O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘’tasdiqlayman”


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zarobog‘liq bo‘lgan fanning nomi



Download 2,33 Mb.
bet11/134
Sana15.02.2022
Hajmi2,33 Mb.
#449334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134
Bog'liq
3.53.10.08-Тикувчи 1

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zarobog‘liq bo‘lgan fanning nomi

Tikuvchilik texnologiyasi
Tikuv korxona jixozi
Tikuvchilik materialshunosligi

O‘qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab



Majburiy

O‘qitish tili



Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi



Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalarini baholash


YOzma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq





2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzular nomi



Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

1

Kirish

Fanning mohiyati va uni ishlab chiqarishdagi o‘rni.

2

N




2

Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.

Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari. Tayanch bo‘limlarini shamollatish usullari. Tikuvchilik korxonalari tayanch bo‘limlaridan ajralib chiqadigan asosiy zararli moddalar. Mashinadan chang ajralib chiqishga qarshi tadbirlar. Tayanch bo‘limlarni yuritish va ularga qo‘yilgan talablar. SHovqin va titrashni kamaytirish usullari.

4

N

2

3.

Mehnat muhofazasi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar. Ayollar va o‘smirlar mehnatini muhofaza qilish. Kasb imtiyozlari. Mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat nazorat organlari. Mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilishni: jihozlar, qurilma va inshootlarni xavfsiz ishlashini nazorat qilish. Rahbar xodimlarni mehnatni muhofaza qilish uchun mas’ulligi.
Korxonada baxtsizhodisa sabablari. Jarohatlanishsabablari va kasbiy kasallanish. Ularning oldini olish, tekshirish va hisobga olish. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish – ishlab chiqarish travmasini, kasbiy kasallikni va baxtsiz hodisalarni oldini olishni yo‘llari.

6

N

2

4

Korxona hududida mehnat xavfsizligi talablari.

Korxona hududida mehnat xavfsizligi talablari. Korxona hududida ishlab chiqarishni joylashganligi.Korxona hududida ishlab chiqarish sexlarining yordamchi inshootlarining, omborlarning joylashishi. Korxona hududida harakatlanishtransportlari va ularni harakatlanish qoidalari. Korxona hududida yurish va o‘zini tutish qoidalari. Jarohatlanishdan o‘zini saqlash.To‘siq texnikasini, saqlanish qurilma va moslamalarni, ogohlantirish yozuvlarining ahamiyati, ish olib borish uchun ruxsatnoma. Ish bajarish uchun ruxsatnoma va uni bajarilish tartibi

6

N.A

2

5

Korxona sexlarida va ish o‘rinlarida mehnat xavfsizligi talablari.

Tayanch bo‘limidagi va ish o‘rinlaridagi texnika xavfsizligiga talablar.Ish o‘rinlarida xizmat ko‘rsatish va ishni xavfsiz bajarish yo‘riqnomasi. Ishlab chiqarish muhitiga, ishlab chiqarish jarayoni va sexdagi jihozlarga texnika xavfsizligi talablari. Ishchilarni himoya qilish omillari. Ishlab chiqarishda ishni xavfsizligini ta’minlashda va og‘ir qo‘l mehnati hajmini qisqartirishda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish asosiy omillaridan biridir.Sexda va ish o‘rnida texnika xavfsizligi qoidalari. Jihozlarni ishga tushirish va to‘xtatish jarayonida jihozlardan, mashinalardan, moslamalardan foydalanish qoidalari, material va maxsulotlarni omborlarga topshirish, hamda ortish va tushirish ishlarni bajarish. Sexda shikastlanishning asosiy sabablari

8




4

6

Elektr xavfsizligi

Elektr xavfsizligi. Elektr tokini kishi organizmiga ta’siri, shikastlanish oqibati va turlari.Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlariga qo‘yilgan asosiy elektr xavfsizligi talablari. Elektr yuritgichli mashina mexanizmlari, asbob va qurilmalarni ishlatishdagi elektr xavfsizligi qoidalari. Elektr asboblar, ko‘chirib ishlatiladigan yoritgichlar bilan ishlash texnika xavfsizligi qoidalari. Elektr tokidan shikastlanish chora va vositalari: asboblarni joylashtirish va elektr jihozlari boshqarish joylarini konstruktiv bajarish, blokirovka, himoya izolyasiya vositalari, tok o‘tkazuvchi qismlar va xavfli zonalarni to‘siqlash. Ogohlantiruvchi plakatlar, yozuvlar va signalizatsiyalar. 36V yuqori kuchlanishda ishlovchilarning elektr jihozlarini «erga» ulash. Ish o‘rni o‘zgartirilganda yoki yangi elektr asbobi berilganda to‘liq elektr xavfsizligi ko‘rsatmasini o‘tkazish.Elektr tokidan shikastlanishda birinchi yordam ko‘rsatish

8

N.A

2

7

YOng‘in xavfsizligi

YOng‘in odini olishning asosiy vazifalari. Tikuvchilik korxonalarida yong‘ining chiqish sabablari va uni oldini olish. YOng‘ining muhofazasi qoidalari bilan tanishish. Xom – ashyo va yarim fabrikatlarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida yong‘ining chiqish xavfi.Korxona hududida, omborxonalarda, hamda ishlab chiqarish jihozlarini va yoritgichlarini ishlatishda yong‘in muhofazasi tadbirlari. YOng‘in chiqqanda qo‘llaniladigan choralar: o‘t o‘chiruvchilarga xabar berish, mexanik jihozlarni, elektr qurilma va sovitish sistemalarini o‘chirish. YOng‘inni birinchi o‘t o‘chirish vositalari yordamida o‘chirish. O‘t o‘chiruvchilar qurilmalarning ishlatilishi. Odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish. Ishchi va xizmatchilarning o‘t o‘chiruvchilar kelgandan keyingi ijrosi.O‘t o‘chirish apparat OPP-3 yordamida o‘t o‘chirish.



6

N.A

2




Jami:54




40




14




Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish