O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi sog`liqni saqlash vazirligi toshkеnt farmatsеvtika instituti


Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/131
Sana06.06.2022
Hajmi4,29 Mb.
#642025
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   131
Bog'liq
Мажмуа Нодира 21.06.2016

Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari 
ro‘yxati 
№ Hindiston mamlakatidan 
Qora murch 
Piper nigrum L. 
Qalampirmunchoq daraxti 
Eugenia caryophyllata (Thunb) 
Kardamon
Amomum meleguete Rosc 
Kuchala daraxti 
Strychnos nux vomica
Xitoy mamlakatidan
Tangut rovochi
Rheum palmatum L. var tanguticum 
Maxim. 
Dolchin (koritsa) 
Cinnamomum tamala Ness 
Kamforali dolchin
Cinnamomum camphora (L.) 
Amerikadan
Xin daraxti 
Cinchona Succiruba Pav. 
Kauchuk daraxti
Hevea brasiliensis Muell. 
Kakao daraxti
Theobroma Cacao L. 
Tamaki
Nicotiana tabacum L. 
Kola daraxti 
Cola nitida (Went.) 
Afrikadan
Eritroksilon koka 
Erythroxylon Coca Lam. 
Strofant kombe
Strophanthus Kombe
Fizostigma
Physostigma venenosum Balf. 
Sano
Cassia acutifolia Del. 
Avstraliyadan
Evkalipt daraxti 
Eucalyptus cinerea F.v. Muell.
1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Hindiston bilan
 
savdo aloqani o‘rnatilishi arab davlatlari va 
Ovrupa tibbiyot amaliyotiga murch, qalampirmunchoq, kardamon, kuchala, chaulmug‘rol 
moyi va boshqalar, Xitoy bilan aloqa esa rovoch, dolchin, muskus, kamfora va 
boshqa shunga o‘xshash dorivor vositalarni berdi. Amerikani ovrupaliklar tomonidan 
kashf qilinishi tibbiyotni bir qancha yangi dorivor o‘simliklar, jumladan xin daraxtining 
po‘stlog‘i, kauchuk, kakao, chilim tamaki, qoqa va boshqalar bilan boyitdi; tropik Afrika 
davlatlaridan Ovrupa tibbiyot amaliyotiga kola yoig‘og‘i, strofant urug‘i, fizostigma 
mevasi, Avstraliyadan evkalipt barglari olib kelib qo‘shildi. Natijada arab tibbiyoti 
dorivor vositalar assortimenti Grek tibbiyotiga ma’lum bo‘lgan dorilardai tashqari Eron, 
Misr, Hindistonda ishlatiladigan hamda keyinchalik arablar yangidan bosib olib ishg‘ol 
qilgan davlatlar (Shimoliy Afrika davlatlari, Ispaniya va boshqalar) dorivor o‘simliklari 
hisobiga boyidi. So‘ngra, arablar hozirgi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasida 
qadimdan joylashgan davlatlarni bosib olgandan so‘ng bu dorivor vositalar xazinasi 
shu xalqlarga ham xizmat qila boshladi. 
Shunday qilib, uzoq davrlar davomida insonlar kasalliklarini davolash uchun 
o‘simliklarni tanlab olish masalasiga tayangan tajribalar asosida va ongli ravishda 
yondoshish hamda ota-bobolarimizning boy tajribalarini avaylab saqlash va ularni 


50 
avloddan-avlodga etkazib berish natijasida hozirgi O‘rta Osiyo territoriyasida o‘zining 
an’analariga va dorilar vositasiga, jumladan dorivor o‘simliklariga ega bo‘lgan xalq 
tabobati vujudga keldi. Bu tabobat uzoq asrlar davomida, ehtimol boshlanish davrida 
grek tibbiyoti, keyinchalik arab an’anaviy tibbiyoti ta’sirida taraqqiy etgan. Shuning 
uchun ham u o‘z amaliyotida kasallarni davolashda mahalliy dorivor o‘simliklar 
bilan bir qatorda ko‘p miqdorda xindlar, arablar va boshqa chet xalqlarning dorivor 
vositalaridan foydalangan. Hozirgi kunda an'anaviy tibbiyot (xalq tabobati) xalq 
zakovati bilan sug’orilgan juda boy va ulkan tajriba bilimlar majmuasidir. U ilmiy 
(rasmiy) tibbiyotni yangi, samarali dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas 
tuganmas manbadir. Xalq tabobatining bu soxadagi qimmati, tutgan o‘rni bebahodir. 
Buning uchun misol tariqasida hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llaniladigan shifobaxsh 
o‘simliklarni ko‘pchiligi o‘z vahtida xalq tabobati dorivor vositalar xazinasidan 
olinganligini yoki xozirgi zamon ilmiy tibbiyotining o‘zi xalq tabobati asosida taraqqiy 
etganini eslash kifoyadir. 
O‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda o‘sadigan 
hamda o‘stiriladigan o‘simliklardan bir qanchasining farmakologik ta’siri va 
kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda
dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda(2-jadval). 
Oddiy isiriq, Turkiston arslonkuyrug‘i, Turkiston adonisi, teshik (oddiy) 
dalachoy, dag‘al dalachoy, Regel qo‘ziqulog‘i, gulbandli kiyiko‘t, gangituvchi 
buzulbang, maydagul tog‘rayhon va soxta yantoq o‘simliklarining o‘ti (er usti qismi), 
dorivor tirnoqgul, sertuk xandeliya va Samarqand bo‘znochi gullari, do‘lana va 
itburun na’matak mevalari, sariq andiz va danakli oqquray ildizlari (er osti 
organlari), anjir bargi va makkajo‘xori onalik ustunchasi og‘izchasi bilan, 
termopsis va boshqalar shular jumlasidandir 
Keyingi bir necha o‘n yillar davomida butun dunyoda tibbiyot sohasida 
o‘simliklarga, ayniqsa, xalq tabobati dorivor o‘simliklariga bo‘lgan qiziqish tobora 
oshib bormoqda. Ko‘pchilik ilmiy markazlarda o‘simliklar har taraflama va chuqur 
o‘rganildi va natijada bir qancha yangi, yuqori samarali fitopreparatlar yaratildi.
1960-1990 yillar ichida sobiq Sovet davlatida 100 dan ortiq fitopreparatlar 
yaratildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. Shulardan bir qismi yuqorida 
aytilganlarga dalil sifatida bu yerda keltirildi: avisan, aymalin, alanton, askorutin, 
asmatin, befungin, beosid, gindarin, gossipol, kaleflon, kardiovalen, qarotolin, kellin, 
konvaflavin, laminarid, linetol, mukaltin, novoimanin, pastinatsin, plantaglyusid, 
raunatin, rozevin, rutin, salvin, solsolidin, flakorbin, floverin, xlorofillipt, esflazid va 
boshqalar. 

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish