Topshiriqni bajarish tartibi: Uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini mavzu asosida o’rganib chiqasiz. “Men uslubchiman” mavzusida insho yozasiz. Insho mavzusiga mavzuga oid bilimlarga tayanasiz, ijodiy yondashish lozim bo’ladi.
9 - Mavzu: Pedagogik kengash shakllari
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |