2-jadval
Oʼzbekiston Respublikasi bank tizimining asosiy koʼrsatkichlari(yil oxiriga4)5
Koʼrsatkichlar
|
Oʼlchov bir.
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2015
|
2016
|
Kredit qoʼyilmalar qoldigʼi
|
mlrd.sum.
|
4,6
|
6374,4
|
8558,2
|
11539,3
|
42685,2
|
53378,5
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlariga berilgan kreditlar
|
mlrd.sum.
|
743,7
|
1250,8
|
1851,7
|
2690,2
|
12112,6
|
15870,4
|
Investitsion loyihalarga kreditlar
|
mlrd.sum.
|
1162,2
|
1534,1
|
2402,2
|
3252,0
|
10252,0
|
12202,3
|
Banklarning muomalaga chiqarilgan kartalari
|
ming.dona
|
3711,0
|
4505,8
|
6058,9
|
7909,4
|
16316,5
|
19523,3
|
Bank kartalariga xizmat qiluvchi terminallar soni
|
doimiy.
|
17922
|
27676
|
60631
|
85741
|
183060
|
208536
|
Oʼrnatilgan bankomat va infokioskalar
|
doimiy.
|
171
|
318
|
363
|
491
|
2345
|
4954
|
Umuman, davlat bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish tijorat banklarini yirik investitsiya institutlariga aylantirish orqali iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlanishi uchun mustahkam shartsharoit yaratadi.
3. Oʼzbekistonda pul-kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlari.
Mamlakatimizda hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish dasturlari ijrosining faollashuvi, iqtisodiyotni, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini kreditlash hajmlarining sezilarli kengaytirilishi, oʼz navbatida, pul massasining tez surʼatlarda oshishiga olib keldi. Xususan, 2017-yilning birinchi yarim yilligida tijorat banklarining milliy valyutadagi kredit portfeli qoldigʼi 32 foizga va pul massasining 15 foizga oʼsgan.Shuningdek, pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining oshishi ham kuzatildi.
Kreditlash va muomaladagi naqd pul hajmlarining tez surʼatlarda oʼsishi koʼpgina banklarda va umuman bank tizimida likvidlik miqdorining mazkur davrda yil boshiga nisbatan 2,5 barobarga kamayishiga olib keldi. Yuzaga kelgan ushbu vaziyatda, xususan, inflyatsion jaraѐnlarni jilovlash va pul massasining oʼsishini cheklash hamda iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlar hajmini maqbullashtirish maqsadlarida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi joriy yil 28-iyun kuni 9 foizdan 14 foizgacha koʼtarildi. Pul-kredit siyosatining qatʼiylashtirilishi iyul oyidan boshlab tijorat banklari tomonidan kreditlash hajmlari va pul massasi oʼsish surʼatlarini sezilarli darajada pasaytirish hamda vujudga kelgan inflyatsion bosimni kamaytirish imkonini berdi.
2017-yilning yanvar-oktyabr oylarida hukumatning jami pul mablagʼlari qoldigʼi sezilarli darajada oshgan. Bunday koʼpayish asosan valyuta kursi shakllanishining bozor mexanizmlariga oʼtilishi natijasida eksport tushumlarining milliy valyutadagi qiymatining oshishi hamda qimmatbaho metallar ishlab chiqarish sohasidan tushumlarning koʼpayishi bilan izohlanadi6.7
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan 2017-yilning iyul oyidan boshlab, tijorat banklariga xorijiy valyutani garovga olgan holda qisqa muddatli kreditlarni berish va «svop» operatsiyalarining faollashtirilishi pul-kredit instrumentlaridan bank tizimi likvidligini tartibga solishda samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Xususan, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga iyul oyida 689 mlrd. soʼm, avgust oyida 466 mlrd. soʼm va sentyabrь oyida 262 mlrd. soʼm miqdorida jami 1,4 trln. soʼmdan ziѐd kreditlar berildi. Аvgust, sentyabr (848,9 mlrd. soʼm) va oktyabr (313,2 mlrd. soʼm) oylarida qaytarilgan kreditlarni inobatga olganda, joriy yilning 1 noyabr holatiga koʼra tijorat banklariga berilgan kreditlar qoldigʼi 84,4 mlrd. soʼmni tashkil etdi8.
Oʼtgan davr mobaynida Markaziy bankning kreditlarini jalb qilishda 11 ta tijorat banki ishtirok etib, ushbu operatsiyalarning 62 foizi Xalq banki, Аsaka bank, Аgro bank, Qishloq qurilish bank kabi tizimli ahamiyatga ega boʼlgan banklar hissasiga toʼgʼri keldi. Umuman olganda, Markaziy bank tomondan qayta moliyalash kreditlari berilishining joriy etilishi pul-kredit siѐsatining foiz instrumentlari transmission kanalining samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Bu, birinchi navbatda, banklararo pul bozoridagi hamda tijorat banklarining kreditlari va depozitlari boʼyicha foiz stavkalarining oʼzgarishiga, shuningdek pul agregatlari dinamikasiga samarali taʼsir koʼrsatishga zamin boʼldi va monetar omillarning inflyatsiya darajasiga taʼsirini bosqichmabosqich pasaytirish imkonini berdi. Shuningdek, mazkur operatsiyalarning joriy etilishi bank tizimida vujudga kelgan qisqa mudatli likvidlikka boʼlgan talabni qondirish va toʼlov tizimining barqarorligini saqlashga xizmat qildi (3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |