54
yoki to’rsimon tomirlanishlar uchraydi. Tomirlarning vazifasi suv va unda erigan mineral hamda
oziq moddalarni poyadan barglarga yoki aksincha, barglardan poyaga o’tkazishdan iboratdir.
Bundan tashqari u bargga tayanch mustahkamlik beradi va turli tashqi mexanik ta’sirlardan
(yomg’ir, do’l va boshqalardan) muhofaza qiladi.
Ko’pchilik o’simliklarning bargi poyaga bandi yordamida birikadi. Bunday barglar bandli barglar
deyiladi. U nisbatan uzun (tog’terakda) yoki qisqa (tollarda) bo’lishi mumkin. Barg bandi mexanik
tayanch vazifasini bajarishdan tashqari interkalar o’sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi, barg
yaprog’ini yorug’lakka tug’rilab turadi.
Ko’pchilik o’simliklarda barg bandi asosida maxsus o’simtalar bo’ladi. Bu o’simtalar
yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o’lchami va vazifalari turli o’simliklarda turlicha bo’ladi.
Shakl jihatidan mazkur bargchalar tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon
ko’rinishlarda uchraydi. Yonbargchalar odatda ikki pallalio’simliklar uchun xosdir. Poya va
ildizlardan farq qilib barg dorzoventral tuzilishida bo’ladi.
Epiderma bargning qoplovchi to’qimasi hisoblanib, u transpiratsiya va gaz almashinuvi boshqaradi.
Hamma o’simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan. Bu hol ayniqsa
qurg’oqchil sharoitda o’suvchi o’simliklar bargida yaxshi ifodalangan, ya’ni epiderma
hujayralarning tashqi tomoni kutinlashgan va uning ustidagi kutikula qavati ham juda qalin bo’ladi.
Barg etini ko’pchilik hollarda
mezofill deyilib, uning hujayralari o’lchami va shakliga ko’ra turli xil
bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklarda ular o’zaro zich joylashgan hujayralarning bir necha qavatidan
iborat. Ular barg yuzasiga perpendikulyar joylashib,
polisad yoki
ustunsimon parenxima deb
ataladi
. Ularning hujay-ralarida juda ko’plab xloroplastlar bo’ladi. Ustunsimon parenxima ostida
tarkibida xloroplastlari kam bo’lgan noto’g’ri shaklli hujayralardan iborat g’ovak to’qima
joylashadi. Uning hujayralararo bo’shlig’i keng bo’ladi, ayniqsa ular suv o’simliklarida kup
uchraydi va bu o’simliklar bargini suv yuzida suzib yurishiga yordam beradi. Barg etini tashkil
etuvchi bu ikkala to’qima assimilyatsiya vazifasini bajaradi va shu sababli
assimilyatsion to’qima
deb ataladi. Serquyosh sharoitda o’simliklarda mezofill hujayralarning aksariyati cho’ziq shaklda
bo’lib, ular ustunsimon parenximani hosil qiladi. Salqin joylarda o’sadigan o’simliklarda esa bu
to’qima mutlaqo bo’lmaydi yoki kam uchraydi. Bu holni hatto bitta daraxtning turli shoxlaridagi
bargida ham kuzatish mumkin. Xususan, ustunsimon parenxima janub tomondagi barglarda yaxshi
rivojlanib shimol tomondagilarida sust ifodalangan bo’ladi. Buning sababi shuki, ustunsimon
to’qimaning hujayralari yorug’lik ta’sirini tartibga solib turadi. Ya’ni, yorug’lik ta’siri kuchli
bo’lganda xloroplastlar ustunsimon parenxima hujayralarining pastki uchida, o’rtacha bo’lganda
hujayralarning yon devorlariga yaqin joyda, kam bo’lganda esa hujayralar epidermis ostidagi yuqori
uchida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: