O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, surxondaryo viloyati kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi oltisoy tuma ni 2-sonli kasb-hunar maktabi


Yuqori kuchlanishli ajratkichlarni ishlatish



Download 4,34 Mb.
bet41/88
Sana20.03.2022
Hajmi4,34 Mb.
#502549
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 6.20 guruh

10. Yuqori kuchlanishli ajratkichlarni ishlatish.

Ajratkichlarning asosiy vazifasi ta'mirga chiqariluvchi jihoz- larni va uskunaning kuchlanish ostida bo‘lgan qolgan qismlarini ajratuvchi ko‘rinib turuvchi uzilishni hosil qilishdir. Bunday uzi- lishlar ishlarni xavfsiz amalga oshirish maqsadida bajariladi. Ajratkichlar katta toklarni uzish imkonini beruvchi yoy so‘n- diruvchi qurilmalarga ega emas. 1hu sababli elektr zanjirini be- vosita uzish yoki ulash uchun o‘zgaruvchan tok ajratkichlari fa- qat nominalga nisbatan ancha kichik toklarda qo‘llaniladi. Bun- dan tashqari, ajratkichlar TQ sxemalarida elektr zanjirlarini tur- licha almashlab ulashda, masalan, tutashmalarni bitta shinalar tizimidan ikkinchisiga o‘tkazishda foydalaniladi





10.1-rasm. Ajratkich yordamida sig‘im tokini uzish:
l — uzilgan uzgich; 2 — sig‘im tokini uzuvchi ajratkich.

Uzgichning uzilgan holatida aj- ratkichlar yordamida kuchlanish ostida amallarni bajarish qiymati ulangan qismlarning sig‘imi bilan belgilangan zaryad toki zanjirini ochish bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi (5.5-rasm). Barcha kuchlanishlar jihozlari va yig‘ish shi- nalarining (kondensator batareyala- ridan tashqari) zaryad toklari katta emas va, shu sababli, ularni ajratkich- lar vositasida uzish va ulash xavfli emas. Ajratkichlar yordamida yoy so‘ndi- ruvchi g‘altaklarni tarmoqda yerga va kuch transformatorlarining neytrallariga ulanish mavjud bo‘lmagan hollarda hamda qiymatlari EUTQda ko‘rsatilgan transformator va avtotransformatorlarning magnitlash, kabelli va havo liniyalarining zaryad toklarini uzish va ulash amallarini bajarishga ruxsat etiladi.


Ishlatishda ajratkichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • Nominal tokda uzoq vaqt ishlaganda ajratkichlarning kontakt tutashmalari 75˚C dan yuqori haroratgacha qizishi mumkin emas;

  • Kontakt tizimi zaruriy termik va dinamik chidamlilikka ega bo‘lishi shart;

  • Qisqa tutash toklari oqqanda ajratkichlarning pichoqlari ulangan holatda tutib turilishi shart (yuritmaning qulflovchi moslamasi, mexanik yoki magnit qulf yordamida). Uzilgan holatdagi ajratkich qutblarining kontaktlari orasidagi zaruriy masofa mexanik tutqich yordamida ishonchli qayd etilishi shart;

  • Ajratkichlarning izolatsiyasi yomg‘ir, muz, havoning changlanganligi holatlarida ishonchli ishlashni ta'minlashi shart. Tayanch izolatorlari va izolatsiyalovchi tortmalar amallarning bajarilish paytida mexanik yuklamalarni ko‘tara olishi shart;

  • Ajratkichlarning asosiy pichoqlari mexanizmi uzgich va zaminlovchi pichoqlar bilan blokirovkaga ega bo‘lishi shart.

Bo‘lgichlar tuzilishi bo‘yicha ajratkichlardan kam farq qiladi. Ularning kontakt tizimi ham yuklama toki ostida amallarni bajarishga moslanmagan. Bo‘lgichlarning asosiy vazifasi — u har ikkala tomondan uzgichlar yordamida uzilganidan so‘ng elektr tarmog‘ining shikastlangan bo‘lagini tez uzishdan iboratdir. Bo‘lgichlar yordamida transformatorlarning magnitlash va liniyalarning zaryad toklari uziladi. Bo‘lgich uza olishi mumkin bo‘lgan tok qutb kontaktlari va qo‘shni qutblar orasidagi masofaga bog‘liq. OД seriyasidagi bo‘l- gichlarning asosiy pichoqlarini boshqarish ШMO tipidagi yuritkich yordamida amalga oshiriladi. Uzish jarayoni ulovchi impuls beril- gan lahzadan so‘ng 0,5—l s davom etadi. Bunday tez uzish bo‘lgichlarni qo‘lda ulashda siqiluvchi prujinalarning energiyasi hisobiga ta'minlanadi. Bo‘lgichlar uzgichga ega bo‘lmagan transformatorli podstansiyalarning YK tomonida qo‘llaniladi. Bunday podstansiyalarda, bo‘lgichlardan tashqari, odatda, vazifasi tezlik bilan keyinchalik uzgich tomonidan uziluvchi katta quvvatli sun'iy qisqa tutashuvni hosil qilishdan iborat bo‘lgan qisqa tutashtirgichlar ham o‘rnatiladi. Qisqa tutashtirgichning uzilgan holatida uning ШMK tipidagi yuritmasini prujinalari uyg‘otilgan va ulashga tay yor bo‘ladi. Releli himoya qurilmasidan impuls berilganda elektr magnit ulovchi prujinani bo‘shatadi va qisqa tutashtirgich ulaydi. Bo‘lgich zanjirda qisqa tutashuv tokining oqishi to‘xtagan lahzada uzadi. Bo‘lgichning to‘g‘ri ishlashini ta'minlash uchun yuritmada uning faqat qisqa tutashuv zanjirida tok yo‘qolganidan so‘nggina ishlashiga ruxsat etuvchi blokirovka ko‘zda tutilgan.
Ajratkichlar, bo‘lgichlar va qisqa tutashtirgichlarni tashqi ko‘rikdan o‘tkazishda asosiy e'tibor bu apparatlarning kontakt tutashmalari va izolatsiyalariga qaratilishi shart. Kontakt tutashmalar ajratkichlar va bo‘lgichlarning eng muhim va shu bilan bir qatorda, eng zaif qismi hisoblanadi. Kontakt tutashmalarni nazorat qilish va ularga xizmat ko‘rsatish usullari yuqorida ko‘rib o‘tilgan edi.
Ajratkichlar, bo‘lgichlar va qisqa tutashtirgichlarning tok o‘tkazuvchi qismlarini tutib turish va mahkamlash uchun tayanch shtirli va tayanch sterjenli izolatorlardan foydalaniladi. Ular ll0 kV va undan past kuchlanish uchun butun, ll0 kV dan yuqori kuchlanish uchun esa shtirli yoki sterjenli izolatorlar- dan bir-biriga ulab yig‘iladi.
Izolatorlarning ishonchli ishlashi ularning elektr va mexanik mustahkamligi bilan aniqlanadi. Ular o‘zgaruvchan atmosfera sha-roitlarida izolatsion xossalarini yo‘qotmasligi va ishchi zarbiy yuklamalar, elektrodinamik kuchlar, o‘tkazgichlarning tortish kuchi ta'sirlarini ko‘tara olishi shart. Elektr jihatidan tayanchsterjenli izolatorlar yetarlicha ishonchli va ishlatishda elektr sinovlarga tortilmaydi. 220—350 kV kuchlanishli ajratkich va bo‘lgichlarning tayanch- sterjen izolatorlarining mexanik mustahkamligi egilishga tekshi- riladi. 35—ll0 kV kuchlanishli izolatorlarni sinash apparat bitta




Download 4,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish