Oqsillar. Hujayraning turli organellalarida amorf va kristall shakllarda hosil bo’ladi. Ko’pincha
ularni yadroning nukleoplazmasida, perinuklear bo’shliqda, ba’zan oqsil kristallarining
gialoplazmasida (kartoshka tugunagi, liliya), plastidalar tanasida (bir pallali o’simliklarning
elaksimon naylarida, loviya ildiz hujayralaridagi leykoplastlarda), endoplazmatik to’rning
kengaygan sisternlarida (karamdoshlarning ildiz hujayralarida yalpiz bargidagi bezlarda)
mikrotanachalar asosida, mitoxondriyalarda hamda vakuolalarda uchraydi. Kristall oqsil
tanachalariga murakkab oqsillar deyiladi. Ular ayniqsa, moy beruvchi o’simliklar urug’lari (zig’ir,
kungaboqar, qovoq, xartol, kanakunjut va boshqalar) uchun xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |