Mikrosporalar. Mikrosporalar mikrosporaning ona hujayrasini meyoz bo’linishi natijasida paydo
bo’ladi. Bu jarayon ikki tipda amalga oshadi:
1) Suktsessiv tip – yadro avval ikkiga bo’linadi va hujayralar orasida to’siq paydo bo’ladi. So’ngra
qiz hujayralarni yadrosi yana ikkiga bo’linib tetrada hosil bo’ladi (bir pallali o’simliklar).
2) Simultant tip – yadroning birinchi bo’linishida hujayralararo to’siq paydo bo’lmaydi balki ular
yana ikkiga bo’linib, avval to’rtta yadro hosil bo’ladi, keyinchalik ular o’rtasida hujayralararo to’siq
paydo bo’ladi (ikkipallali o’simliklarda).
Ko’p vaqtda yadroning tetrada bosqichi juda qisqa vaqtda o’tib, mikrosporalar bir-birlaridan
ajraladilar, ba’zi o’simliklarda tetrada bosqichi changlar to’plamini hosil qilib saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |