3-jadval
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklar bilan amalga oshiradigan operatsiyalari boʼyicha foiz stavkalari9
Markaziy bank kreditining turi
|
Muddati
|
Foiz
|
Xorijiy valyutani garovga olgan holda o'zgarmas foiz stavkasi bo'yicha beriladigan kreditlar
|
1 oygacha
|
Qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida (14%)
|
2 oygacha
|
Qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida + 0,25 foiz band
|
2 oygacha
|
Qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida + 0,15 foiz
|
Shuningdek, tijorat banklarining likvidligini tartibga solishda majburiy zaxiralar instrumentidan iqtisodiyot va pul-kredit sohasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda moslashuvchanlik bilan foydalanib borildi. Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda shakllantirilgan majburiy zaxiralar bo'yicha xisobvarag'laridagi mablag'lar qoldig'i 2017-yil 1-noyabr holatiga yil boshiga nisbatan 32 foizga (3,9 trln. soʼmdan 5,2 trln. soʼmga) koʼpaydi. Ushbu oʼsish tijorat banklari depozit bazasining real oshishi hamda xorijiy valyutadagi depozitlarning milliy valyutadagi ekvivalentining oshishi bilan izohlanadi.
Taʼkidlash kerakki, 2017-yilda shaklantirilgan majburiy zaxiralar tarkibida milliy valyutadagi mablagʼlar ulushi yil boshidagi 60 foizdan 1-noyabr holatiga 8 foizgacha kamaygan. Bu, oʼz navbatida, mazkur davrda tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi likvidlikka boʼlgan talab yuqori darajada saqlab qolinayotganligini aks ettirib, banklar tomonidan soʼmdagi likvidlik boʼyicha tanqislikni qoplashda ushbu instrument ham asosiy manbalardan biri boʼlib xizmat qildi.
Mamlakatimizda 2017-yilda qayta moliyalash stavkasining oshirilishi taʼsirida banklararo pul bozorida oʼrtacha foiz stavkalari yanvar-iyun oylaridagi 7,9-9,2 foizdan iyul oyida 12 foizga va avgust oyida 12,2 foizgacha koʼtarildi. Oʼz navbatida, tijorat banklari foiz stavkalarining ham oshishi kuzatildi. Xususan, 2017-yilning banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boʼyicha oʼrtacha tortilgan foiz stavkasi (imtiyozli kreditlar hisobga olinmaganda) birinchi yarim yillik boʼyicha oʼrtacha 14.1 foizdan oktyabr oyida 16.8 foizgacha koʼtarildi. Depozitlar boʼyicha foiz stavkalarining dinamikasida ham oʼsish holatlari kuzatildi. Аgar 2017-yilning yanvar-iyun oylarida yuridik va jismoniy shaxslarning jami muddatli depozitlar boʼyicha oʼrtacha tortilgan foiz stavkasi 11,9 foizni tashkil etgan boʼlsa, iyul-oktyabr oylarida ushbu koʼrsatkich mos ravishda 12.9, 13.5, 15.2 va 14.2 foizlarni tashkil etdi. Bunda oʼsish, asosan, yuridik shaxslarning muddatli depozitlari boʼyicha foiz stavkalari hisobiga roʼy berdi.
2017-yilning sentyabr oyidan boshlab valyuta kursi shakllanishining bozor mexanizmlari joriy etilishi va ichki valyuta bozori faoliyatining erkinlashtirilishi nafaqat pul-kredit sohasida, balki butun iqtisodiyotda ijobiy tomonga tub oʼzgarishlarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratdi. Bu haqda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida “Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz soti olish va erkin sotish imkoniga ega boʼldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, oʼrtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga koʼpaydi”10,-deb taʼkidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |