O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti tabiiyot



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/144
Sana08.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#434539
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144
Bog'liq
2 5199825766061181965

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


126 
 
 
15-
MA'RUZA 
MAVZU: BOLALAR SALOMATLIGI XOLATI VA UNI HIMOYALASh.
 
Rеja:
1.
Sog`lom organizm haqida tushuncha. 
2.
Kasal organizm haqida tushuncha. 
3.
Yuqumli kasalliklar. 
4.
Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish. 
5.
Kasalliklarni yoshga qarab tarqalishi. 
6.
Infеktsiyaning tarqalish yo`l
lari. 
7.
Organizmning o`zini-o`zi ximoya qilishi. 
Sog'liq va salomatlik haqida tushuncha.
Sog'liq va salomatlik holati 
deganda organizmning tashqi muhit bilan turg'un munosabat holati va bu 
jarayonda kasalliksiz, og'riqsiz va o'zgarishlarsiz kechadigan holati tushuniladi. 
Keng ma'noda olganda salomatlik-insonning ruhiy, biologik (fiziologik) 
vazifalarini, uning aktiv hayot faoliyatining davomiyligini mumkin qadar saqlab 
qolgan holda eng ko'p mehnat qobilyatini, ijtimoiy jihatdan faolligini saqlash va 
rivojlantirish jarayonidir. Katta va kichik yoshdagi insonlarning sog'ligi-jamiyat 
boyligidir.Insoniyat paydo bo'lganidan beri sog'lom, baquvat bo'lishga, uzoq 
umr ko'rishga intilib, bosh qotirib kelmoqda. 
Ma'lumotlarga qaraganda tug'ilgan har 1000 odamdan 1 tasi 100 yil yashar ekan. 
Toshbaqa, timsoh-100-200 yil, Qarg'a 100-120 yil, Lochin 160-170 yil, Meksika savri 
15000 yilgacha yashaydi. Inson umri esa 70-100 yil bo'lib kelmoqda, vengriyalik er-
xotin: Djon-172 yil, Sarra 120 yil, daniyalik Drakenberg 146 yil, angliyalik Djenkins 
196 yil, Tomas par 153 yil yashagan va hakazo. 
Salomatlikning antropometrik, kilinik, fiziologik va bioximik ko'rsatkichlari mavjud-ki
bu ko'rsatkichlar yoshga bog'liq ravishda, jinsga, ta'lim-tarbiya sharoitlariga, iqlimiy va 
geografik muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'ziga xos aniqlanadi. 
Individual salomatlik tushunchasidan tashqari aholi sog'ligi tushunchasi ham mavjud 
bo'lib, bu tushuncha statistik ko'rsatkich sifatida muhimdir. Bu ko'rsatkichlar: tug'ilish, 
o'lish, bolalar o'limi, jismoniy rivojlanish darajasi, kasalliklarga chalinish, o'rtacha umr 
ko'rish ko'rsatkichlari sifatida aniqlanadi. 
Bolalar va o'smirlar jmoasining salomatligi tahlilida bir qacha ko'rsatkichlar: umumiy 
kasallanish, yuqumli kasalliklarga chalinish; salomatlik indeksi, uzoq muddatli va tez-
tez kasalga chalinishi; 


127 
Sog'lom va nosog'lom (ruhiy, jismoniy) shaxslar nisbati; salomatlik guruhlaridagi 
taqsimlanish va boshqa ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Umumiy kasallanish 
(barcha kasaliklarning tarqalishi)-asosan aholining tibbiy yordamga murojat 
qilganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoki yoppasiga o'tkazilgan tibbiy ko'riklar 
natijalarini tahlil qilib aniqlanadi. Umumiy kasallanish yoshga bog'liq holda va tarbiya 
sharoitlariga bog'liq holda ko'zga ko'rinarli darajada o'zgarib turadi. 2-3 yoshdagi 
bolalar o'rtasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lib, so'ngra susayadi, maktab davri boshlarida 
va jinsiy balog'at davrida bir muncha o'sish kuzatiladi va yana susayadi. Bu davrlarda 
bolalar va o'smirlar bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qoladi, moslashish qiyinroq 
kechishi kuzatiladi, organizmda nmmun sistema va imumiy reaksiya faoliyati susayadi, 
jinsiy balog'at yoshida bunday o'zgarishlar neyrodokrinologik jihatdan o'zgarishlar 
natijasi hisoblanadi. 
Kasalliklar yoshga xos ravishda o'zgarib ham turishi mumkin, shu sababli 
kasalliklar ba'zan toifalarga ajratiladi. Quyida ba'zi toifalarga ajratilgan kasalliklarning 
yoshga xos tarqalishi ko'rsatilgan. 
Toifa 
o'rni. 1-6 yosh
7-10 yosh 
11-14 yosh 
15-17 yosh 

Nafas olish 
organlari 
kasalliklari 
Nfas olish 
organlari 
kasalliklari 
Nafas olish 
organlari 
kasalliklari 
Nafas olish 
organlari 
kasalliklari 
II 
Yuqumli
kasalliklar 
Travma 
(jarohatlanish) 
zaharlanish 
III 
Allergik 
kasalliklar 
Ovqat hazm 
qilish 
organlari 
kasalliklari 
Nerv tuzilish va 
sezgi 
organlariga 
oid kasalliklar 
IV 
Ovqat hazm 
qilish organlari 
kasalliklari 
Travma 
(jarohatlanish) 
va zaharlanish) 
Teri va teri osti 
kletchatkasi 
kasalliklari 
ruhiy buzilishlar 

Travma 
(shikastlanish) 
va zaharlanish. 
Nerv tuzilish 
va sezgi 
organlari 
kasalliklari 
Ovqat hazm 
qilish organlari 
kasalliklari 
Yuqumli 
kasalliklar 
Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda morofunksional jihatdan asosiy 
fiziologik tizimlarning yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi xususiyatlari
gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa xususiyatlarga 


128 
bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh o'zgargan sari 
yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va burunning surunkali 
kasalliklari miqdori oshib boradi. 
Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining 
holatiga ko'ra ularning salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular 
quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki 
uchramasligi; 2 Organizmning asosiy organlar tizimi funksional holati darajasi; 3. 
Organizmning noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi. 
Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga 
ko'ra V guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va 
IV kasallik darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga 
qatnamaydigan va maxsus maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar 
kiritiladi. 
Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik 
darajasiga ega; 
II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish 
qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va 
o'smirlar. 
III guruh- surunkali kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari 
darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar. 
IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan 
bolalar va o'smirlar. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish