismi  yog’ochlikning  mag’zi  deb  ataladi.  Yog’ochlikning  bevosita 
kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni o’tkazish vazifasini bajarib, uni 
zabolon deyiladi. Zabolon yadro qismiga nisbatan rangsiz bo’lishi bilan yog’ochlikda ajralib turadi. 
O’zak. O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil moddalar to’plangan va 
asosiy to’qimadan iboratdir. 
Daraxt  va  o’t  o’simliklarning  poyalari  umrining  uzun-qisqaligiga  ko’ra  bir-biridan  keskin  farq 
qiladi.  O’t  o’simliklarning  yer  ustki  novdalari  odatda  bir  yoki  ba’zan  2  –  3  yil  hayot  kechiradi. 
Daraxt  o’simliklar  poyasi  bir  necha  yil  yashaydi,  asosiy  poyasi  tana  hosil  qiladi.  Butalarda  esa 
ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish