O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   260
Bog'liq
botanika

 
Gulqo’rg’oni.  Gul  diagrammasi  gul  to’g’risida  ko’proq  ma’lumot  beradi.  Gul  diagrammasini 
belgilash uchun quyidagi belgilar qo’llaniladi: 
Kosachabarg – killi qavsdan iborat 
Gultojbargi – yarim oysimon qovus bilan 
Changchilar – changdonning ko’ndalang kesimining shakli bilan 
Urug’chi – tugunchaning ko’ndalang kesimi bilan 
Agar doiradagi gul qismlari o’zaro qo’shilgan bo’lsa, belgilar tutashtiriladi. 
Gulqo’rg’oni  oddiy  va  murakkab  bo’ladi.  Murakkab  gulqo’rg’oni  kosacha  barglar  ham 
tojbarglardan iborat bo’ladi. 


 
60 
Kosachabarglarning  hajmi  uncha  katta  bo’lmasdan  yashil  rangda  bo’lib  gulqo’rg’oning  tashqi 
doirasida  joylashadi.  Kosacha  barglar  ayrim-ayrim  yoki  qo’shilgan  bo’ladi.  Qo’shilib  o’sgan 
kosachabarglarda tishlari aniq ko’rinadi. Kosachabarglar  gul  g’uncha vaqtida ichki qismlarini turli 
tashqi  ta’sirlardan  saqlaydi.  Ba’zi  usimliklarda  gul  ochilganda  kosachabarglar  to’kilib  ketadi  (lola 
qizg’oldoq).  Labguldoshlarda  gul  ochilgandan  keyin  ham  saqlanib  qoladi.  Ba’zi  o’simliklarda 
bajaradigan vazifasiga qarab kosacha turli ranglarda bo’ladi (oq, qizil). Ba’zi o’simliklarda qisqarib 
ketgan  (soyabon,  guldoshlar).  Murakkab  guldoshlarda  kosachabarglar  mevalarning  tarqalishiga 
yordam beradi. 
Tojbarg.  Tojbarg  gulqo’rg’oning  ichki  aylanasini  tashkil  etib,  kosachadan  ochiq  rangi  va  kattaligi 
bilan farq qiladi. Gulning o’lchami tojbarglarning o’lchamiga to’g’ri keladi. Tojbarglar ayrim yoki 
qo’shilgan  bo’ladi.  Qo’shilgan  tojbarglarda  tishchalar  mavjud  bo’lib,  tishchalar  tojbarglar  soniga 
teng bo’ladi. 
Qo’shilgan  tojbarglar  naysimon  bo’lib,  uzunligiga  qarab,  dolixomorf,  mezomorf,  braximorf 
tiplarida  bo’ladi  (Dolixomorf  –  naycha  uzun,  mezomorf  -  o’rta,  braximorf  -  qisqa).  Naychaning 
uzunligi,  changlanish  bilan  bog’liq.  Gulning  simmetriyaligi  tojbarglarning  tuzilishiga  qarab 
aniqlanadi, masalan, aktinomorf, zigomorf gullar.  
Gullarda pixlarning paydo bo’lishi. Pix – gultojbarg asosidagi cho’ziq o’simtadir. Ba’zi o’simliklar 
oilalari  vakillarini  gullarida  pixlarning  hosil  bo’lishi  changlanishga  moslanish  xususiyatlaridan 
biridir  (ko’knoridoshlar,  ayiqtavondoshlar  va  boshqalar).  Pixning  paydo  bo’lishi  asalshira  ajralish 
bilan  bog’liq.  Gulning  ichki  tamoni  bo’sh  bo’lib,  asalshira  pixning  devorlaridan  yoki  ichki 
tamonidagi asalshira bezlaridan ajraladi. 
Guldagi changchilar to’plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuz bo’lishi 
mumkin.  Masalan,  gulsapsarda  –  uchta,  murakkabguldoshlarda  beshta;  piyozguldoshlarda  oltita, 
kapalakguldoshlarda  o’nta,  itgunafshada  ikkita,  tolda  bitta.  Changchilarning  soni  shu  usimlik 
uchun, shu turkum uchun doimiydir. Chang iplarining uzunligi va holati bitta gulda turlicha bo’lishi 
mumkin.  Masalan,  karamguldoshlarda  to’rttasi  uzun,  ikkitasi  kalta;  labguldoshlarda  ikkita  uzun, 
ikkita kalta; kapalakguldoshlarda to’qqiztasi asosi bilan qo’shilgan, bittasi ayrim. 
Changchilar  –  changchi  ipidan  va  changdondan  tashkil  etgan.  Changdon  ikkiga  bo’lingan  bo’lib, 
bir-bir  bilan  bog’lovchi  orqali  ajratilgan.  Bog’lagich  changchi  ipining  davomi  bo’lib  hisoblanadi. 
Har  bir  bo’lak  (teka)  ikkita  chang  uyasidan  tashkil  topib,  ichida  mikrosporalar  yetiladi.  Chang  ipi 
juda uzun bo’lishi va juda kalta bo’lishi mumkin. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish