53
ikki marotaba patsimon murakkab barg, uch karra panjasimon murakkab va boshqa tipida bo’lishi
mumkin.
Barglarning tomirlanishlari. Barg yaprog’i juda ko’p marotaba tarmoqlangan o’tkazuvchi naylar
boylami tizimiga ega bo’lib, ularni barg tomirlari deyiladi. Barg tomirlari ochiq yoki yopiq bo’lishi
mumkin. Ochiq tomirlarda tomir uchlari barg qirrasi yaqinida ikkiga ajralib tugab, o’zaro birikmasa
uni dixotomik shoxlanish tipi deb ataladi. Yopiq tipdagi tomirlanishda esa o’tkazuvchi naylar
boylami ko’p marotaba o’zaro birlashib to’rsimon tomirlanishni vujudga keltiradi. To’rsimon
tomirlanish patsimon va panjasimon kabi tiplarga bo’linishi mumkin. Bir pallali o’simliklarga
parallel va yoysimon tomirlanish tiplari xosdir).
Do'stlaringiz bilan baham: