O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Harakatlar (lokomotor) sifatlarining tavsiflari



Download 2,34 Mb.
bet42/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

1. Harakatlar (lokomotor) sifatlarining tavsiflari
Harakatlar sifatlarining asosiylari – kuch, tezlik, chidamlilik, qayishqoqlik va chaqqonlik. Ushbu sifatlarga A.A.Ter–Ovanesyan tomonidan quyidagilar qo‘shilgan: muvozanatning mustahkamligi, mushaklarni erkin bo‘shashish qobiliyati, bir maromdalik, sakrovchanlik, harakatlarning mayinligi, muvofiqlashganlik.
Mushak qisqarishlari mexanikasi. Mushak to‘qimasi tinch holatda, eng oddiy xususiyatlarga ega bo‘lgan ѐpishqoq-qayishqoq material sifatida namoѐn bo‘ladi. Mushakning eng qiziq xususiyati – bu, uning qisqarish qobiliyatidir. Optimal uzunlikdagi mushak rivojlantira oladigan maksimal kuch, uning ko‘ndalang kesimining 1 sm2 ga 2·106 din atrofida tashkil qiladi.
Agar, qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi kuch katta bo‘lmasa, mushak nafaqat kuchliroq kaltalashadi, balki tezroq qisqaradi ham. Agarda, qisqaraѐtgan mushak t vaqt birligida l uzunlikka ega bo‘lsa, uning kaltalanish tezligi: (―minus‖ uzunlikning kamayishini bildiradi) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bunda F – mushak yengadigan kuch, F1 – mushakning kaltalanish tezligi o‘lchanadigan uzunlikdagi mushakning maksimal kuchi, d va v – konstantalar. Konstanta d mushakning 1 sm2 ko‘ndalang kesimiga 4·105 din atrofida teng bo‘ladi, konstanta v esa, turli mushaklar uchun har xil (A.N.Hill, 1956). Shuni aytish lozimki, qisqarishga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch bo‘lmaganda ham mushak chegaralangan tezlik bilan kaltalashadi: agar F = 0 bo‘lsa, unda

Agar, mushakning uchlarini harakatlanmaydigan qilib qotirib qo‘yilsa va uni qisqarishga majbur qilinsa, unda qisqarishning maksimal kuchi mushakning uchlari oralig‘idagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. Agar, masofa mushak tinch holatda bo‘lgan paytdagidan kichik bo‘lsa, ushbu kuch kamayadi. Agar, mushak uchlari o‘rtasidagi masofa mushak tinch holatidagi uzunligidan katta bo‘lsa ham qisqarish kuchi kamayadi. Qisqarish kuchi deganda, qo‘zg‘alish paytida mushak rivojlantiradigan umumiy kuch bilan mushak normal uzunligidan yuqori darajada cho‘zilishi bilan belgilanadigan qayishqoq tiklovchi kuch o‘rtasidagi farq nazarda tutiladi.
Kuchning uzunlikka bog‘liqligi ajratilgan ko‘ndalang-targ‘il mushakning tolalarida ko‘rsatilgan.
Mushak tolasining ko‘ndalang chiziqlari mushak tortilganda bir-biridan uzoqlashadi va qisqarganda yaqinlashadi. Tolaning qisqarish kuchi bilan ѐnma-ѐn chiziqlar orasidagi masofa o‘rtasidagi bog‘liqlik grafik asosida 6.3–rasmda ko‘rsatilgan. Bo‘shashgan tolalarda ushbu masofalar 2,1 mk (1 mk = 10-4 sm) ga teng. Qisqarish kuchi 2,0 – 2,2 mk masofada o‘zining maksimumiga erishadi va bu kuch 100% deb qabul qilingan. Masofa 1,3 va 3,7 mk bo‘lganda ushbu kuch nolga teng bo‘ladi. Buni, ―sirpanuvchi tolalar nazariyasi‖ asosida tushuntirish mumkin.
Ko‘ndalang–targ‘il mushak tolasi, tarkibida ko‘p sonli fibrillalari bo‘lgan hujayralardan iborat bo‘lib, ularning o‘zi ham ko‘ndalang chiziqlarga ega. Fibrilla – aktin va miozin oqsillaridan tuzilgan ko‘ndalang iplardan iborat. Bu iplar, tolaning barcha uzunligi bo‘ylab qaytariladigan va oddiy mikroskopda ko‘rinadigan ko‘ndalang chiziqlar asosida ѐtadigan tuzilmani hosil qiladi. Aktin iplari ancha ingichka bo‘lib, ular v uchastkada ѐtadi. Ular, plastinka deb ataladigan ko‘ndalang to‘siqlar orqali o‘tadi. Miozin iplar qalinroq va ѐnbosh o‘simtalarga ega, bu o‘simtalar aktin iplariga birikib ko‘prikchalar hosil qiladi. Miozin ipining har birini o‘rtasida ѐnbosh o‘simtalari bo‘lmagan uchastkasi bor.
Mushak qisqarganda ѐki cho‘zilganda, aktin va miozin iplari bir-biriga nisbatan sirpanadi va ular qoplagan soha uzunroq ѐki kaltaroq bo‘lib qoladi.
Qo‘shni Z plastinkalar oralig‘idagi masofa har xil bo‘lganda (ya’ni, ko‘ndalang chiziqlar joylashish qalinligi turlicha bo‘lganda) iplarning bo‘shliqdagi nisbatini o‘zgaradi. Ushbu masofalar, bu yerda I–VI holatlar uchun ko‘rsatilgan bo‘lib, ularni ham mos ravishdagi raqamlar ostida kuzatish mumkin. Masofa 3.65 mk bo‘lganda (I–holat) aktin va miozin iplari bir–birlarini qoplamaydi va shuni kutish mumkinki, tola kuchni rivojlantirishga qodir bo‘lmaydi: haqiqatan ham bunday cho‘zilganda qisqarish kuchi nolgacha tushadi. Z plastinkalar bir-biriga yaqinlashgan sari aktin iplari miozin iplari o‘rtasidagi oraliqqa yanada chuqurroq o‘tadi va oxir–oqibat, masofa 2,2 mk (II–holat) bo‘lganda miozin iplardagi barcha ѐnbosh o‘simtalar aktin iplari bilan ko‘ndalang ko‘prikchalar hosil qilgan holda kontakt o‘rnatadi. Agarda, aynan shu ko‘prikchalar kuchning paydo bo‘lishiga mas’ul bo‘lsa, shuni kutish lozimki, holat I dan to holat II gacha bo‘lgan diapazonda, kuch, iplarning bir-birini qoplash darajasiga proporsional bo‘ladi (bu tadqiqotlarda isbotini topgan). Tola keyinchalik ham kaltalashganda, hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘prikchalarning soni o‘zgarmaydi va kuch, toki Z plastinkalar orasidagi masofa 2,05 mk gacha kamaygunga qadar (III–holat) doimiy bo‘lib qoladi. Ushbu momentda aktin iplari o‘zlarining uchlari bilan tutashadi va kuch kamayishni boshlaydi. Kuch, toki masofa 1,65 mk ga (V–holat) yetguncha, miozin iplarning uchlari Z plastinkalar bilan tutashguncha sekin-asta pasayishini davom ettiradi. Qisqarish davom ettirilsa miozin iplari ezilishi kerak: kuch yanada tezroq pasayadi va oxirida, umuman yo‘q bo‘ladi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish