O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Harakat reaksiyalarini kortikal nazorati



Download 2,34 Mb.
bet52/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

2. Harakat reaksiyalarini kortikal nazorati
Odam bosh miyasi katta yarim sharlarining po‘stlog‘i butun organizmning barcha harakat aktlarini boshqaradi. Po‘stloqning motor, premotor va boshqa sohalarida ham orqa miyaga (uning oraliq va motor neyronlariga) va xuddi shunday, ekstrakortikospinal tizimning yadrolariga ham efferent impulslarni yuboradigan neyronlar mavjud bo‘lganligi tufayli harakat aktlarini kortikal nazorat qilish mumkin. Harakatlarni kortikal nazorat qilishning muqarrar sharti – har bir konkret lahzada amalga oshirilaѐtgan harakatlarning bajarilishi (uning yo‘nalishi, kuchi, amplitudasi va h.k.) to‘g‘risida va uning natijalari to‘g‘risida axborotni yetkazadigan ko‘rish, vestibulyar, bo‘g‘im-mushak, taktil retseptorlardan, ya’ni gavda retseptorlaridan afferent impulslarning po‘stloqqa kelishi hisoblanadi. Bosh miya po‘stlog‘ining harakat sohalariga birlamchi va ikkilamchi motor va premotor po‘stloq kiradi. Po‘stloqning har bir uchastkasi, u ѐki bu harakatlarga mos keladi. Birlamchi harakatlar sohasi alohida mushaklarning qisqarishiga javob beradi. Ikkilamchi harakatlar sohasining qo‘zg‘alishi kamroq darajadagi diskret va lokallashgan harakat reaksiyalari bilan birga o‘tadi, ularga bosh, bo‘yin, tana va qo‘l-oѐqlarning murakkab harakatlari kiradi. Premotor po‘stloq lokomotor aktlarni nazorat qiladi, jumladan, artikulyatsiya paytida og‘iz va tilning harakatlarini, ko‘zlar va boshning muvofiqlashgan harakatlarini, qo‘llar va barmoqlarning nozik harakatlarini nazorat qiladi.
Piramidal tizimning funksiyasi nozik harakatlarni amalga oshirishdan iborat, masalan, ipni ignaga o‘tkazish, to‘siqlar osha yugurish, akrobatik mashqlar va h.k. Bunday harakatlardan oldin premotor va ikkilamchi po‘stloqning qo‘shni sohalarida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi deb hisoblashadi. Harakatlar ―g‘oyasi‖ shakllangandan so‘ng, harakat po‘stlog‘ida nozik harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘zg‘alishlarning murakkab majmuasi hosil bo‘ladi. Shuni aytish lozimki, tik turish holati, yurish, yugurish, sakrash va ovqat yeyish kabi ko‘pchilik asosiy harakat aktlari uchun piramidal tizimning ishtiroki shart emas. Piramidal tizim mushak tonusini quvvatlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Miya ustunining harakat yadrolari gavda holatini boshqarish va gavdani vertikal holatini ushlab turishda ishtirok etadilar. Ushbu yadrolarga po‘stloq, bazal gangliyalar va miyacha neyronlarining ekstrapiramidal tolalari kelib qo‘shiladi. Retikulyar farmatsiyada va u bilan bog‘langan yadrolarda, harakatlarning yuksak markazlaridan ushbu tolalar orqali keladigan signallar, orqa miya-talamik yo‘llar bo‘yicha uzatiladigan sensomotor axborot bilan va vestibulyar tizimdan keladigan impulslar bilan integratsiyalanadi. Natijada, vertikal holatni ushlab turish uchun zarur bo‘lgan harakat aktlari shakllanadi. Gavdani vertikal holatda ushlab turish uchun, og‘irlik markazi, rostlovchilarning qisqarishiga qarshilik ko‘rsatishi kerak. Miya ustunining harakatlar o‘rta tuzilmalarining oldingi uchdan ikki qismi, rostlovchilarning motoneyronlari bilan birgalikda kuchli yengillashtiruvchi impulsatsiyaning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu rostlovchi tonusga, normada, po‘stloqning yuksak harakat markazlaridan va bazal gangliyalardan keladigan signallar tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Ekstrapiramidal tizimning funksiyasi – gavda holatini boshqa-rishda va yurish, tik turish holati, sakrash, yugurish, suzish va boshqalar kabi harakat aktlarini amalga oshirishda ishtirok etish. Mos ravishdagi harakat aktini amalga oshirish uchun, miyacha va bazal gangliyalardan, uning vaqt bilan bog‘liq kattaliklari to‘g‘risida keladigan axborot, oraliq yadrolarda organizmning holati to‘g‘risidagi sezuvchan signallar (retikulyar formatsiyadan) bilan birga integratsiyalanadi. Harakatlarni muvofiqlashtirishda va ularni vaqt birligida taqsimlashda ishtirok etadigan miyacha, taqqoslovchi moslama sifatida muhim rol o‘ynaydi. Harakat po‘stlog‘ida biron-bir harakatlar to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, ushbu harakatning tabiati va kutilaѐtgan natijalar to‘g‘risidagi axborot miyachaga yo‘naltiriladi. Ushbu axborot, miyachada saqlanadi va proprioretseptorlardan hamda harakat amalga oshirilgan paytda qo‘zg‘aladigan boshqa retseptorlardan keladigan sezuvchan impulsatsiya bilan taqqoslanadi. Agar, harakat akti paytida miyachaga keladigan signallar, ushbu harakat akti noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida guvohlik qilsa, unda miyachadan miya ustuniga va po‘stloq harakat markazlariga impulslar yuboriladi, aynan shu impulslar tufayli zarur bo‘lgan korreksiya amalga oshiriladi.
Ballistik harakatlarni qurish va amalga oshirishda miyacha, ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bunday harakatlarni bajarish tezligi juda katta bo‘lib, harakat akti vaqtida unga qandaydir o‘zgartirish kiritish imkoniyati bo‘lmaydi: ularga diskni uloqtirish, nayza uloqtirish, salto, to‘siqlardan sakrash va h.k. kiradi. Bunday holatlardagi harakatlar vaqtida korreksiya qilish imkoniyati bo‘lmaydi, chunki, birinchidan, sensor axborotni miyachaga uzatish uchun, ikkinchidan – ushbu axborotni tahlil qilish uchun va uchinchidan – korreksiyalanuvchi harakatni tuzish uchun zarur bo‘lgan vaqt, harakat aktining o‘zini o‘tish muddatidan ancha katta. Shuning uchun, ballistik harakatlar oldindan dasturlangan bo‘lishi zarur. Bunday dasturlash uchun miyacha birinchi darajali ahamiyatga ega, chunki unda, sezuvchi va harakatlantiruvchi axborot saqlanadi. Ushbu axborotlar piramidal va ekstrapiramidal tizimlarga harakat impuls-larining shundayini tanlash imkonini beradiki, uning ta’siri ostida zarur bo‘lgan ballistik harakat muvaffaqiyatli bajariladi.
Miyachaning navbatdagi muhim funksiyasi, ko‘pchilik mushaklarning ketma-ket qisqarishlarini talab qiladigan harakatlarni muvofiqlash-tirishdan iborat.
Miyacha, MATga kelib tushaѐtgan afferent impulslarni, gavdaning harakatlari vaqtida qo‘zg‘alishi sodir bo‘ladigan barcha retseptorlardan qaytar aloqa kanallari bo‘yicha oladi. Impulslar miyachaga proprio– va vestibuloretseptorlardan hamda ko‘rish, eshitish va taktil retseptorlardan keladi. Shu yo‘l bilan harakat apparatining faoliyati to‘g‘risida axborot olgan miyacha, mushak tonusini bevosita boshqaradigan miya ustunining qizil yadrosi va retikulyar formatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Miyachani mushak tonusiga ta’sir qilish mexanizmida orqa miya gamma–motoneyronlari razryadlarining o‘zgarishlari ma’lum bir rol o‘ynaydi. Shunday qilib, miyacha organizmning harakat reaksiyalarini korreksiya qiladi, boshqacha aytganda, ularga zarur bo‘lgan tuzatishlar kiritish bilan aniqligini ta’minlaydi. Miyachaning ushbu roli, miyacha va katta yarim sharlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqaning mavjudligi tufayli hamda miya ustuni retikulyar formatsiyasi vositachiligi orqali erkin harakatlarni amalga oshirish paytida, ayniqsa ravshan namoѐn bo‘ladi. Miyacha, katta yarim sharlar po‘stlog‘i neyronlarining faollik holatini boshqaradi. Uning bosh funksiyasi, tez (fazali) va sekin (tonik) harakat aktlarining komponentlarini muvofiqlashtirish-dan iborat. Mushak faoliyatini muvofiqlashtirishdagi miyacha funksiyalaridan biri, harakatlarni to‘xtatishdan ѐki tormozlashdan iborat. Biron–bir harakatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ikki guruh mushaklarning ishtiroki zarur: bittasi, qo‘l–oѐqlarni yetib borishi zarur bo‘lgan, fazodagi nuqtaga qarab harakatlantiradi; ikkinchisi esa, ushbu nuqtaga yetgandan keyin harakatni to‘xtatadi. Bundan tashqari miyacha, harakatning ketishini ham, uning o‘tish muddatini ham ―oldindan topish‖ qobiliyatiga ega, ayniqsa tez harakatlarni (ballistik) muvaffaqiyatli bajarish uchun. Shunday qilib, bosh miya po‘stlog‘i va harakat apparati o‘rtasida xalqa shaklidagi o‘zaro ta’sir mavjud: po‘stloq, harakatni chaqiruvchi efferent impulslarni jo‘natadi va harakat oqibatida paydo bo‘ladigan afferent impulslarni qaytarib oladi. Shu bilan, harakatni amalga oshirish va harakat reaksiyalarini qayta qurishning o‘zgaruvchan sharoitlariga harakatni aniq moslashtirish imkoniyati ta’minlanadi, ya’ni harakat bajarilaѐtgan paytda olinaѐtgan natijalarga bog‘liq holda. Po‘stloq boshqaraѐtgan harakat reaksiyalarining o‘ziga xosligi – ular individual haѐt tajribasi natijasida, trenirovka jaraѐnlarida ishlab chiqilishidadir.
Trenirovka, ya’ni ma’lum bir harakatlarni ko‘p marta takrorlash ularni avtomatizatsiyasiga olib keladi. Shu tufayli, ushbu harakatlar mazkur harakat aktlarini (mashqlarni) bajarish paytida yechilaѐtgan vazifaga mos ravishda ancha aniq, zarur darajada tez, kuchi va amplitudasi bo‘yicha ritmik bo‘lib qoladi. Trenirovka jaraѐnida ortiqcha harakatlar bartaraf qilinadi. Odamning avtomatlashtirilgan harakatlari – yurish, yugurish va ko‘pchilik mehnat harakatlari (jaraѐnlari, aktlari) hisoblanadi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish